Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 455.49 Kb.
bet14/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.Takrorlash
1. Tilla—tila, qatiq-qattiq kabi so'zlarning yozilishini va ma'nosini ayting.
2.Qarz-qars, darz-dars, yod-yot kabi so'zlardagi o'zgarishlarni belgilab, ularning ma'nosini tushuntiring.
3.1- va 2-topshiriqlardagi so'zlarni bir xil yozsak bo'ladimi?
III.Yangi mavzu bayoni
31-mashq.
Nuqtalar o'rniga qavs ichida berilgan ma'nodosh so'zlardan mosini qo'yib ko'chiring.
1. Egilganga egilgin boshing yerga tekkuncha, kekkayganga kekkaygin boshing ...ka yetguncha (osmon, ko'k, samo).
2. ... o'zadi, egri to'zadi (to'g'ri, vijdonli, insofli).
3. Do'st achitib gapiradi, ... kuldirib (yov, g'anim, dushman).
4. ... avlod orzusi (yetuk, barkamol, raso).
5. ... do'st ayrilmas (o'lchovli, sanoqli, hisobli).
6. ...ga ayyor (muhayyo, shay, tayyor).
32-mashq. Yuz, chehra, bet, aft, turq, bashara so'zlarini bir matn ichida keltirib gaplar tuzing.
33-mashq.
Qaramoq, yugurmoq, irg'imoq so'zlarining ma'nodoshlarini toping va ular ishtirokida so'z birikmalari tuzing.


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Ma`nodosh Zid ma`noli



T/r

So’zlar

So’zning ma’nodoshlari

1.
2.
3.
4.
5.
6.

Vatan
Chiroyli
Gapirmoq
Yugurmoq
Irg’imoq
Yuz




Savol va topshiriqlar


Takrorlash uchun savollar
1. Ma'nodosh so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?
2.Vatan so'zining ma'nodoshlarini toping.
3. Ozodlik, hurlik, mustaqillik so'zlaridagi ma'noviy farqlarni
tushuntiring.
Uyga vazifa
V.O`quvchilarni baholash
VI. 34-mashq. Bajarmoq, buyruq, ilg'or, kiyim, iste'dodli, o'rtoq so'zlarining ma'nodoshlarini topib, ular ishtirokida gaplar tuzing va daftaringizga yozing.

Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova


Ona tili

5-“A” “B” -sinf


Sana:________________________
Mavzu: Shakldosh so'zlar
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: o’quvchilarga shakldosh so`zlar haqida ma‘lumot berish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars tipi : takrorlash
Dars turi: odatdagi
Dars usuli: induktiv
Dars metodi: savol –javob , klaster, Venn diagrammasi
Dars jihozi : darslik , tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.Takrorlash
1. Ma'nodosh so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?
2.Vatan so'zining ma'nodoshlarini toping.
3.Ozodlik, hurlik, mustaqillik so'zlaridagi ma'noviy farqlarni
tushuntiring.
III.Yangi mavzu bayoni
35-mashq.
Gaplarni o'qing, shakldosh so'zlarni topib, ularga izoh bering.

  1. Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. Yaxshilarning etagini tut, adashmaysan.

2. Yoz - o'tmoqda soz. Dutor - eng yaxshi soz.
3. Arg'amchiga qil quvvat. Nomusni yoshlikdan ehtiyot qil.
4. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni hayotga tatbiq etmoq. Filmdagi eng yaxshi chiqqan kadrlarni ko'rsatmoq.
36-mashq

T/r

Shakldosh so‘zlar

Ma’nosi

Shakldosh so‘zlar

Ma’nosi

1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.

Yoq
Karam
Kuy
Qo’y
Ot
Kul
Mushak
Oy
Bog‘
Taxt
Et
Chang

Tomon, taraf
Mahsulot
Qo’shiq
Hayvon nomi
Hayvon nomi
Cho’g‘
Zambarak
Sayyora nomi
Mevazor
Podshoh o’rindig’i
Badan
Musiqa asbobi

Yoq
Karam
Kuy
Qo’y
Ot
Kul
Mushak
Oy
Bog‘
Taxt
Et
chang

Yoqmoq, kuydirmoq
Saxovat
Kuymoq
Qo’ymoq (biror narsani)
Otmoq
Kulmoq
Tananing qismi


Hovuch (1 bog‘ beda)
Tayyor
Etmoq
Toza bo’lmagan

Yoq, karam, kuy, qo'y, ot, kul, mushak, oy, bog', taxt, et, chang so'zlari ishtirokida gaplar tuzib, ularning matndagi ma'nolarini izohlang.
37-mashq
Gaplarni daftaringizga ko'chirib yozing, shakldosh so'zlarga izoh bering.
Topgan gul keltirar, topmagan bir bog' piyoz. Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda ko'plab bog'lar barpo qilindi. Ozodlik - biz uchun eng katta davlat. Eli boy davlat kuchli va qudratli bo'lur. Ertalab atrofni qalin tuman qopladi. Bizning tumanimizda bir qancha sport inshootlari qurildi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Shakldosh Ko`p ma`noli


Savol va topshiriqlar
Takrorlash uchun savollar
1. Shakldosh so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?
2. Kul so'zining shakldoshlarini ayting.
3. Shakldosh so'zlarni qanday farqlash mumkin?
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga vazifa:42-mashq.Bor, yoq, dog', sir, tush so'zlari ishtirokida gaplar tuzing. Ularning matn ichidagi ma'nolarini izohlang.

Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova


Ona tili



5-“A” “B” -sinf
Sana:__________________________
Mavzu: Zid ma`noli so`zlar
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: zid ma`noli so`zlar bo`yicha o`tilganlarni takrorlash
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: takrorlash
Dars usuli: induktiv
Dars metodi: savol-javob, blits so’rov, tushunchalar tahlili
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.Takrorlash
1. Shakldosh so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?
2. Kul so'zining shakldoshlarini ayting.
3. Shakldosh so'zlarni qanday farqlash mumkin?
III.Yangi mavzu bayoni
39-mashq.
Gaplarni o'qing, zid ma'noli so'zlarni aniqlab, ularni izohlab bering.
1. Do'st achitib gapiradi, dushman - kuldirib. 2. Baxtiyor oqni qoradan ajratadigan bo'lib qoldi. 3. Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda.
40-mashq.
Quyidagi zid ina'noli so'zlardan foydalanib, gaplar tuzing.
Egri -to'g'ri, baland-past, uzun-qisqa, achchiq - shirin, toza-kir.
41-mashq.
Quyidagi so'zlarning zid ma'noli juftlarini topib, ular Ishtirokida so'z birikmalari tuzing va daftaringizga yozing.
Oz-..., qalin-..., ulkan-..., keng-..., tinchlik-..., yer-..., kun-...
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
“Tushunchalar tahlili” metodi orqali mavzu mustahkamlanadi.



Tushuncha

Mazmuni

Bir tovush bilan farq qiladigan so’zlar

Paronimlar

Ma’nodosh so’zlar

Ma’nosi bir-biriga yaqin so’zlar

Shakldosh so’zlar

Shakli 1 xil ma;nosi har xil so’zlar

Zid ma’noli so’zlar

Bir-biriga qarama-qarshi ma’noli so‘zlar

“Blits – so’rov” usuli asosida o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikmalari tekshiriladi. Unda o’qituvchi tomonidan tushunchalar berilgan bo’lib, o’quvchi uni tahlil qilishi kerak. Bu usul vositasida bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarning mavzularni o’zlashtirganlik darajasi aniqlanadi.


“Blits-so’rov” savollari.




Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling