(N. Fozilov)
134-mashq. Keldim, bordik so'zlarini matn ichida avval yig'iq va yoyiq gap shaklida keltirib izohlang.
135-mashq.O'qing, yoyiq va yig'iq gaplarni izohlang.
-Saxovatli, deganingiz nima?
-Bilmaysanmi?
-Bilmayman.
-Saxovatli,qo`li ochiq , xayr-ehsonli degani. Mana , bog`laring katta, uzumlaring ko`p-a? Hammasini yeb tugata olmaysizlar, to`g`rimi?
-To`g`ri.
-Bobong uzumning yarmini beva-bechoralarga, yetim-yesirlarga tarqatadi.
Ana shuni saxovat deyishadi, endi tushundingmi?
(X. To'xtaboyev)
Qo’shimcha topshiriq.
Sinfni 3 guruhga bo’lamiz. 1-guruh sodda yig’iq gap tuzadi, 2-guruh shu sodda yig’iq gapni sodda yoyiq gapga aylantiradi, 3-guruh esa sodda yoyiq gapni sintaktik jihatdan tahlil qiladi. M:
T/r
|
Sodda yig’iq gap
|
Sodda yoyiq gap
|
Sintaktik tahlil
|
1.
|
Keldim.
|
Men soat 14:00 da maktabdan keldim.
|
Ega, payt holi, o’rin holi, kesim.
|
2.
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
4.
|
|
|
|
5.
|
|
|
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar ustida ishlash
1.Sodda yig'iq gap deganda nimani tushunasiz?
2.Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?
3.Aytdi so'zini kim? qachon? qayerda? nimani?so'rog'iga javob bo'luvchi
so`zlar bilan kengaytirib gap tuzing. Uning qanday gap ekanligini ayting.
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga topshiriq. «Yurtimizni bog'ga aylantiramiz» mavzusida kichik hikoyacha tuzing. Unda yig'iq va yoyiq gaplardan foydalaning.
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili
5-“A” “B” -sinf
Sana:__________________________
Mavzu: Hol
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy: Hol –gap bo`lagi haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, zukkolar daqiqasi
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r
Do'stlaringiz bilan baham: |