Maqsad: Ta’limiy maqsad
Download 22.69 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-lar ga kvadrat yig`indisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimlar
- Tarbiyaviy maqsad
- Tashkiliyqism
Sana: 14.11.2022 Mavzu: Kvadratlar ayirmasi formulasi. Maqsad: Ta’limiy maqsad: o’quvchilarda DTS asosida qisqa ko’paytirish formulalaridan bo’lgan kvadratlar ayirmasi formulasi mavzusi bo’yicha BKMlar hosil qilish va misollar yordamida mustahkamlash; Bilimlar: o’quvchilarda qisqa ko’paytirish formulalari haqida bilimlar hosil qilish; O’quvchilar qisqa ko’paytirish formulalarini keltirib chiqarishni o’zlashtirish; Ko’nikmalar: O’quvchilarda qisqa ko’paytirish formulalari bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish; O’quvchilarda qisqa ko’paytirish formulalarini misollarga tadbiq qilish ko’nikmasini hosil qilish Malaka: O’quvchilarda qisqa ko’paytirish formulalari malakalrini hosil qilish; O’quvchilar qisqa ko’paytirish formulalarini ifodalarini soddalashtirishda, hisoblashlarda foydalanish malakasini hosil qilish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni bo’sh vaqtdan unumli foydalanish, fan va sport to’garaklariga jalb qilish, darsdan so’ng o’zlari yoqtirgan kasblari bo’yicha shogirdlik tushush bo’yicha tarbiyalar berib borish. 3 Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda “Vaqt-g’animat”, “Vaqting ketti – naqting ketti” maqollar haqidagi tushunchalarini rivojlantirish. Darsning turi: Noan’anaviy. Darsning uslubi: interfaol Darsning jihozi: Darslik, formulalar, tarqatma materiallar, krossvordlar. Darsning borishi: Tashkiliyqism: o’quvchilar bilan salomlashish. O’quvchilar davomatini aniqlash, uy vazifalarini tekshirish. O’tilgan mavzularni takrorlash uchun savollar: Birhad va ko’phad deb nimaga aytiladi? Umumiy ko’paytuvchi deb nimaga aytiladi? Umumiy ko’paytuvchini qavsdan tashqariga chiqarish deganda nimani tushunasiz? Guruhlash usuli nima? Yig’indini kvadrati formulasini Ayirmaning kvadrati formulasini Darsni tashkil etishda o’qituvchi o’quvchilarni o’ziga jalb qilish uchun yurtimizda bo’layotgan o’zgarishlar, eng so’ngi yangiliklar, buyuk allomalarimirimizning matematika faniga qo’shgan hissalari, asarlari, matematika fani bilan boshqa fanlar o’rtasidagi aloqa, o’quvchilar tanlaydigan kasb-hunarlarda matematika fanining ahamiyati haqidagi tushunchalarini oquvchilardan so’rash va o’zi mustahkamlashi mumkin. O’tilgan mavzularni takrorlashda o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi tarqatma materiallaridan krossvordlardan foydalanib, o’quvchilar bilimlarini baholashi mumkin. Bunda tarqatma materiallarni ikki qismga ajratib yarmiga savol yoki misollar formulalar yozish mumkin. Qolgan yarmiga o’quvchilar javob yozadilar.
Dars davomida quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:
Download 22.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling