Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 455.49 Kb.
bet50/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

Kim?

Qayerdan?

Qachon?

Nima bilan?

Nima qildi?

















Qachon?

Kim bilan?

Qayerga?

Nima bilan?

Nima qildi?
















Kim?

Qaysi?

Nimaga?

Qachon?

Nima qildi?
















Qayerga?

Kim bilan?

Qachon?

Nimada?

Nima qildi?
















2-topshiriq.”Majnuntolning ikki shoxi”. Har bir guruh a’zosiga gaplar yozilgan tarqatma beriladi. O’quvchilar berilgan gaplardagi to’ldiruvchilarni kelishikli to’ldiruvchimi yoki ko’makchili to’ldiruvchi ekanligini aniqlashadi va Majnuntol daraxtining bir tomoniga kelishikli to’ldiruvchini ikkinchi tomoniga ko’makchili to’ldiruvchi yopishirib chiqishadi.
Bilib oling:
Yangi mavzu qoidasi slayd orqali namoyish etiladi.
Fe’lga bog’lanib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kimni?, nimani?, kim bilan?, nima bilan? Singari so’roqlarga javob bo’luvchi bo’laklarga to’ldiruvchi deyiladi.
Tahlilda to’ldiruvchi ostiga uzuq chiziqlar ( - - - - - ) chiziladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Shu o’rinda dars shiori izohlanib, undagi ma’no-mazmun izohlanadi. To’ldiruvchisi topiladi.
141-mashq. Ushbu mashqni bajarishda ”Alplar bellashuvi” usulidan foydalanadi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqadi. Doskada ko’rgazma osib qo’yilgan Unda beshta alp malikasiga yetishishi uchun she’r, ajdar va devning savollariga javob berishi kerak bo’ladi. Bunda:
- she’r, ajdar va devning yonida yopishtirib qo’yilgan tarqatmadagi maqollardan to’ldiruvchilarni topishlari;
- maqollarda ilgari surilgan g’oyalarni izohlashlari kerak bo’ladi. Javoblarning to’g’ri yoki noto’g’riligi slayd orqali tekshiriladi.
1. Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, yomon bilan yursang, qolarsan uyatga.
2. Yosh kelsa – ishga, qari kelsa – oshga.
3. O’zingga o’zingni maqtagandan qo’rq.
4. Saqlay desang o’zingni, yomondan yum ko’zingni.
5. Tilni bilish – dilni bilishga yo’l ochar.
6. Daraxtni yer ko’kartiradi,
Odamni el ko’kartiradi.
7.Xalqqa xizmat – oliy himmat.
8. Bugungu ishni ertaga qo’yma!
9. Qolgan ishga qor yog’ar.
10. Ko’pdan ayrilganni bo’ri yer.
11. Birlashgan o’zar,
Birlashmagan to’zar.
12. Er yigitni nomus o’ldiradi.
13. Birovga choh qazigan, o’zi yiqilar.
14. O’zingni er bilsang,
O’zgani she’r bil.
15. Tilga ixtiyorsiz –
Elga e’tiborsiz.


142- mashq. “Sahna ko’rinishi”. O’quvchilar sahna ko’rinishini tomosha qilish asnosida , unda ishtirok etayotgan to’ldiruvchilarni yozib borishlari kerak.


Abu Rayhon Beruniy o’lim to’shagida yotganida uning huzuriga shogirdlaridan biri kelibdi

  • Assalomu alaykum, ustoz.

  • Vo alaykum assalom. Keling, xush kelibsiz. Anchadan buyon tobim yo’q. Sizni ko’rish istagida edim.

Shogird ustozining umri tugayotganligini sezib, uning ko’nglini ko’tardi.

  • O’g’lim, umrim tugab borayotganga o’xshaydi. Lekin bir savol menga tinchlik bermaydi.

  • Qanday savol ekan, ustoz?

  • Sizga bir vaqtlar yer yuzida yana qandaydir qit’a borligi haqida aytgan edim.

  • Ha aytgan edingiz

  • O’sha qit’ada hozir inson zoti yashayotganmikan, ob-havosi qanday bo’lsa ekan?

  • Avval sog’ayib oling. Hozir sizni qiynalishingizni xohlamayman, ustoz.

  • To’g’ri, ammo, shu savolga javobni bilmasdan ketgandan ko’ra yaxshi bo’lardi.


Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling