Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya
Download 455.49 Kb.
|
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
- Sana:__________________________ Mavzu
- Dars turi
- Dars etaplari Ajratilgan vaqt
- Darsning borishi : I . Tashkiliy qism 1) salomlashish ; 4) yangiliklar ; 2)
- Dars metodi
- Darsning borishi : I . Tashkiliy qism 1) salomlashish ; 4) yangiliklar ; 2) davomat
- Soroq manosini bildirgan gaplar soroq gaplar hisoblanadi. Soroq gaplar soroq olmoshlari (kim, nima, qayer, qancha kabi), soroq yuklamalari
- 87-mashq. Darak gaplarni soroq gaplarga aylantirib, daftaringizga kochiring.
- 88-mashq. Soroq gaplarni hosil qiluvchi vositalarga diqqat qiling. Savollarga ogzaki javob bering.
- 87-mashq. Nuqtalar orniga soroq olmoshlari yoki soroq yuklamalarini qoyib gaplarni daftaringizga kochiring.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Savol va topshiriqlar 1.Gapning ifoda maqsadi deganda nimani tushunasiz? 2.Ifoda maqsadiga ko'ra gapning qanday turlarini bilasiz? 3.Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlariga misollar keltiring. V.O`quvchilarni baholash VI.Uyga vazifa 82-mashq. O'zingiz yoqtirgan badiiy asardan gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlarining har biriga 2 tadan misol yozing. Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova Ona tili 5-“A” “B” -sinf Sana:__________________________ Mavzu: Darak gap Darsning maqsadlari: a) ta`limiy: darak gap haqida bkmlar hosil qilish; b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish; d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash. Dars turi: yangi bilim beruvchi Dars metodi: savol-javob Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar Darsning blok sxemasi
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism 1) salomlashish; 4) yangiliklar; 2) davomat; 5) uyga vazifa. 3) navbatchi hisoboti; II.O`tilganlarni takrorlash 1.Gapning ifoda maqsadi deganda nimani tushunasiz? 2.Ifoda maqsadiga ko'ra gapning qanday turlarini bilasiz? 3.Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlariga misollar keltiring. III.Yangi mavzu bayoni 1-topshiriq.Oromgohda ko'rganlaringiz haqida hikoya qilib bering unda qanday gaplardan foydalanganingizni ayting. 2-topshiriq. Maktab direktori nomiga ariza yozing. Qanday gaplardan foydalanganingizni ayting. Darak gapda biror voqea-hodisa haqida xabar beriladi. Shuning darak gaplarning kesimi darak-xabar ma'nosini bildiruvchi so`zlar yordamida ifodalanadi. Masalan: Vatanimizning har bir qarich yerini qadrlaymiz. Darak, xabar ma'nosini bildiruvchi gaplarga darak gaplar deyiladi. Darak gaplar oxiriga yozuvda doimo nuqta qo`yiladi. 83-mashq .Gaplarni o'qib, ularning nima sababdan darak gap ekanligini aytib bering. Quduq yonida uch xotin uchrashib qolishdi. Biri o'z o'g'lini juda sho`x, yerga ursa osmonga sapchiydi, deb maqtandi. Ikkinchisi o'g'lining ashula aytishini ulug'ladi. Uchinchi ayol o'g'li haqida hech narsa demadi. Shunda uchala ayolning o'g'illari kelib qolishdi. Birinchi bola hushtak chalib , osmonga tosh otdi. Ikkinchisi ashula boshladi. Uchinchi ayolning o`g`li kelib,onasining qo'lidan paqirni olib, unga yordamlashdi. Aytinglar-chi, kimning o'g'li yaxshi ekan? (O'. Hoshimov) 84-mashq. So'roq gaplarni darak gaplarga aylantirib ko'chiring. Vatanning muqaddas tushuncha ekanligini bilasizmi? Dunyoda onadan ulug`roq bormi?Kitobning bilim manbayi ekanligini kim ham bilmaydi deysiz? Yaxshilik yerda qoladimi? Yaxshi do'st o'rtog'iga xiyonat qiladimi? 85-mashq. Harflarni o'z o'rniga qo'yib chiqsangiz, darak gap shaklidagi xalq maqoli kelib chiqadi. Uni toping.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Savol va topshiriqlar 1.Qanday gaplarga darak gap deyiladi? 2.Darak gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi? V.O`quvchilarni baholash VI.Uyga topshiriq. 86-mashq. Quyidagi so'zlardan foydalanib, darak gaplar tuzing. Gapda so'zlarning bog'lanishiga diqqat qiling. I. Go'zallik, husn, emas, mehnat. 2. Mehnat, mehnat, tag, rohat. . 3. Mehnat, kel, boylik, turmush, bo'l, chiroyli. 4. Daryo, suv, bahor, tosh, odam, qadr, mehnat, osh. 5. Hurmat, savlat, mehnat, davlat Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova Ona tili
5-“A” “B” -sinf Sana:__________________________ Mavzu: So`roq gap Darsning maqsadlari: a) ta`limiy: So`roq gap haqida bkmlar hosil qilish; b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish; d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash. Dars metodi: savol-javob Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar Darsning blok sxemasi
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism 1) salomlashish; 4) yangiliklar; 2) davomat; 5) uyga vazifa. 3) navbatchi hisoboti; II.O`tilganlarni takrorlash 1.Qanday gaplarga darak gap deyiladi? 2.Darak gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi? III.Yangi mavzu bayoni 1-topshiriq. Kim, nima, qachon so'roq bildiruvchi so'zlar ishtirokida gap tuzing. Gaplarning farqini ayting. 2-topshiriq. Quyida berilgan gaplarning qanday javob talab qilishiga ko'ra farqini ayting. 1. Siz qaysi yozuvchilarni sevasiz? 2. Abdulla Qodiriyning O'tkan kunlar» romanini o'qiganmisiz? So'roq ma'nosini bildirgan gaplar so'roq gaplar hisoblanadi. So'roq gaplar so'roq olmoshlari (kim?, nima?, qayer?, qancha? kabi), so'roq yuklamalari (-mi, -chi, -a (-ya) yoki so'roq ohangi yordamida ifodalanadi. Masalan: - Tunda yo'lga chiqamiz. - Tunda? Yozuvda so'roq gap oxiriga so'roq (?) belgisi qo'yiladi. 87-mashq. Darak gaplarni so'roq gaplarga aylantirib, daftaringizga ko'chiring.
(X. Sultonov) 88-mashq. So'roq gaplarni hosil qiluvchi vositalarga diqqat qiling. Savollarga og'zaki javob bering. Mustaqil yurt deganda nimani tushunasiz? Bo'sh paytingizda onangizga yordam berasizmi? Ogohlik nima degani? Bolalar qanday sifatlarga ega bo'lishi kerak? Jaloliddin Manguberdi kim bo'lgan? Qanday xalq ertaklarini o'qigansiz? Kelajakda kim bo'lmoqchisiz? 87-mashq. Nuqtalar o'rniga so'roq olmoshlari yoki so'roq yuklamalarini qo'yib gaplarni daftaringizga ko'chiring. -... tishlaysan? - dedi Til duduqlana-duduqlana Tishga. -...uchingdan ozginasini uzib tashlamoqchi edim-da!-javob qildi Tish. -...Gunohim ...? -…Shuni ham bilmaysan..., ko'ringanga zahar sochasan, hamma sendan bezor. Sal qisqartirib qo'ysam, shirinroq bo'lar ...ding? Qissadan hissa: Tilning zahari - jonning azobi. Download 455.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling