95-mashq. Nuqtalar o'rniga -mi, -chi, -a, -ya yuklamalaridan mosini qo`yib gaplarni daftaringizga ko'chiring.
So’roq gaplar
|
So’roq gaplarni hosil qiluvchi vositalar
|
Shu aziz Vatan barchamizniki emas...
|
-mi?
|
Kasallikka eng yaxshi davo mehnat ekanligini bilasiz...
|
-mi?
|
Singling a’lo o’qishi bilan hammani xursand qilyapti, sen-...
|
-chi?
|
Shu ishlarni o’zing qilib qo’ya qolsang-...
|
-chi?
|
Chaqimchilik nima ekanligini bilasizlar.... U – odamlarning gaplarini bir-biriga tashimoqlikdir.
|
-mi?
|
96-mashq. «Odob salomdan boshlanadi» mavzusida bahs yuriting. Bahs davomida so'roq gaplardan foydalaning.
97-mahq.Matnni o'qing. So'roq gaplarni topib, ularni hosil qiluvchi vosita haqidagapiribbering.
Bir podshoh vazirini chaqirib buyuribdi:
Bir imorat qurdirki, tepasi osmonga, tagi yerga tegmasin.
Vazir:
-Bu qanday buyruq ekan-a? –deb o`ylabdi.
Keyin kallasiga bir fikr kelib qolibdi. - Xo'p, mayli! Men aytganlaringizni bajaraman, lekin siz ham qovoqqa o'xshagan savat to`qiting. Men ishlayotgan yerga shu savatda suyuq osh olib borishsin,-debdi.
Shunda podshoh:
-Savatda hech zamonda suyuq osh turadimi, ahmoq?!-deb urishibdi.
Vazir:
-Ey podshohim , bo`lmasa ochiq havoga ham imorat qurib bo`ladimi? –deb podshoni mot qilgan ekan. (O`zbek xalq ertaklaridan)
Do'stlaringiz bilan baham: |