Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 455.49 Kb.
bet51/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

143-mashq. “Bog’liqli matn”. Bunda guruhlar “Birni kessang, o’nni ek” mavzusida bog’liqli matn tuzishadi va matnlaridagi to’ldiruvchilarni sanab berishlari kerak.
Sehrli sandiqcha” o’yinimizni tashkil etamiz. Bunda har bir guruhdan bitta o’quvchi chiqadi. Hammamiz o’zbek xalq ertagi bo’lmish “Zumrad va Qimmat” ertagini o’qiganmiz. U ertagda buvisi “Yerto’laga tushsang, oq sandiq va qizil sandiq bor”, - deydi. Bizning ham oq sandiq va qizil sandig’imiz bor. Uning ichida guruh o’quvchilarini maktab qurollaridan iborat sovg’alar kutyapti. Bu sandiqqa borib, sovg’alarni egallash uchun zinalarda o’quvchilarga tegishli savollar kutyapti. Javoblarning to’g’ri yoki noto’g’riligi slaydlar orqali tekshiriladi. Savollar quyidagicha:

  1. To’ldiruvchi deb qanday bo’lakka aytiladi?

  2. To’ldiruvchi bog’laydigan vositalar necha xil va ular qaysilar?

  3. Kattaga hurmatda bo’l,

Kichikka izzatda bo’l. – Bunda ishtirok etgan to’ldiruvchilarni toping.

  1. Ega, hol, to’ldiruvchi, kesim. Shu shaklga mos gap tuzing.

  2. Otdan baland, itdan past. Topishmoqning javobi va to’ldiruvchisini toping.

  3. Suv bilan yer ko’karadi, … . Davom ettiring va to’ldiruvchisini toping.

  4. Ukamga daftar oldim. To’ldiruvchi qaysi vosita orqali ifodalangan?

  5. Qalovini topsang qor yog’ar. Maqoldagi toldiruvchi toping va maqolni izohlang.

  6. Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma. To’ldiruvchilarni toping.

  7. Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga…. Maqolni davom ettiring va to’ldiruvchilarni toping.

  8. Yotib yeyishga tog’ ham chidamaydi. – to’ldiruvchini toping.

  9. Zarning qadrini zargar biladi. – to’ldiruvchini toping va maqolni izohlang.

  10. Ko’kka boqma, ko’pga boq! – to’ldiruvchi topib, izohlang.

  11. Aql bozorda sotilmas. – bu yerda toldiruvchi ishtirok etganmi?

  12. Beshta to’ldiruvchili so’z birikmasi ayting.



Darsimiz so’nggida “Ifodali o’qish” daqiqasini tashkil qilamiz. Bunda har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib, 21- oktabr, ya’ni “Til” bayramiga atab she’r o’qishadi. Qolgan o’quvchilar esa, she’rni tinglab undagi to’ldiruvchilarni topishadi. Birinchi guruh aytgan she’rdan ikkinchi guruh, ikkinchi guruh aytgan she’rdan uchinchi guruh, uchinchi guruh aytgan she’rdan to’rtinchi guruh, to’rtinchi guruhaytgan she’rdan beshinchi guruh, beshinchi guruh aytgan she’rdan esa birinchi guruh o’quvchilari to’ldiruvchilarni topib izohlashadi.


1-guruh o’quvchisi:
Garchi zulm qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdim-u, bo’lak ishni qotirmadim,
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam, eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.


2-guruh o’quvchisi:
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni o’zbek siylar,
Holimizni jim kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.


3-guruh o’quvchisi:
Tilni asrasangiz har nedan ortiq,
Yagona olamni asragan zamon.
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq,
Toki avlodlarga yetolsin omon.


4-guruh o’quvchisi:
Ona tilim onam alla aytgan til,
Ko’zlarimga surtay har bir so’zingni.
Sen borsan dunyoda o’zbek degan el,
Kuylab yashayveray qaro ko’zimni.


5-guruh o’quvchisi:
Bobolar hikmat bilgan,
Ardoqlab lug’at qilgan,
Qolishmas hech bir tildan,
Chiroyli qizil guldan,
Yayraydi har dam dilim,
Sen sabab ona tilim.



Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling