Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya
Download 455.49 Kb.
|
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla
- Bu sahifa navigatsiya:
- 139-mashq. Gaplardagi tushirib qoldirilgan hollarni soroq
- IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
- V.O`quvchilarni baholash VI.Uyga vazifa
- Sana:__________________________ Mavzu
- Dars tipi
- Dars jihozi
- Dars etaplari Ajratilgan vaqt
- Darsning borishi: I . Tashkiliy qism
139-mashq. Gaplardagi tushirib qoldirilgan hollarni so'roq asosida toping va ularni izohlang.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Savol va topshiriqlar ustida ishlash 1. Hol deganda nimani tushunasiz? 2.Gapirdi kesimini qachon? ,qayerda?, so`roqlariga javob bo`luvchi hollar bilan kengaytiring. 3. Qachon? qayerda? qanday qilib? nima uchun? nima maqsadda? so`roqlari nimalarni aniqlash uchun beriladi? V.O`quvchilarni baholash VI.Uyga vazifa: 140-mashq. O`zingiz sevgan o`zbek allomalaridan birining hayoti va faoliyati haqida gaplar yozing. Unda holdan foydalaning. Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova Ona tili 5-“A” “B” -sinf Sana:__________________________ Mavzu: To`ldiruvchi Dars shiori: Alp o’g’lonlar o’lkasi bu ko’hna Turon, Qalqonlari,qanotlari,ilm istang. Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron, Alisherning avlodlari,ilm istang! Darsning maqsadi: a) ta`limiy: o’quvchilarga to`ldiruvchi haqida tushuncha berish. Bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish; b) tarbiyaviy: o`quvchilarning ona-Vatanga bo’lgan muhabbatini o’stirish, kompyuter texnologiyasidan foydalanishga o’rgatish, tabiatga bo’lgan muhabbatini oshirish, ko’rgazmalar orqali o’quvchilarni mehnatsevarlikka chorlash – bolani har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash; d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning onggi va tafakkuri rivojlantirish, o’qishga da’vat etish, hozirjavoblik, topqirlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, og`zaki va yozma nutqini rivojlantirishga erishish, boshqa fanlarga bo’lgan qiziqishini oshirish. Dars tipi: yangi bilim beruvchi Dars turi: noan’anaviy. Dars metodi: Guruhingni aniqla”, ”Majnuntolning ikki shoxi”, amaliy, bahs-munozara, ”Alplar bellashuvi”, ”Tegishlisini top”, ”Sehrli sandiqcha”, ”Sahna ko’rinishi”, ”Bog’liqli matn”, ”Ifodali o’qish” daqiqasi, ”Sehrli kitob” nominatsiyasi. Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r, kompyuter, proyektor, slaydlar, ko’rgazmalar, rasmlar Darsning blok sxemasi
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism Navbatchi axboroti tinglanadi. O’qituvchi: Ona tilim muqaddas tilim Ona tilim muqaddas tilim Momolardan qolgan merossan Onam allalari quloqlarimda Senda so’zlab yayraydi dilim Senga so’zlab yayraydi dilim Jarangdorsan O’zbekka xossan Jarangdorsan ardoqlarimda. Hurmatli o’quvchilar , hozir darsimiz ona tili. Darsni boshlashdan oldin atrofimizg nazar tashlaylik. Hozir o’lkamizda qaysi fasl? Kuz faslida yurtimizda qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi? Ushbu faslda yurtimizda qanday tarixiy sanalar nishonlanadi? Kuz fasli haqida, ona tilimiz haqida qanday she’rlar bilasiz? Rahmat o’quvchilar. Endi darsimizga qaytamiz. Hozir biz siz bilan gap bo’laklarini o’rganyapmiz. Shuning uchun shartli ravishda guruhlarni gap bo’laklari nomi bilan belgilaymiz. Bunda men sizlarga savollar beraman. Shu savollar orqali sizlar guruhingiz nomini bilib olasiz. Darsimizni 5 ta guruh ishtirokida olib boramiz. Bunda biz ”Guruhingni aniqla” metodidan foydalanamiz: savol: Gapning markazini tashkil etadigan bo‘lak? savol: Qaysi gap bo’lagi kim? nima? qayer? so’rog’iga javob boladi? savol: Ko’chada odam ko’p? Ko’chada so’zi qanday vazifada kelgan? savol: Gapdagi biror bo’lakni to’ldirib, unga boshqaruv yo’li bilan tobe bog’langan bo’lak? savol: Qanday?qanaqa? qaysi?so’roqlariga javob bo’luvchi gap bo’lagi? Berilgan savollarga javoblar tinglanadi va shu asosida guruhlar nomi aniqlanadi: ”Kesim” guruhi; ”Ega” guruhi; ”Hol” guruhi; ”To’ldiruvchi” guruhi; ”Aniqlovchi” guruhi. O’qituvchi har bir guruhni va guruh a’zolarini baholab boradi: ”5” baho ”4” baho ”3” baho Guruhlar a’zolariga har bir javoblari uchun yuqoridagi kartochkalardan taqdim etiladi, dars oxirida guruhlarning kartochkalari hisoblanib, g’olib guruh aniqlanadi. Shu orqali har bir o’quvchi ham baholanadi. Download 455.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling