Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 455.49 Kb.
bet45/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

VI.Uyga vazifa: Matn tuzish.
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili

5-“A” “B” -sinf


Sana:__________________________
Mavzu: Sodda yig`iq va sodda yoyiq gaplar
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: Sodda yig`iq va sodda yoyiq gaplar haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, kim chaqqon? o’yini, aqliy hujum
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

8

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

22

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
Aqliy hujum“ metodi orqali o’tilgan mavzu so’raladi.
1. Ega qaysi bo'lak bilan bog'lanadi?
2. Ega qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
3. Ega bilan kesim o'rtasida qanday holatda tire qo'yiladi?
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq. Nima qildi? so'rog'iga javob bo'luvchi so'z keltiring.
2-topshiriq. Yuqorida keltirgan so'zingizni kim?, qachon?, qayerda qanday qilib? so'roqlariga javob bo'luvchi so'zlar bilan kengaytiring.
Faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat bo'lgan gap yig'iq gap hisoblanadi. Masalan: Kuz. Qara. Men keldim.
Kesimning boshqa bo'laklar bilan kengayishidan hosil bo'lgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Men uni ko'rdim.
133-mashq.Matnni o'qing. Yig'iq va yoyiq gaplarni topib, ularni izohlang.
- Men sizga hamma bilgan ertaklarimni aytib beraman. Har kuni bittadan. Siz menga qishlog'ingizni tomosha qildirasiz, dalalarga olib chiqasiz. Bo'ptimi?
-Bo`pti, olib chiqaman! - dedim sevinib.
-Lekin bitta shart bilan. O'zingiz ham kitob o'qiysiz. Shundoq qilmasak bo'lmaydi. Men juda qattiq qo`lman, tekshirib turaman, maylimi?
- Mayli, o'qiyman! - Yashang!

Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling