Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 455.49 Kb.
bet44/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

Sana :_______________________________________________________
Sinf: 5-„B“_______________________________________________________
Fan:_Ona tili_______________________________________________________
Mavzu:______________________________________________________
Darsning maqsadlari:
a) o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini nazorat qilish;
b) o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish; ota-onaga hurmat, do’stga sadoqat tuyg’ularini tarbiyalash;
d) tinglab tushunish, to’g’ri anglash, o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish.
Dars turi: bilimlarni mustahkamlash
Dars jihozi: nazorat ishi daftarlari:
Tahlil matni: Alla

Darsning blok sxemasi

Dars etaplari

Dars mazmuni

Reglament

1

Tashkiliy qism

1) salomlashish;
2) davomat:
3) tozalik;
4) yangiliklar:
5) o`tilgan mavzu

5 daqiqa

2

Ijodiy bayon bilan tanishish

(yozgan diktantlarni qayta o`qib chiqish)

3 daqiqa

3

Baholarni jurnalga qayd etish




2 daqiqa

4

Ijodiy bayonda yo`l qo`ygan xatolarni turlarga ajratgan holda aniqlash



  1. imloviy xatolar;

  2. ishoraviy xatolar:

  3. bo`g`in ko`chirishdagi xatolar;

  4. bosh harflar imlosi;

  5. xatboshi;

  6. x va h imlosi;

  7. tutuq belgisi;




5

Xatolar
Ustida
ishlash

Har bir xato so`zni to`g`ri variantini yozib chiqish
Xatoga yo`l qo`yilgan so`zlar ishtirokida gap tuzish

32 daqiqa

6

Uyga vazifa






2 daqiqa



ALLA
Reja:

  1. Ona allasi

  2. Allaning sehri

  3. Jonbaxsh kuy.

Alla – farzand haqidagi, onaning farzandga tilanadigan yaxshi tilaklari, orzu-umidlari haqidagi qo’shiq. Allada onalar hech kimga ayta olmagan sirlarini, dardlarini kuylaganlar. Onalar qadimdan o’z bolalari beshigi tepasida kechasi bo’lsin, kunduzi bo’lsin, alla aytib kelishgan. Alla o’z ohangi bilan bolaga ona nafasini yetkazib turadi. Go’dakni xotirjam qiladi, orom olib uxlashga imkon beradi.
Onalar o’z his-tuyg’ulari, orzu-armonlari, istak-niyatlarini, dard-hasratlarini ham allalarga qo’shib aytganlar. Alla axloqiy, tarbiyaviy, didaktik, an’anaviy ijod namunalaridan iborat bo’lgan. Uni tinglagan bola ona mehrni sut bilan o’z taniga, shuuriga singdiradi.
Alla insonning ong qatlamlarida bir umr mungli, hazin, nurli qo’shiq bo’lib saqlanib qoladi.
Alla! Onalarning jonbaxsh qo’shig’i. Ona bolasiga halovat beradigan yoqimli allasi bilan ruhiy lazzat bulog’ini ochadi. Bola she’riyat va qo’shiqqa umrbod maftun bo’ladi. Inson dunyo go’zalligini ilk bor ona allasi sadolari bilan his qiladi. Ona mehri bilan qalbimizga g’unchalar isi, yaproqlar shitiri, yurt mehri jo bo’ladi. Uning maroqli kuyi o’ta ta’sirli hayotbaxsh qudratga egadir.
O’zbek onasi alla aytarkan, u allalar bir-biriga sira o’xshamaydi. Hatto bir onaning bugun aytgan allasi kechagisiga o’xshamasligi mumkin. Ayni paytda, allalarda hamma ona va bolaga xos bo’lgan umumiylik ham bor. Bu mehr, bu – muhabbat!
Donishmandlarimizning aytishicha, alladan yaxshiroq qo’shiq, onadan xushovoz xonanda yo’q.

Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling