Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 455.49 Kb.
bet40/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

VI.Uyga vazifa: Matn tuzish.
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova
Ona tili

5-“A” “B” -sinf


Sana:__________________________
Mavzu: Gap bo`laklari
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: Gap bo`laklari haqida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, mashqlar bajarish
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat ballari, doska, bo’r, Aralash-quralash
Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilganvaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
1. His-hayajon gap deganda nimani tushunasiz?
2.His-hayajon gaplarning qanday belgilari bor?
3.His-hayajon gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
III.Yangi mavzu bayoni
1-Topshiriq. Quyida berilgan so'roqlar asosida gap tuzing.

So’roq so’zlar

So’roq so’zlar asosida tuzilgan gaplar

Kim?




Qachon?




Qayerga?




Nima bilan?




Nima qildi?




Gap tarkibida ma`lum so'roqqa javob bo'luvchi mustaqil so'z yoki so'zlar birikmasi gap bo'laklari hisoblanadi.
113-mashq. Quyidagi jadval asosida gaplar tuzishga harakat qilib ko'ring

Kim?

kim bilan?

qayerga?

nima qildik?

Biz

o'qituvchimiz bilan

Muzeyga

Bordik

114-mashq. Gaplarni o'qing, so'zlarning qaysi so'roqqa javob bo'layotganini aniqlab, qavs ichiga so'rog'ini yozib qo'ying.
Bir kuni () bog'ga () shamol () kiribdi-da (), bir joyga berkinib olib (), gullarni () tomosha qila boshlabdi (). Unga () gullar ( ) juda yoqibdi (). Shovullab () ularning oldiga () kelibdi ( Gullar () undan () qo'rqishmabdi (). (Z. Ibrohimova)
115-mashq, So'zlarni o'rni-o'rniga qo'yib, gaplar hosil qiling. Bu gap bo'laklarining o'rniga diqqat qiling.

Berilgan so’zlar

So’zlar asosida tuzilgan gaplar

Gapiga, kattaning, bir, kichikning, bir, kir




Bo’lsa, eshik, ruxsatsiz, eshik, ham, ochiq, kirma.




Ozoda, sog’, desang, yuray, bo’l




G’oz, oz, hunaring, maqtanma.




Bo’lmang, uyalib, maqtanchoq, uyalib




116-mashq. O'qing. Ostiga chizilgan so'zlarga savol bering.
Bo`ron,Jala. Quvosh. Daryo o'zlarining zo'rligi haqidagi masalani yecholmay Odamzodning oldiga borishibdi.
-Hoy, Odamzod, qani ayt-chi, bizlarning ichimizda kimimiz zo'r?
-Senlardan ham ahillik, do'stlik zo'r, - debdi Odamzod. - Ular bor joyda senlar hech narsa emassanlar. Daryodan zo'r, Jaladan kuchli. Bo`rondan qudratli. Quyoshdan haroratli bu-ahillik. do'stlikdir! (A. Alimardonova, Q. Nazarov)
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar
1. Gap bo'lagi tushunchasini izohlang.
2. Kim, qayerga?, nima uchun?, nima qildi? so'roqlariga javob bo`luvchi bo'laklar ishtirok etgan gap tuzing.
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga topshiriq. «Men ardoqlaydigan fazilat» mavzusida matn tuzing.Undagi gaplar tarkibida kelayotgan bo'laklarga diqqat qiling.
Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova

Ona tili



5-“A” “B” -sinf
Sana:__________________________
Mavzu: Kesim
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: Kesim haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r
Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilganvaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

1-2 –topshiriqlar

15

4

3-4 –topshiriqlar

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
1. Gap bo'lagi tushunchasini izohlang.
2. Kim, qayerga?, nima uchun?, nima qildi? so'roqlariga javob bo`luvchi bo'laklar ishtirok etgan gap tuzing.
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq. O'qidim, ko'rding, aytdi so'zlari ishtirok etgan uchta gap yozing. Yuqoridagi so'zlarning gapdagi o'rnini va qaysi shaxsda ekanligini aniqlang
2-topshiriq.O'quvchisiman, o'quvchisisan, o'quvchisidir so'zlari ishtirok etgan 3 ta gap yozing. So'zlarning shaxsi o'zgarishi bilan gapning qaysi qismi o`zgarayotganligini bayon qiling.
Shaxs-son ma'nolarini ifodalab, nima qil (-di, -yapti va boshq.)?, nima bo'l (-di, -yapti va boshq.)?, kimdir?, nimadir?, qayerdir? so'roqlariga javob bo'luvchi mustaqil so`zlar gapda kesim vazifasini bajaradi.
Kesim gapning mazmuniy markazidir. U boshqa bo'laklarsiz ham gap bo`la oladi. Masalan: Yaxshimisiz? Keldi.
118-mashq.Nuqtalar o'rniga gap mazmuniga mos kesimlarni qo'ying, so`ng ularni daftaringizga ko'chiring.
l.Bahor kelishi bilan qaldirg'ochlar... . 2. Dalalarda boychechak, chuchmoma, binafshalar... . 3.O'lkamizga Navro'zi olam... . 4. Nuroniy onaxonlar doshqozonda sumalak... . 5. Bolalar raqsga..., qo'shiq...
119-mashq. Gaplarni o'qing, tagiga chizilgan so'zlarning nima sababdan kesim hisoblanishini tushuntirib bering. Sizning orangizda ham shunday odobli qizlar bormi?
-Odobli qiz o'rnidan turganida eng avval joyini yig'adi, - deb gap boshladi Sanam, - undan keyin yuz-qo'lini yuvadi, undan keyin hovli supuradi.
-Barakalla, qizim, ko'p odobli ekansan.
-Nonushtaga o'tirishganda kattalardan oldin qo'l uzatmavdi
-Barakalla, qizim, ofarin!
-Undan keyin... yana avtaveraymi,bobojon? Yana avtaversam odobli qiz kiyimlarini hamisha ozoda tutadi... aka-ukalarini sizlab chaqiradi. (X. To`xtaboyev)
120-mashq. Himoya qilamiz, sayraydi, o'qiysizmi, ketmoqchiman so`zlari ishtirokida gaplar tuzing.
121-mushq Boshqotirmani to'g'ri yechsangiz, o'zbek xalq maqollaridan birini topasiz. Gapning kesimiga diqqat qiling.

T

O'

D

I

E

G'

R

G

R

I

I

O`

T

O'

Z

Z

A

A

D

I

IV.Yangi mavzu mustahkamlash
Savol va topshiriqlar
1.Gapning mazmuniy markazi tushunchasini izohlang.
2.Quyidagi fe'llarga mos shaxs qo'shimchalarini qo'shing. Farqini ayting
Birlik Ko'plik
1.shaxs bora... bordi... bora... bordi...
2.shaxs bora... bordi... bora... bordi...
3.shaxs bora... bordi... bora... bordi...
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga vazifa:
122-mashq. «Dam olish kunida» mavzusida kichik hikoya yozing. Undagi gaplarda ishlatilgan kesimlarni izohlang.

Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova


Ona tili



5-“A” “B” -sinf
Sana:__________________________
Mavzu: Fe`l kesim va ot kesim
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: fe`l kesim va ot kesim haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, “Xatosini toping” o’yini
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r
Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

1-2 –topshiriqlar

15

4

3-4 –topshiriqlar

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1


Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling