61-mashq. Quyidagi so'zlardan foydalanib gaplar tuzing, so'zlarning bog'lanishiga alohida diqqat qiling.
T/r
|
So’z
|
Gap
|
1.
|
Ma’naviyat, qalb, quyosh
|
|
2.
|
biz, Amir Temur, nabira
|
|
3.
|
Mustaqillik, abadiy, bo’l
|
|
4.
|
Siz, o’z, Vatan, sev
|
|
5.
|
Iste’dod, bola deganda, kim, tushun
|
|
6.
|
Ona, tabiat, e’zoz
|
|
62-mashq.O'qing. Har bir qatordagi gap, so'z va so'z birikmala sonini aniqlang.
1. Ko'hna Samarqand. Har bir o'zbek bu shahar bilan faxrlanad 2. Mana Registon. Binolarga hayrat bilan boqaman. 3. Kuch-adolatda. Bu - Sohibqironning hayotdagi shiori edi. 4. Kuch - bilimda. U insonni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi mayoqdir.
63-mashq. Ertasi, shahrimiz, tonggi, bobom, do'stning, yuksak, kelajagi kabi so'zlarni tegishli so'zlar bilan kengaytiring, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Namuna: Ertasi: Vatanimning ertasi - Vatanimning ertasi charog'on
So’z
|
So’z birikmasi
|
Gap
|
Shahrimiz
Tonggi
Bobom
Do’stning
Yuksak
Kelajagi
|
Bizning shahrimiz
Tonggi shabada
Mening bobom
Do’stning qadri
Yuksak cho’qqilar
Kelajagi buyuk
|
Bizning shahrimiz g’oyat ko’rkam.
Tonggi shabada mayin esmoqda.
Mening bobom juda mehribon.
Do’stning qadriga yetish kerak.
Yuksak cho’qqilar sari intilmoq.
Biz kelajagi buyuk davlatmiz.
|
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar
1. Gap deb nimaga aytiladi?
2. Gapning so'z va so'z birikmasidan farqi nimada?
3. Bitta so'zni gapga aylantiring.
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga vazifa64-mashq.O'zingiz tanlagan biror rasm asosida hikoya tuzing. Tuzgan hikoyangizga sarlavha toping hamda og'zaki so'zlab bering.
16.Sana:__________________________
Mavzu: Gapda so`zlarning bog`lanishi
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: gapda so`zlarning bog`lanishi haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, ”Qo’shningni top” metodi
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi
№
|
Dars etaplari
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2
|
2
|
Takrorlash
|
10
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15
|
5
|
O`quvchilarni baholash
|
2
|
6
|
Uyga vazifa
|
1
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
1. Gap deb nimaga aytiladi?
2. Gapning so'z va so'z birikmasidan farqi nimada?
3. Bitta so'zni gapga aylantiring.
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq. Quyida berilgan so'zlarni bir-biriga bog'lab gap tuzing. So'zlarni bog'lash uchun nimalar qilganingizni ayting.
Mustaqillik, biz, baxt, ber.
2-topshiriq. Berilgan gapdagi so'zlar orasiga va bog'lovchisini qo'ying.
Shahar, qishloqlarimizda bugun o'zgacha hayot hukm surmoqda.
Gap tarkibida ishtirok etgan so'zlar bir-biri bilan bog'lanadi. Masalan: qir va adir, Oygul bilan Baxtiyor; gulni hidlamoq, maktabga kelmoq kabi. Misollardan ko'rinadiki, so'zlarning bog'lanishi bir xil emas. Ayrim so'zlar va, ham, hamda, bilan singari bog'lovchi va bog'lovchi vazifasidagi so`zlar yoki sanash ohangi yordamida bog'lanadi.
Boshqalarida esa birinchi qism ikkinchi qismga -ni, -da, -dan, -ning kabi qo`shimchalar, tomon, to'g'risida, haqida, uchun singari yordamchi so`zlar bilan bog'lanadi. Masalan: akasiga olmoq, akasi uchun olmoq.
So`zlarning bog'lanishi ikki xil bo'ladi: teng bog'lanish va tobe bog`lanish.
Olma va o'rik shaklidagi bog'lanish teng bog'lanish, olmani yemoq shaklidagi bog'lanish esa tobe bog'lanish sanaladi.
65-mashq. Noto'g'ri bog'langan so'z birikmalarini toping va nima sababdan bir-biriga bog'lanmasligini tushuntirib bering.
Shirin taom, shirin xotira, achchiq va shirin, qovunning shirini, kitobning shirini, qovunni kesmoq, daftarning olmoq, kitob bilan daftar, suv va havo, suvda cho'milmoq, suvga ichmoq, sutni ichmoq.
66-mashq. So'zlarni qaysi so'zga bog'lanishini toping va daftaringizga ko'chiring.
Ozodlikka
|
o'qimoq
|
Ertakni
|
cho'milmoq
|
Daryoda
|
Duosi
|
Lolani
|
Erishmoq
|
Onaning
|
Uzmoq
|
67-mashq. Berilgan hikmatli so'zlarni o'qing. So'z birikmalarini daftaringizga yozing.
Namuna: Vatanni sevmoq iymondandir.(vatanni sevmoq, sevmoq iymondan)
1. Beshikdan qabrgacha ilm izla.
2. Hunar, hunardan rizqing unar.
3. Jannat onalar oyog'i ostidadir.
4. Vatan ostonadan boshlanadi.
5. Sihat tilasang ko'p yema, izzat tilasang ko'p dema.
6. Bir gul bilan yoz bo'lmas.
1-topshiriq. Maqol va hadislarning mag'zini chaqing. Ularni izohlang.
2-topshiriq. Ajratgan birikmalaringizdagi qaysi so'z asosiy ma'no ifodalayotganini, qaysi biri uni to'ldirib, izohlab kelayotganini aniqlang
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar
1.Gapda so'zlar necha xil usul bilan bog'lanadi?
2.Teng bogianishga misollar keltiring.
3.Tobe bog'lanishga misollar ayting.
4.Kitob o'qidim, yer va quyosh birikmalaridagi so'zlarning bog`lanish
usullarini aniqlang.
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga topshiriq.
68-mashq. So'zlarni bir-biriga bog'lab gaplar hosil qiling va ularni daftaringizga ko'chiring.
1. Biz, bog', ish. 2. Ona, dunyo, eng, chiroyli, ayol. 3. Toza yur, kasal, bo'l. 4. Alisher Navoiy, o'zbek, xalq, buyuk, shoir. 5. Uy, ish, ona, yordam.
17.Sana:__________________________
Mavzu: So`z birikmasi
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: so`z birikmasi haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob, grammatik o’yin, “Klaster” usuli
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi
№
|
Dars etaplari
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2
|
2
|
Takrorlash
|
10
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15
|
5
|
O`quvchilarni baholash
|
2
|
6
|
Uyga vazifa
|
1
|
Do'stlaringiz bilan baham: |