Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya
Download 445.23 Kb.
|
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism 1) salomlashish; 4) yangiliklar; 2) davomat; 5) uyga vazifa. 3) navbatchi hisoboti; II.O`tilganlarni takrorlash 1.Gapda so'zlar necha xil usul bilan bog'lanadi? 2.Teng boglanishga misollar keltiring. 3.Tobe bog'lanishga misollar ayting. 4.Kitob o'qidim, yer va quyosh birikmalaridagi so'zlarning bog`lanish usullarini aniqlang. III.Yangi mavzu bayoni 1-topshiriq. Kuylayman so'ziga nisbatan savol berib ko'ring (nimani yoki kimni?) Darhol javob olasiz: yurtimni kuylayman. Bu birikmada qaysi qism muhim ahamiyatga ega ekanligini toping. 2-topshiriq. Chiroyli bino, katta bino, yangi bino birikmalaridagi tobe va hokim qismlarni aniqlang. Ikki so'zning biri tobe, ikkinchisi hokim tarzidagi hog'lanishiga tobe bog'lanish deyiladi. Tobe bog'lanishda doim ikkita qism: tobe va hokim so'z bo'ladi. Tobe so'z hokim so'zga bog'lanadi. So'roq hokim so'zga qarab beriladi. So'roqqa javob bo'luvchi so'z tobe qism sanaladi. Masalan: ozod obod maftunkor o`lkam beqiyos 69-mashq. Aralash holda berilgan so'zlarni unga mos keladigan so'zlar bilan bog`lab so`z birikmalari tuzing, hokim va tobe qismlarni toping. Mamlakatimizning, dunyoga, xorijda, fermer, jonini, fidoyi, zotlar, xo`jaligi, fido qilmoq, o'qimoq, chiqmoq, shuhrati. 70-mashq.O'zbek so'zi ishtirokida so'z birikmalari tuzing va gaplar hosil qiling. 71-mashq. Grammatik o'yin tashkil qiling. Gul so'zi ishtirokida kim ko'p so'z birikmasi tuza olar ekan? Topshiriqni yozma bajaring. 74-mashq. Gaplar tarkibidan so'z birikmalarini ajratib oling va ularning bog'lanish usullariga izoh bering.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Savol va topshiriqlar 1. Qanday bog'lanishga tobe bog'lanish deyiladi? 2. Hokim so'z deb nimaga aytiladi? 3.Tobe so'z haqida gapirib bering. V.O`quvchilarni baholash VI.Uyga vazifa: 73-mashq. Bahor, do'stlik, tinchlik so'zlari ishtirokida so'z birikmalari tuzing, so'zlarning bog`lanishiga alohida diqqat qiling. Namuna: bahor gullari, bahorda ochilmoq, bahorni kutib olmoi ilk bahor... 18. Sana :__20.09.2017_____________________________________________________ Sinf:__5-B______________________________________________________ Fan:__Ona tili______________________________________________________ Mavzu:__ 2-NI Nazorat diktanti Darsning maqsadlari: a) Sintaksis va Punktuatsiya bo’yicha o’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish; b) o’quvchilarni ona – Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalsh; d) o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish. Dars turi: __nazorat_________________________________________________ Dars metodi: ________________________________________________ Dars jihozi: nazorat ishi daftarlari
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism 1) salomlashish; 4) yangiliklar; 2) davomat; 5) uyga vazifa. 3) navbatchi hisoboti; II. Diktant matnini o`qib eshittirish. O’qituvchi tomonidan diktant matni o’qib beriladi. III. Diktant mazmunini so`rash. O’qituvchi o’quvchilardan o’qib berilgan diktant mazmunini so’raydi. IV. Qiyin va notanish so`zlarni aniqlash. Qiyin va notanish so’zlar o’qituvchi tomonidan aytib eshiladi va doskaga yozib ko’rsatiladi. V. Diktant MAHALLA-TARBIYA MASKANI Biz uchun oilamiz ko‘z ochib ko‘rgan dargoh bo‘lsa, mahallamiz muqaddas Vatanimiz ichidagi mo‘jaz vatandir. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag‘rida kamol topgani kabi oila ham mahalla ko‘z oldida barpo bo‘ladi, uning ichida ravnaq topadi. Mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, ishonchli tayanchidir. Xursandchilik kunlari ham, boshga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bo‘lish mahalladoshlarning qadimdan kelayotgan o‘lmas xususiyati. Zero, o‘zbek mahallasi shunday bir dargohki, unda insonlar bir-biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do‘st-birodar bo‘lib ketadi. Odamlar o‘zaro quvonch va g‘amlarga sherik, farzand tarbiyasida mas’ul, yutuqlar ham kamchliklar ham mahalla ahliga baravar bo‘lib tushadi. Zero, xalqimiz “Otang-mahalla, onang-mahalla” degan naqlni bilib aytgan. Darhaqiqat, mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan, yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatuvchi, xalqning turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ijtimoiy institutdir. Mahalla milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarimizni avloddan avlodga sog‘-omon yetkazuvchi muqaddas maskan bo‘lib kelyapti. Insonlarning millati, dini, irqi, tili, ijtimoiy kelib chiqishdan qat’iy nazar, ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi katta oila hisoblangan o‘zbek mahallasi barchaning bir-biriga o‘zaro hurmati, muhabbati, mustahkam do‘stligi asosida yashaydi, faoliyat ko‘rsatadi. (173 so‘z). VI.Uyga vazifa: Test tuzish. 19. Sana :____22.09.2017___________________________________________________ Sinf:_____5-„B“___________________________________________________ Fan:____Ona tili____________________________________________________ Mavzu:____2-Nazorat ishi tahlili__________________________________________________ Darsning maqsadlari: a)__________________________________________________________ b) o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish; d) o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash Dars turi: __nazorat ishi tahlili_________________________________________________ Dars metodi: ________________________________________________ Dars jihozi: _nazorat ishi daftarlari________________________________________________
20.Sana:__________________________ Mavzu: Gaplarning ifoda maqsadiga ko`ra turlari Darsning maqsadlari: a) ta`limiy: gaplarning ifoda maqsadiga ko`ra turlari haqida bkmlar hosil qilish; b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish; d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash. Dars turi: yangi bilim beruvchi Dars metodi: savol-javob Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, ”Auksion” metodi Darsning blok sxemasi
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism 1) salomlashish; 4) yangiliklar; 2) davomat; 5) uyga vazifa. 3) navbatchi hisoboti; II.O`tilganlarni takrorlash 1. Qanday bog'lanishga tobe bog'lanish deyiladi? 2. Hokim so'z deb nimaga aytiladi? 3.Tobe so'z haqida gapirib bering. Download 445.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling