Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 445.23 Kb.
bet1/14
Sana11.12.2020
Hajmi445.23 Kb.
#164956
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

Aim.Uz


Kirish

O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar.


Asosiy g’oya

O’quvchilar qalbi va ongiga Vatanga bo’lgan mehr-muhabbat tuyg’ularini yanada chuquqrroq singdirish, ularni vatanimiz tarixiga, uning boy ma’daniymerosiga, ramzlariga sadoqat ruhida tarbiyalash. Shunday aziz Vatanda yashashdan faxrlanish tuyg’ularini shakllantirish. Davlat ramzlari muqaddasligini uqtirish.

Asosiy g’oyani keng ko’lamda yorqin va jozibali aks ettirish uchun xona bayramona bezatiladi. Sahna to’rida “Bayrog’imiz – faxrimiz, g’ururimiz, 1991-yil 18-noyabr O’zbekiston Respubliksining bayrog’i qabul qilingan kun” yozuvi. Xona devorlariga bayroq haqidagi she’rlar yozilgan plakatlar tartib bilan joylashtiriladi. O’ng burchakda “O’zbekiston Respubliksining bayrog’i” o’z bezagi bilan sahna ko’rkiga fayz kiritadi.

O’quvchilar sahnadan pastda doira shaklida ikki qator bo’lib joylashadilar. O’rtadagi stol ustida buyuk allomalarimizning ma’naviy merosi bo’lmish noyob asarlar davriga qarab, ketma – ketlikda joylashtiriladi.


Dars turi: Umumlashtirilgan sahna ko’rinishi darsi
Davraga olib boruvchilar sahnaga chiqishadi.

1 – boshlovchi: Ey so’z, ne balo ajab guharsan,

Guhar neki bag’ri mavjvarsan.

Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari, aziz ustozlar, bugungi “Bayrog’imiz – faxrimiz, g’ururimiz” nomli bayramimizga xush kelibsizlar!

2 – boshlovchi: Bu dam madhing kuylay iftixor bilan,

Ko’ksimda barq urgan navbahor bilan.

Assalom-u alaykum, aziz o’quvchilar, ustozlar! Bayram munosabati ila barchangizning o’qish va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Darsimizning shiori:
Mangu faxrim, e’tiqod-u,

Nurli iymonim mening.

Zar tuprog’ingni avaylash,

Muqaddas burchim mening.


O’zbekiston Respubliksining madhiyasi yangraydi. Sahnada Humo qushi ramzi sifatida bir o’quvchi qiz paydo bo’ladi.
Humo qushi: Bayramona saboqlaringizni eshitib, sizlarni Vatanga bo’lgan mehr-muhabbatlaringiz qay darajada ekanligini bilish uchun bu yerga uchib keldim.
O’quvchilar: - Xush kelibsan Humo qushi, davramizga marhabo!
Humo qushi: - Men Humo qushiman, edim afsona,

Bugun afsonamas qarshingizdaman

Siz bilan bo’lurman yelkama-yelka,

Hur bo’lsin, gullasin shu aziz o’lka.


Qani aziz o’quvchilar, aytinglar-chi, Vatan o’zi nima?
1-o’quvchi: - Vatan – ota-onamiz
2-o’quvchi: - Vatan – katta bo’lgan beshigimiz
3-o’quvchi: - Vatan – yashab turgan xonadonimiz
4-o’quvchi: - Vatan – ta’lim olayotgan maktabimiz
5-o’quvchi: - Vatan – qishlog’imiz, so’lim go’shamiz
6-o’quvchi: - Vatan – mustaqil O’zbekistonimiz.
Humo qushi: - Juda yaxshi aziz bolajonlar! Qani Mustaqillik bayrog’ini bir ta’riflab beringchi
Sahnada bayroq ranglariga mos ravishda kiyingan o’quvchilar chiqib bayroqni ta’riflaydilar.
1-o’quvchi: Har qanday mustaqil davlat o’z bayrog’iga ega bo’lishi shart. Ilgari zamonlarda Movarounnahr, Turon, Turkiston deb atalgan yurtimizda tashkil topgan qadimiy davlatlar, jumladan, ulug’ sohibqiron Amir Temur davlatining ham o’z tug’i – bayrog’i bo’lgan.

2-o’quvchi: Ma’lumki, turkiy xalqlar makon tutgan hududlarga islom kirib kelishi bilan bu yerda yashovchi xalqlarning bayroqlari ham ma’lum o’zgarishlarga yuz tutgan. Yangi chiqqan oy va yulduzlar islom dini ramzidir. Yashil rang ham Islomning ramzlaridan biri hisoblanadi.
3-o’quvchi: Shu ramzlarning u yoki bunisi islom dinini qabul qilgan o’lkalar yoki mamlakatlar bayrog’ida hozirgi kunda ham mavjuddir. Agar dunyo mamlakatlari bayroqlarini ko’zdan kechirsak, garchi bayroqlar qaysi davlatga tegishli ekanligi yozib qo’yilmagan bo’lsa ham, qaysi davlatda islomga e’tiqod qo’ygan xalqlar yashayotganini o’sha ramzlardan bilib olamiz.
4-o’quvchi: Bayrog’imizdagi ranglar ham tabiatdagi ranglarga juda mosdir. Moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu yaxshilikni, donishmandlikni, shon shuhrat va sadoqatni bildiradi.
5-o’quvchi: Oq rang muqaddas tinchlik ramzi bo’lib, u kun charog’onligi va koinot yulduzlari bilan uyg’unlashib ketadi. Bu rang poklik, beg’uborlik, ezgu orzu-maqsadlar, go’zallikka intilish timsolidir.
6-o’quvchi: Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi, u ko’pgina xalqlarda yoshlik, navqironlik, umid va shodlik timsoli sanaladi.
7-o’quvchi: Qizil chiziqlar bhar bir tirik jonzot tanasida mavjlanib turgan tiriklik manbai – qon ramzi hamda yer-u osmonni bir-biriga bog’lab turuvchi tiriklik rishtasidir.
8-o’quvchi: Yangi oy ko’p yillik an’analarimizga mos bo’lishi bilan birga, yangi paydo bo’lgan mustaqillik nishonasi hamdir.
9-o’quvchi: Yulduzlar hamma xalqlarda tiniq osmon belgisi, ya’ni saodat ramzidir. Ularning 12 ta ekanligi osmondagi 12 ta yulduzlar burji bilan bog’liq.

Hamma: - Ulug’lar ruhini shoq qilmoq uchun,

Aytar bo’lsang so’zni Vatandin aytgin.


O’quvchi: - Yetmish yilki shunday qo’rqinch tush ko’rdim,

Zaminda qanotsiz tutqin qush ko’rdimю

Yo’qlikka Qodiriy, Cho’lponlar ketdi,

Abdurauf Fitrat, Elbek, Usmonlarim

Har qaysisi nuri jahonlar ketdi.

Shundan so’ng o’quvchilar Yalla guruhining “Yurt ishqida yonaman” qo’shig’ini kuylashadi.


Humo qushi: Rahmat aziz bolajonlarim! Bugun Vatanimizda mustaqillik hukm surmoqda. Mustaqilligimizni asarab-avaylash hammamizning burchimizdir.

O’quvchilarning she’riy daqiqa uyushtirishadi. Bunda bugungi bayramga atab she’rlar aytishadi.

Bayrog’imiz

Moviy, oq-u, yashil rang,

O’zbekiston bayrog’i.

Ko’zni oladi qarang,

Hilpirab turgan chog’i.
Moviy rang mangu osmon,

Obi-hayot ramzidir.

Ezgulikka posbon,

Chin e’tiqod ramzidir.


Oq rang beg’uborlik,

Poklikni anglatadi.

Tong nuridan bedorlik,

Soflikni anglatadi.


Yashil rang yangilanish,

Tabiatning timsoli.

Navqironlik, ulg’ayish

Chin e’tiqod misoli.


Qizil chiziq qonimiz,

Qudratimizdan darak.

Yarim oy iymonimiz,

Va diyonat mushtarak.


O’n ikki porloq yulduz,

O’n ikki burj demakdir.

Ajdodlarga sodiqmiz,

Dildagi burch demakdir.



Shundan so’ng videotasmalarda dalalarda yetishtirilayotgan ona-zamin ne’matlari bir-bir ko’rsatiladi.

Qizlar raqs ijro etishadi
Humo qushi: - Vatanimizning eng katta boyligi sizsiz, aziz bolajonlar! Ming afsuski, Mustaqilligimizni, tinch diyorimizni ko’rolmaydigan ayrim g’animlar uchrab turgani nihoyatda achinarlidir. Bolajonlar siz doimo Vatanimizga sodiq bo’lgan holda ogoh bo’lib yashashingiz kerak.
Shundan so’ng “Shu aziz Vatan barchamizniki” qo’shig’i magnitofon lentasidan taraladi.
Humo qushi: Ming tasanno, aziz o’quvchilar! Men bu yerga kelib sizlarning ona-Vatanimizni qanchalik sevishlaringizni ko’rib nihoyatda xursand bo’ldim.
Bayram yakunida kuy qo’yiladi.

1.Sana: ____________________

Mavzu: Kirish suhbati. Til - ijtimoiy hodisa

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: O`quvchilar qalbida ona tiligaga muhabbat, hurmat tuyg’usini o’stirish;

d) rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ijodiy fikrlashga undash.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars usuli: Induktiv

Dars metodi: Savol-javob, aqliy hujum, blits so‘rov usuli

Dars jihozi :Darslik, tarqatma materiallar

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism




2

Takrorlash




3

Yangi mavzu bayoni




4

Yangi mavzuni mustahkamlash




5

O`quvchilarni baholash




6

Uyga vazifa




Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.IV sinfda o`tilgan mavzular yuzasidan suhbat .Yozgi ta`til va mustaqillik haqida suhbat savol-javob tarzida

1.Yozgi ta`tilni qanday o`tkazdingiz?

2. Mustaqilligimiz sururi yurtimiz bo`ylab kezayotgan bir paytda o`zingizni qanday his qilyapsiz?

3. Yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan e`tibor va imkoniyatlar haqida suhbatlashamiz

4.Siz yashayotgan qishloqda mustaqillik yillarida ro`y bergan o`zgarishlarni (yangi binolar, ishlab chiqarish firmasi, xususiy do`kon) sanab bering

5. “O`zbek tili tog`risidagi Qonun haqida nimalarni bilasiz? (1995 –yil, 21 dekabr, 24 –modda)

6. Mustaqilligimiz shiorini ingliz tilida ifodalaymiz

III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq. Ertalab turib ota-onangizga, oila a'zolaringizga nima deysiz? Ular bilan gaplashayotganda qaysi tildan foydalanasiz? Ona tili deyilishi sababini izohlang.

2-topshiriq. Nima uchun Rossiyada yoki Amerikada o'zbek tilida gapla- shishmaydi? Nega rus, ingliz, nemis, arab tillarini maxsus o'rganamiz? Shu til sohiblari qayerlarda yashashini ayting.

Yer yuzida tillar ko'p. Olimlarning hisob-kitobiga ko'ra ularning miqdori 3000 dan ortiq. Masalan: rus, ingliz, nemis, arab, fors, koreys va boshqa tillar. Tillarning barchasi insonlar o'rtasidagi aloqa- aralashuvni ta'minlash vazifasini bajaradi.

Rossiyada rus tilida, Fransiyada fransuz tilida, Eronda fors tilida gaplashishadi.

Har bir til asrlar davomida rivojlanib, boyib boradi. Jamiyatdan uzilgan, insonlarning o'zaro aloqasiga xizmat qilmaydigan til o'lik tildir.

Siz kitoblar, kinofilmlar orqali yovvoyi hayvonlar orasida o'sgan bolalar haqida ma'lumot olgansiz. O'shanda bir narsaga e'tibor berganmisiz? Bunday bolalar hayvoniy qiliqlarga ega bo'lib, eng muhim insoniy fazilatdan - so'zlashdan mahrum edilar.

Demak, til jamiyatga, ya'ni odamlarning o'zaro munosa-

batga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning

uchun u ijtimoiy hodisa sanaladi.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin o'zbek tilining ijtimoiy vazifalari yanada kengaydi.

1-mashq. Quyidagi so'zlarning o'zbek tilida paydo bo'lish sabablarini aniqlang.

Kollej, litsey, tadbirkor, fermer, tuman, viloyat.



2-mashq.Matnni o'qing va undagi g'oya haqida o'z fikringizni bayon qiling.

Podshoh bir kuni vazirlariga:

- Menga eng lazzatli taom pishirib keltiringlar, - dedi.

Vazirlar maslahatlashib unga til go'shtidan taom pishirib keldilar.

Taom podshohga ma'qul bo'ldi.

U: - Endi esa menga eng achchiq narsadan tayyorlangan ovqat olib kelinglar, - deb farmon berdi.

Bu gal ham unga til go'shtidan ovqat pishirib keldilar.

Podshohga topshiriqning ijrosi maqbul bo'ldi. Nima uchun?



3-mashq. Quyidagi maqollarni daftaringizga yozib oling va yodlang.

  1. Tig' yarasi bitadi, lekin til yarasi bitmaydi.

  2. Odobning boshi - til.

  3. Yaxshi so'z-jon ozig'i, yomon so'z - bosh qozig'i.

  4. Yaxshi so'z bilan ilon inidan chiqadi, yomon so'z bilan pichoq -qinidan.

  5. Til-dil kaliti.

4-mashq. Topishmoqlarning javobini toping. O'zingiz ham til, so'z, ilm, kitob haqida bilgan topishmoqlaringizni o'rtoqlaringizga aytib bering.

1. Tilsiz aql o'rgatar.

2. Og'izdan chiqquncha meniki, og'izdan chiqqani elniki.

3. Asaldan shirin, zahardan achchiq.

4. Temir qo'rg'on ichida qizil toychoq o'ynaydi.

5. Bir nafasda olamni kezar.



IV.Yangi mavzuni mustahkamlash .Savollarga javob bering

  1. Yer yuzidagi xalqlar nima uchun har xil tilda gaplashishadi?

  2. Til - ijtimoiy hodisa deganda nimani tushunasiz?

  3. Nima uchun yovvoyi hayvonlar ichida o'sgan bolalar gapira olmaydi?

  4. O'zbeklarning qayerlarda istiqomat qilishi haqida so'zlab bering.

  5. Ijtimoiy so'ziga izoh bering.

  6. O'zingiz o'rganayotgan xorijiy til haqida nimalarni bilasiz?

V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga vazifa.5-mashq. Bugungi ozod va obod hayotimiz haqida fikrlaringizni yozing.

2.Sana:______________________

Mavzu: O'zbek tili - davlat tili

a) ta`limiy: O`zbek tilining davlat tili ekanligi haqida ma`lumot berish;

b) tarbiyaviy: oʻquvchilarga Oʻzbekiston koʻp millatli davlat ekanligi va unda barcha millat xalqlari teng huquqliligi anglatish, oʻz ona tilida erkin soʻzlasha olish imkoniyatini kengaytirish;

d) rivojlantiruvchi: oʻquvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish, oʻz fikr – mulohazalarini erkin bildira olish malakasini shakllantirish.

Dars tipi :Yangi bilim beruvchi

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars usuli: Induktiv

Dars metodi: Savol-javob,Blits usuli, Venn diagramma

Dars jihozi :Darslik, tarqatma materiallar

Darsning shiori: Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. (I.A.Karimov)

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism




2

Takrorlash




3

Yangi mavzu bayoni




4

Yangi mavzuni mustahkamlash




5

O`quvchilarni baholash




6

Uyga vazifa




Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash Savollarga javob bering

1.Yer yuzidagi xalqlar nima uchun har xil tilda gaplashishadi?

2.Til - ijtimoiy hodisa deganda nimani tushunasiz?

3.Nima uchun yovvoyi hayvonlar ichida o'sgan bolalar gapira olmaydi?

4.O'zbeklarning qayerlarda istiqomat qilishi haqida so'zlab bering.

5.Ijtimoiy so'ziga izoh bering.

6.O'zingiz o'rganayotgan xorijiy til haqida nimalarni bilasiz?



III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq. Nima uchun ota, aka-uka yoki opa-singil tili emas, aynan onaga nisbat berib ona tili atamasidan foydalanamiz? Shu haqda bahs yuriting.

2-topshiriq. Siz yashayotgan yoki Sizga yaqin bo'lgan ko'cha, mahallaning 10-15 yil oldin qanday nom bilan yuritilganini eshitganmisiz? Agar farqlansa, buning sababini aytib bering.

1989-yilning 21-oktabr kuni o'zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Shundan boshlab ta'lim-tarbiya ishlari, majlislar, ish qog'ozlari, asosan, o'zbek tilida yuritiladigan bo'ldi.

Har bir millat o'z hayoti davomida aloqa-aralashuv quroli sifatida, asosan, bitta tildan foydalanadi. Farzandni tarbiyalab voyaga yetkazishda onaning o'rni beqiyos bo'lganligi, bola ilk tovushlarni, so'zlarni onasidan eshitganligi bois, bu tilga ona tili deyiladi.

Ota-bobolarimiz asrlar davomida ona tilimizni asrab-avaylab kelganlar.

Mustaqillik tufayli bu ish yanada jadallashdi.

Milliy qadriyatlarimizni, tariximizni o'rganish uchun keng yo'l ochildi.



6-mashq. Quyidagi hikmatli so'zlarni daftaringizga ko'chirib yozing. O'zingiz ham shunday misollar toping.

Ona tilim - jon-u dilim.

Ona tilim - jonimga masih.

Ona tilisini unutganlar xor bo'ladi.



7-mashq.She'rni o'qing va unda ilgari surilgan g'oyani aniqlang. Uning mustaqillik g'oyasiga birlashadigan jihatlari haqida gapiring.

Ona tilim - onajonim tili bu –

Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.

El-u yurtim, xonumonim tili bu,

Qadimlikda o'xshar ona tuproqqa.

(Mirtemir)

8-mashq.Berilgan rasm asosida «Ona-ulug' zot» mavzusida matn tuzing.

Tayanch so'zlar: ona, bola. chaqaloq, beshik,oila. Mehr. Vatan, munosib, farzand, ulg'aymoq, tarbiyalamoq, sevmoq, duosini olmoq, xizmat qilmoq, til, ona tili

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. Venn diagramma usuli orqali o’quvchilar til va nutqning o’xshash va farqli jihatlarini ajratishadi.

Til nutq

Savol va topshiriqlar

1.Ona tili deganda nimani tushunasiz?

2.O'zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan?

3.Tilimizda sodir bo'layotgan o'zgarishlar haqida nima deysiz?



V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga vazifa.9-mashq

Mustaqillik tufayli tilimizda sodir bo'layotgan o'zgarishlar haqida hikoya yozing.

3.Sana:____________________________

Mavzu: Ayrim unlilar imlosi

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: Ayrim unlilar imlosi bo`yicha o`tilganlarni takrorlash;

b) tarbiyaviy:O`quvchilar qalbida Vatanparvarlik, insonparvarlikga tuyg`usini shakllantirish;

d) rivojlantiruvchi: O’quvchilarda topqirlik, fikrlash, zukkolik fazilatini rivojlantirish

Dars turi : Takrorlash

Dars usuli: Aralash

Dars metodi: Savol –javob , aqliy hujum, tarmoqlar metodi

Dars jihozi : Darslik, kompyuter, slayd

Download 445.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling