Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya
Download 445.23 Kb.
|
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla
V.O`quvchilarni baholash VI.Uyga vazifa:42-mashq. Bor, yoq, dog', sir, tush so'zlari ishtirokida gaplar tuzing. Ularning matn ichidagi ma'nolarini izohlang. 9.Sana:__________________________ Mavzu: Zid ma`noli so`zlar Darsning maqsadi: a) ta`limiy: zid ma`noli so`zlar bo`yicha o`tilganlarni takrorlash b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish; d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash. Dars turi: takrorlash Dars usuli: induktiv Dars metodi: savol-javob, blits so’rov, tushunchalar tahlili Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar Darsning blok sxemasi
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism 1) salomlashish; 4) yangiliklar; 2) davomat; 5) uyga vazifa. 3) navbatchi hisoboti; II.Takrorlash 1. Shakldosh so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi? 2. Kul so'zining shakldoshlarini ayting. 3. Shakldosh so'zlarni qanday farqlash mumkin? III.Yangi mavzu bayoni 39-mashq. Gaplarni o'qing, zid ma'noli so'zlarni aniqlab, ularni izohlab bering. 1. Do'st achitib gapiradi, dushman - kuldirib. 2. Baxtiyor oqni qoradan ajratadigan bo'lib qoldi. 3. Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda. 40-mashq.
Egri -to'g'ri, baland-past, uzun-qisqa, achchiq - shirin, toza-kir. 41-mashq. Quyidagi so'zlarning zid ma'noli juftlarini topib, ular Ishtirokida so'z birikmalari tuzing va daftaringizga yozing. Oz-..., qalin-..., ulkan-..., keng-..., tinchlik-..., yer-..., kun-... IV.Yangi mavzuni mustahkamlash “Tushunchalar tahlili” metodi orqali mavzu mustahkamlanadi.
“Blits – so’rov” usuli asosida o’tilgan mavzular yuzasidan o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikmalari tekshiriladi. Unda o’qituvchi tomonidan tushunchalar berilgan bo’lib, o’quvchi uni tahlil qilishi kerak. Bu usul vositasida bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarning mavzularni o’zlashtirganlik darajasi aniqlanadi. “Blits-so’rov” savollari.
Savol va topshiriqlar Takrorlash uchun savollar 1.Zid ma'noli so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi? 2.Do'st so'zi nima uchun yov, g'anim emas, ko'proq dushman so'ziga zid qo'yiladi? V.O`quvchilarni baholash VI.Uyga vazifa 42-mashq. Maqollarni o'qing. Shunga o'xshash maqollar topib, daftaringizga ko'chiring. l.Aqlli uzoqni ko'zlar, aqlsiz yaqinni. 2.Tinchlik urushni yengar. To'g'ri oshini yeydi, egri - boshini. 4. Baxil topsa, bosib yer, saxiy topsa, hamma yer. 5.Ko'p o'yla, oz so'yla. 10.Sana:__________________________ Mavzu: Qo`shma so`zlar imlosi Darsning maqsadi: a) ta`limiy: qo`shma so`zlar imlosi bo`yicha o`tilganlarni takrorlash b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish; d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash. Dars turi: takrorlash Dars usuli: induktiv Dars metodi: savol-javob, „Manzilga kim birinchi yetadi?“ o‘yini Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar Darsning blok sxemasi
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism 1) salomlashish; 4) yangiliklar; 2) davomat; 5) uyga vazifa. 3) navbatchi hisoboti; II.Takrorlash 1.Zid ma'noli so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi? 2.Do'st so'zi nima uchun yov, g'anim emas, ko'proq dushman so'ziga zid qo'yiladi? III.Yangi mavzu bayoni 43-mashq. O'qing. Qo'shma so'zlarni aniqlab, yozilishiga diqqat qiling. Respublikamizda uzluksiz ta'lim tizimi joriy qilindi. Uning bosh maqsadi chuqur bilimli, yuksak ma'naviyatli, hozirjavob yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Mehmondo'st, mehnatsevar, bolajon xalqimizga mos bo'lgan sofdil, mard va dovyurak, dono yoshlar kelajak poydevoridir. Mashqdagi qo`shma so`zlar hozirjavob ,mehmondo`st ,mehnatsevar ,sofdil ,dovyurak ,poydevor 44-mashq. Matnni o'qing. Qo'shma so'zlarni ajratib, daftaringizga ko'chirib yozing, ularning ma'nosini aytib bering. Ochildimi boychechak, Endi har yon gul demak. (Shukur Sa'dulla) Bu shaharning oti Ko'kterak ekan. (G'afur Gulom) 3. Bir kuni Oqiljonning dadasi uch-to'rt tup atirgul ko'chati ko'tarib keldi. (Farhod Musajon) 4. Onasi: -To'polon qilmay o'tiringlar, agar yaxshi bola bo'lib o'tirsanglar, ikkalovingga xo'rozqand olib kelib beraman, deb tayinlab ketdi. (Karim Rahim) Mashqdagi qo`shma so`zlar boychechak ,Ko`kterak , atirgul ,xo`rozqand 45-mashq. Shirin, umum, xush, qora, oq, katta, uch, to'qqiz so'zlarini ishtirok ettirib, qo'shma so'zlar tuzing. Namuna: shirinso'z, shirinzabon, shirintomoq. 46-mashq. «Manzilga kim birinchi yetadi?» o'yinini tashkil qilinadi. Buning uchun uch guruhga bo'linib, sinf taxtasiga har bir guruhdan bittadan vakil chiqariladi. Ular qo'shma so'zlarga 7 tadan misol yozadilar. Kim birinchi bo'lib topshiriqni bajarsa, o'sha g'olib chiqqan bo'ladi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Takrorlash uchun savollar 1. Qo'shma so'zlar nechta so'zdan tashkil topgan bo'ladi? 2. Qo'shma so'zlar qanday yoziladi? 3.Balandparvoz so'zini ajratib, har bir so'zga alohida izoh beringl 4.Uchta so'zdan ham qo'shma so'z yasaladimi?
1. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning katta boyligidir. (I.Karimov) 2.Temur dushmanlariga ofat keltiruvchi, askar-u lashkarboshilariga qattiqqo'l, xalqiga esa saxovatli ota kabi edi. (Sharafiddin Ali Yazdiy) 3.Mana, qishlog'imizning nomini olaylik. Bir zamonlar uni Mingchinor deb atashgan. Oq laylaklar qishlog'imiz chinorlariga in qo'yib ko'payib ketgach, Mingchinorni unutib, Laylakxona deb nom berishgan. (S. Barnoyev) 11.Sana:__________________________ Mavzu: Juft so`zlar imlosi Darsning maqsadi: a) ta`limiy: Juft so`zlar imlosi bo`yicha o`tilganlarni takrorlash b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish; d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash. Dars turi: takrorlash Dars usuli: induktiv Dars metodi: savol-javob, „Xato toping“ o’yini, Venn diagrammasi Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar Darsning blok sxemasi
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism 1) salomlashish; 4) yangiliklar; 2) davomat; 5) uyga vazifa. 3) navbatchi hisoboti; II.Takrorlash 1. Qo'shma so'zlar nechta so'zdan tashkil topgan bo'ladi? 2. Qo'shma so'zlar qanday yoziladi? 3.Balandparvoz so'zini ajratib, har bir so'zga alohida izoh beringl 4.Uchta so'zdan ham qo'shma so'z yasaladimi?
Dono xalqimiz, g'araz va hasad bilan yashaydigan, o'z shaxsiy manfaatiga o'zgalar hisobidan erishishni ma'qul ko'radigan, faqat o'zini o'ylaydigan kimsadan o'zi asrasin, deydi. Bag'rikeng, halol-pok, vijdonli, mehr-oqibatli, el-yurtning g'am-u tashvishi bilan yashaydigan kishilarni esa, aksincha, boshiga ko'taradi va bunday odamlar jamiyat inmonidan qadr-qimmat, hurmat-e'tibor topadi. Mashqdagi juft so`zlar halol –pok, mehr –oqibatli ,el –yurt ,g`am –tashvish, qadr –qimmat, hurmat –e`tibor 49-mashq. «Xato toping» o'yinini tashkil qiling. Quyida berilgan noto'g'ri so'zlarni, to'g'rilab yozing, ular ishtirokida gaplar tuzing.
Kuch - farosat, ko'cha - tomosha, aql - so'z, egri - dushman, gap - qudrat, yaxshi – bugri to'y - ko'y, do'st-u - yomon, baxt - xayol, o'y - saodat. 50-mashq. Juft so'zlarning tushirib qoldirilgan qismini topib, daftaringizga ko'chirib yozing. Kasb -... kollejlari yangi tipdagi o'quv dargohi sanaladi. Mamlakatimizda tinchlik -...ning hukm surayotgani bizning baxtimizdir. El-… manfaati uchun kurashish hammaning burchidir. Insonlarning aql -..., fe'l-..., ma'naviy-... kamoloti mamlakat taraqqiyotini belgilaydi. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Juft so`zlar qo`shma so`zlar Savol va topshiriqlar Takrorlash uchun savollar 1. Juft so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi? 2.Juft so'zlarga misollar ayting. 3.Juft so'zlar qanday yoziladi? Download 445.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling