Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 445.23 Kb.
bet5/14
Sana11.12.2020
Hajmi445.23 Kb.
#164956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla


V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga vazifa:

51-mashq. Juft so'zlar ishtirok etgan gaplar tuzing, ulurning yozilishiga diqqat qiling.



Namuna: O'g'il-qizlarimiz jahondagi boshqa millat vakillaridan qolishmaydigan bo'lsin.
12.Sana:__________________________

Mavzu: Darak, so`roq , buyruq va his –hayajon gaplarda tinish belgilari

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: Darak, so`roq , buyruq va his –hayajon gaplarda tinish belgilari mavzusi bo`yicha o`tilganlarni takrorlash

b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;

d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.

Dars turi: takrorlash

Dars usuli: induktiv

Dars metodi: savol-javob, zigzag metodi, „Auksion“ (kim oshdi savdosi) o’yini, „O’z o’rningni top“ metodi

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, kompyuter, proyektor
Darsning bDarsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.Takrorlash

1. Juft so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?

2.Juft so'zlarga misollar ayting.

3.Juft so'zlar qanday yoziladi?



III.Yangi mavzu bayoni

52-mashq.Matnni o'qing. Gaplarning oxiriga kerakli tinish belgilarini qo'yib daftaringizga ko'chiring.

Tog'ga ham chiqamizmi () dedi Feruza quvonchidan qichqirib () Zuhra Feruzaning qolidan ushlab yo'l boshlagan edi, oyisi tayinladi () Yalpiz ham terib kelinglar () Feruza yalpizni hech ko'rmagan edi

( ) - Nima, yalpiz, ham gulmi ( ) deb so'radi ( ) - Voy, yalpizni bilmaysanmi () Fotima hayron bo'ldi () Yalpiz o't-da ()

(0` Hoshimov)

53-mashq. Rasm asosida «Bolalikning beg'ubor tongi» mavzusii og'zaki matn tuzing. Unda darak, so'roq, buyruq va his-hayajon gaplard foydalaning.

Tayanch so'zlar: o'g'il, qiz, baxtli, gul, kapalak, varrak, chamanzor, mehribon, g'amxo'rlik, o'ynamoq, yugurmoq, maza qilmoq, xursand bo'lmoq



54-mashq. His-hayajon gaplarni topib, ularning oxirida nima sababdan undov belgisining ishlatilayotganini tushuntirib bering.

Achchiq savol berib, shirin javob kutma! Bugungi ishni ertaga qo'yma! Ma'rifatli, yuksak didli bolalardan kelajakda ulug' insonlar yetishib chiqsa ne ajab!

Kelishning ketishi bordir dunyoda,

So'zingni ezgu qil - umring ziyoda!



(Yusuf Xos Hojib)

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash



Takrorlash uchun savollar

1.«O'zbekiston - mustaqil davlat». Bu gapning oxirida nima uchun nuqta ishlatiladi?

2.So'roq belgisining ishlatilishiga misollar keltiring.

3.Undov belgisi qanday gaplarda ishlatiladi?



V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga vazifa

5-mashq. Rivoyatni o'qib, undagi mazmun haqida o`ylang. Fikrlaringizni daftarga yozib keling.

Aytishlaricha, ikki qo'shni bir parcha yerni talashib qolishibdi.

- Bu yer meniki! - debdi biri.

-Yo'q! Bu yer meniki! - debdi ikkinchisi.

Shunda yerdan sado chiqib:

-Ikkoving ham meniki! - debdi.

Shu sado tufayli ikki qo'shni murosaga kelib, yarashishibdi.



(Rivoyat)


13.Sana :_______________________________________________________

Sinf:________________________________________________________

Fan:________________________________________________________

Mavzu:______________________________________________________

Darsning maqsadlari:

a)__________________________________________________________

b)__________________________________________________________

d)__________________________________________________________

Dars turi: ___________________________________________________

Dars metodi: ________________________________________________

Dars jihozi: _________________________________________________

Darsning blok sxemasi

Dars etaplari

Reglament

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Matn mavzusini e`lon qilish

1 daqiqa

3

Matn haqida qisqacha suhbat

2 daqiqa

4

Matn yozishga oid yo`l-yo`riqlar

3 daqiqa

5

Matnni yozish

32 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

II.Matn mavzusini e`lon qilish_______________________________________________

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



III. Matn haqida qisqacha suhbat

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


IV. Matn yozishga oid yo`l-yo`riqlar

_____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

V. Taxminiy matn
O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN
Vatan deganda biz faqat yurtimiz tuprog‘ini emas, balki uning zaminida bo‘y ko‘rsatgan giyohdan tortib daryo-yu soylari va tog‘-u toshlarigacha, kamtar, mehnatkash, fidoyi, mard odamlaridan to eng mitti jonivorlarigacha o‘zimiz tug‘ilib, unib-o‘sgan makon bilan bog‘liq narsalarning barchasini tushunamiz. Vatan tuprog‘idagi oddiy xas ham, chag‘ir tosh ham bizga muqaddas bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etgan, qayga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olgan, uni yot narsalardan, shum niyatlardan himoya qilgan.

Har bir insonning vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas makon hisoblanadi. Shuning uhcun shoirlarimiz ona yurtimiz- O‘zbekistonimizni olamda tengi yo‘q yagona diyor sifatida kuylaydi.



Vatan ozod va mustaqil bo‘lsa, uning bag‘ri jannat bog‘laridek fayzli, odamlari baxtli bo‘ladi. Shuning uchun Vatanning ozodligi va mustaqilligi uning har bir farzandi uchun jon kabi aziz va muqaddasdir. Inson uchun ona yagona bo‘lgani kabi, Vatan ham yagonadir. Shu bois vatanparvarlik oliy fazilat sanaladi, Vatanga xoinlik esa hech qachon kechirilmaydi.

VI.Uyga vazifa:

14.Sana:__________________________

Mavzu: Sintaksis va Punktuatsiya

Darsning maqsadlari:

a) ta`limiy: Sintaksis va Punktuatsiya haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;

d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: savol-javob, bahs-munozara

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash

Savollarga javob bering

1.«O'zbekiston - mustaqil davlat». Bu gapning oxirida nima uchun nuqta ishlatiladi?

2.So'roq belgisining ishlatilishiga misollar keltiring.

3.Undov belgisi qanday gaplarda ishlatiladi?



III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq. Quyidagi so'zlarni bir-biriga bog'lab gap tuzing.

O'zbekistoi buyuk, kelajak, davlat. Gap tuzish uchun nimalar qilganingizni ayting.



2-topshiriq. Yaxshi, kitob o'qi. Yaxshi kitob o'qi.

Yuqoridagi jumlalar bir-biridan nimasi bilan farq qilayotganini ayting. Tinish belgisining fikrni to'g'ri ifodalashdagi ahamiyatini tushuntiring.

Ma'lum bir fikrni ifodalash uchun so'zlarni tilimizning muayyan qoidalari asosida bir-biriga bog'lab, gap tuzamiz.

So'zlarning bir-biriga bog'lanishi, gap va uning turlarini o'rgatadigan tilshunoslik bo'limiga sintaksis, tinish belgilari va ularni yozma nutqda to'g'ri qo'llash yo'1-yo'riqlarini o'rgatuvchi tilshunoslik bo'limiga esa punktuatsiya deyiladi.
56-mashq. Gaplarni o'qing. Tinish belgisi bilan bog'liq holda gaplar ma'nosidagi farqni tushuntiring.



T/r







1.

Bu gaping yomon, bo'lmadi.

Bu gaping yomon bo'lmadi.

2.

Sen katta, bola emassan.

Sen katta bola emassan.

3.

Ona aziz, farzandiga yelni ham ravo ko'rmaydi.

Ona aziz farzandiga yelni ham ravo ko'rmaydi.

4.

To'g'ri, yo'llarda ham mashaqqat bor.

To'g'ri yo'llarda ham mashaqqat bor.


58-mashq.

Maktabdagi hayotingiz bilan bog'liq 4 ta gap tuzing. Gapdagi so'zlarning o'zagini aniqlang. So'zlar gapda nimalar yordamida bog`lana yotganini tushuntiring. Gap bo'laklarining joylashishiga diqqat qiling.


58-mashq. Berilgan gaplarning ma'nosini tinish belgisini qo'yish bilan o'zgartiring. Har bir gapni o'zgarguncha va o'zgargandan keyin o'qing hamda ohangiga e'tibor qarating.


T/r







1

Sobir akam keldi.

Sobir, akam keldi.

2

Yaxshi bolalar vaqtini bekor o'tkazmaydi.

Yaxshi, bolalar vaqtini bekor o'tkazmaydi.

3

Xona katta kishilarga yoqdi.

Xona katta, kishilarga yoqdi.

4

Akam kecha kelgan mehmonlarni o'zi kutib oldi.

Akam kecha kelgan, mehmonlarni o'zi kutib oldi.

5

Gullar chiroyli stolni bezab turibdi.

Gullar chiroyli, stolni bezab turibdi.

6

Ajdodlarimiz ulug` temuiylaga borib tutashadi.

Ajdodlarimiz ulug`, temuriylaga borib tutashadi.


59-mashq.Gaplar tuzing, vergulni o'zgartirish orqali yangi gaplar hosil qiling

Namuna: Havo sovuq emas, issiq. Havo sovuq, emas issiq.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar

1.Sintaksis nimani o'rganadi?

2. Punktuatsiya tilshunoslikning qanday bo'limi?

3. Sport, tinchlik, elchi so'zlarini bog'lab, gap tuzing. Qanday tinish belgilaridan foydalanganingiz sababini ayting.

V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga topshiriq. 60-mashq

«Saxiy kuz keldi» mavzusida kichik hikoya tuzing. Unda ishlatilgan tinish belgilarini izohlang.



15.Sana:__________________________

Mavzu: Gap

Darsning maqsadlari:

a) ta`limiy: Gap haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;

d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: savol-javob, bahs-munozara

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

1

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash

1.Sintaksis nimani o'rganadi?

2. Punktuatsiya tilshunoslikning qanday bo'limi?

3. Sport, tinchlik, elchi so'zlarini bog'lab, gap tuzing. Qanday tinish belgilaridan foydalanganingiz sababini ayting.



III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq.

1. Gulzor, gul, ter. 2. Gulzordan gul teraman.

Birinchi qatordagi uchta so'z bilan ikkinchi qatordagi so'zlar nimasi bilan faq qilishini ayting.

2- topshiriq. Vatanni sevish to'g'risida maqol ayting. Tarkibida nechta so`z borligini aniqlang.

Siz yangi bir ertakni eshitdingiz. Uni o'rtoqlaringizga aytib bermoqchisiz. Ana shunda nima qilasiz? O'zingiz mansub bo'lgan tilning qonun-qoidalari asosida so'zlarni qo'shib hosil qilingan gaplardan foydalanasiz. Demak, nutqimiz gaplardan iborat bo'ladi. Masalan: 1.Baliqchi chol oltin baliq ushlab olibdi. 2. Sevinibdi. Bularning har ikkisi gap, lekin birinchisi bir necha so'zdan, ikkinchisi esa faqat bitta so`zdan tashkil topgan. Ularning har ikkisi uchun muhim narsa kesimning mavjudligi, tugallangan ohang bilan aytilishi va fikr ifodalashidir.Ana shu belgisi bilan gap so'z va so'z birikmasidan farq qiladi.



Ohang va fikr tugalligiga ega bo'lib, kesimlik shakllari orqali ifodalanuvchi so'z va so'zlar qo'shilmasiga gap deyiladi.

Masalan: Vohid o'rnidan turdi(0. Yoqubov). Yurtimiz qanday chiroyli!

Yozuvda gap oxiriga nuqta, so'roq yoki undov belgilaridan biri qo'yiladi va har bir gap bosh harf bilan boshlanadi.

Download 445.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling