Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Bir xil so'roqqa javob bo'lib, bir xil vazifada keladigan


Download 445.23 Kb.
bet14/14
Sana11.12.2020
Hajmi445.23 Kb.
#164956
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla


Bir xil so'roqqa javob bo'lib, bir xil vazifada keladigan so'zlarga uyushiq bo'laklar deyiladi. Masalan: Dadam, oyim va men (kim) hayvonot bog'iga bordik.

Sanash ohangi yordamida bog'langan uyushiq bo'laklar bir-biridan vergul bilan ajratiladi.

164-mashq. Matnni o'qing va uyushiq bo'laklarning o'qilish ohangiga e'tibor qarating.

Igna-bigiz sotuvchi, Jayraga qon tortuvchi,

O'lja poylab yotuvchi Tipratikanga salom.

Jirafa-yu Bo'taloq, Zebra, Maymun, Ot, Uloq,

To'q Yo'lbars-u och Timsoh, ayyor Qoplonga salom.

Bulbul kabi izillar, tog'-toshlarda g'izillar,

Yirtqichlardan bezillar do'stim Jayronga salom. (Anvar Obidjon)

1-topshiriq. Jayra, Tipratikan, Jirafa, Bo'taloq, Zebra, Maymun, Ot, Uloq, Yo'lbars, Timsoh, Qoplon, Bulbul, Jayron so'zlarini izohlab bering.

2-topshiriq. Uyushiq bo'laklarini o'zlari bog'langan so'zlar bilan birga ko`chiring. Har biriga so'roq bering. Tinish belgilarini izohlang.

165-mashq. Qavs ichidagi so'roqlarga uyushiq bo'laklari bilan javob berib, tinish belgilarini qo'ying. Qaysi bo'laklar uyushib kelayotganini aniqlang.

1. (Nimalar?) barg yozsin deb suv quydi. (Ilyos Muslim) 2. Qo'shni bog'dagi (qanday?) gul tepasida bulbul sayrab turibdi. (Hakim Nazir) 3. (qayerlarda?) bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. 4. Vatan obro'sini ko'targan (kimlarni?) olqishlaymiz. (Matbuotdan)



l66-mashq. Nuqtalar o'rniga bilan, va, -u, -yu bog'lovchi vositalarini qo'yib, gaplarni ko'chiring, uyushiq bo'laklarining tagiga chizing.

t/r

Uyushiq bo’lakli gaplar

Uyushiq bo’lakli gapni hosil qiluvchi vositalar

1

Shijoat deb botir… yurakli bo’lmakni aytilur.




2

Sabr… bardosh tangridan, shoshqaloqlik esa shaytondandir.




3

Safar qilinglar, sog’lom, rizq… nasibali bo’lasiz.




4

Yashnagay to abad ilm .. fan, ijod.





IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar bilan ishlash. Tezkor savollar orqali mavzu mustahkamlanadi.

1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?

2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?

3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?



V.O`quvchilarni baholash

VI.Uvga topshiriq. 167-mashq. O'zbekiston Respublikasi Madhiyasidagi uyushiq bo'lakli misralarni topib, daftaringizga ko'chiring.
Ko’rildi: 24.10.2017

Xolbekova D.M

47.Sana:__________________________

Mavzu: Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi so`zlar va ularda tinish belgilarning ishlatilishi

Darsning maqsadlari:

a) ta`limiy: Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi so`zlar va ularda tinish belgilarning ishlatilishi haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: savol-javob,aqliy hujum, test, “O’yla, izla, top” metodi

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

12

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

18

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash. “Aqliy hujum” metodi orqali o’tilgan mavzu so’raladi.

1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?

2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?

3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?



III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq.O'zbekistondagi yirik shaharlarni sanab, gap ichida keltiring. Sanalayotgan bo'laklar orasiga qanday tinish belgisi qo'yganingizni ayting.



2-topshiriq.Sizda qanday qishki liboslar borligini sanab, gap tuzing.

Sanalayotgan bo'laklar ma'nosini jamlab ifodalagan so`zga umumlashtiruvchi so'z deyiladi.

Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so'z bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga ikki uuqla (:) qo'yiladi.

Ma sal an: Bog'imizda mevalar: olma, o'rik, shaftolilar bor.

Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'lakdan keyin kelsa, uyushiq bo`lak va umumlashtiruvchi so'z o'rtasiga tire (-) qo'yiladi.

Masalan: Kutubxonamizda Abdulla Oripov, Erkin Vohidov,Usmon Azimov - barcha taniqli shoirlarning asarlari bor.

168-mashq. Matnni o'qib, mazmunini sharhlab bering. Uyushiq bo`laklar va umumlashtiruvchi so'zni topib, izohlang.

Bir g'oz suvda suzib yurib, o'ziga o'zi maqtandi:

Olamda men kabi iqtidorli bo'lmasa kerak. Menda uch hunar: yugurish, suzish, uchish bor. Shuning uchun yer, suv, havo - uch makon mening izmimda. Bir o'zimda uch qobiliyat mujassam!

G'ozning bu so'zlarini eshitib turgan Qurbaqa dedi: Birodar, muncha maqtanmasang ham bo'lar edi. Sen aytayotgan qobiliyat uch jonivorning: kiyikning, baliqning, lochinning ishidir. Valekin kiyikdek yugurolmaysan, suvda baliqdek suzolmaysan, havoda lochindek ucholmaysan, chala-chulpa uch hunarni bilguncha, birini yaxshilab bilganing yaxshi edi. (Abdulla Avloniy)



169-mashq.Umumlashtiruvchi bo`laklarni topib, tinish belgilarining ishlatilishini tushuntiring.

1 Yaxshi xulqlar: diyonat, qanoat, shijoat, vijdon, Vatanni suymak va boshqalar insonni ulug'laydi. (Abdulla Avloniy) 2. G'azab, jaholat, jaholat , g'iybat, tama, zulm-yomon xulqlar kishini tubanlik qa'riga tashlaydi. (Abdulla Avloniy) 3. Quyosh, havo, suv-hammasi bizning eng qadrli do'stimiz.

170-mashq. Uyushiq bo'laklardan avval yoki keyin umumlashtiruvchi so'z qo'yib gaplarni ko'chiring. “O’yla, izla, top” metodi orqali mashq bajariladi.


T/r

Uyshiq bo’lakli gaplar

Umumlashtiruvchi so’z

1

Hademay, o’rik, shaftolilar gulag kiradi.




2

Mehnatda, ijodda, san’atda, fanda kattadir yoshlarning qo’shgan hissasi.




3

Kishilar, xotinlar, bolalar vagon bo’ylab chopdilar.




4

Qumri, sa’va, mayna va boshqalar bor.





IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar bilan ishlash

1. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?

2. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?

3.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?

4.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?

5.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?



V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga topshiriq.171-mashq.O'zingiz qatnashgan bayram, to'y kechalarni tasvirlab hikoyacha tuzing. Unda uyushiq bo'lak umumlashtiruvchi so'z ishtirok etsin.

Ko’rildi: 24.10.2017

Xolbekova D.M

48.Sana:__25.10.2017________________________

Mavzu: Undalmali gaplar

Darsning maqsadlari:

a) ta`limiy: Undalmali gaplar haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ona – tilga muhabbat tuyg’usida tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: savol-javob, aqliy hujum, test, “Kim chaqqon?” usuli

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

12

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

18

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash. “Aqliy hujum” metodi orqali o’tilgan mavzu so’raladi.

1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?

2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?

3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?

4. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?

5. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?



III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq.Quyida berilgan gaplarni o'qing. Ularning bir-biridan farqini aytib bering.

1. Siz qanchalar go'zalsiz! 2. Tog`lar, siz qanchalar go'zalsiz!

2-topshiriq.Suhbatdoshingiz diqqatini o'zingizga jalb qilish uchun qanday so`zlardan

foydalanganingizni ayting. Yozuvda bu so'zlardan so`ng qaysi tinish belgisi qo'yilishini tushuntiring.



So'zlovchining fikri qaratilgan shaxs yoki narsalar bildiruvchi so'z va so'zlar birikmasiga undalma deyiladi

Masal an: Yurtim, senga she'r bitdim bugun. (A. Oripov)

Undalmalar bitta yoki bir nechta so'zdan iborat bo'ladi. Masalan: Qizim, yalpiz terib kelsang-chi. (H. Raimova) Qadrli bolalar, kelajak siznikidir.

172-mashq. Dialogni o'qing. Undalmalarning ohangiga e'tibor bering. Birinchi undalmadan keyin ifodalangan egani qo'yib, gapni ko'chiring.

Bir bola qo'shnining uyiga o'ralgan bir idishda taom olib edi. Bir kishi uchrab:

- Ey o'g'lim, idishda nima olib borursan? - dedi.

-Ey otajon! Idish ichidagi narsani birovga aytmoq va ko'rsatmoq mumkin bo'lsa edi, usti o'ralmagan, ochiq bo`lar edi,-deb javob berdi aqlli bola. (Abdulla Avloniy)



173-mashq. O'qing. Avval undalmasiz ega ishtirok etgan gaplarni so'ngra ham ega, ham undalma mavjud bo'lgan gaplarni ko'chiring.

1. Quyosh, nuring to'kaver mo'l-ko`l ! (Oybek) 2. Bobo, tog`da arslon bo'ladimi? (Yusuf Shomansur) 3. Soliyaxon qayerlik o`zi?(S.Zunnunova) 4. Go'zal Bahor! Sen munchalar maftunkorsan!



174-mashq. Berilgan gaplardagi egalarni undalmaga aylantirib ko`chiring. Ega bilan undalmaning farqini tushuntiring. Bu mashqimizda ”Kim chaqqon?” usulidan foydalanamiz. Bunda o’quvchilar berilgan gaplarni undalmali gapga aylantirib yozishi kerak.



T/r

Undalmasiz gaplar

Undalmali gaplar

1.

Bolalar atrofni to’yib-to’yib tomosha qilishar edi.




2.

Buvam bo’lsa qari tutni sira-sira kestirmaydilar.




3.

Chol yo’l boshladi.




4.

Ona – uyimiz obodligidir.





IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar

1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?

2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?

3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?

4. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?

5. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?

6.Undalma deb nimaga aytiladi?

7.Bitta so'zdan iborat bo'lgan undalmalarga misollar ayting.



8.Undalmalar ikki va undan ortiq so'zdan ham tashkil topadimi?

V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga topshiriq. 175-mashq. To'rtta gap tuzing. Bunda ustoz so'zi birinchi gapda ega, ikkinchi gapda to`ldiruvchi, uchinchi gapda aniqlovchi, to`rtinchi gapda undalma bo`lib kelsin.


Ko’rildi: 25.10.2017

Xolbekova D.M


49.Sana:__27.10.2017________________________

Mavzu: Undalmali gaplarda tinish belgilari

Darsning maqsadlari

a) ta`limiy: Undalmali gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish, fikrlash doirasini kengaytirish

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: savol-javob, aqliy hujum, test

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

12

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

18

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash. “Aqliy hujum” metodi orqali o’tilgan mavzu so’raladi.

1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?

2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?

3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?

4. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?

5. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?

6.Undalma deb nimaga aytiladi?

7.Bitta so'zdan iborat bo'lgan undalmalarga misollar ayting.

8.Undalmalar ikki va undan ortiq so'zdan ham tashkil topadimi?

III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq. Quyidagi gapda undalmadan so'ng vergul yoki undov belgisi qo`yib ko'chiring. Uning gap ma'nosiga ta'siri bormi-yo'qmi?

Mana, opa, gunafsha...

Mana, opa! Gunafsha. (Zafar Diyor)



2-topshiriq.Ukajon so'zini gapning boshida, o'rtasida va oxirida ishlatib ko'ring. Gapda qanday o'zgarish bo'layotganini aniqlang.

Ukajon,uy vazifasini tayyorlab bo'ldingmi?



Undalmalar gapning boshida, o'rtasida va oxirida ishlatiladi.

Masal an:1. Navbahorim, o'zing ayt... O'zing, navbahorim,ayt .O'zing ayt, navbahorim. (Quddus Muhammadiy)

Undalmalar gapning qayerida kelishidan qat'i nazar boshqa bo'laklardan vergul bilan ajratiladi. Tahlilda uning ostiga ikkita to'lqinli chiziq chiziladi.

Masalan: Sen, Murod, nega indamaysan?

Undalmalar his-hayajon bilan aytilsa, ulardan so'ng undov belgisi qo'yiladi. Masalan: Men sizni quyosh deb atayman,

176-mashq. Matnni o'qing. Undalmalarni topib izohlang, tinish belgilariga diqqat qiling.

Bir bola ko'chada yig'lab o'tirar edi. O'tib ketayotgan kishilardan biri: «O`g'lim, sanga nima bo'ldi? Nega muncha yig'laysan?» - deb so`radi. Bola: «Bir tiyin aqcham bor edi, yo'qotib qo'ydim. Shuning uchun yig'layapman»,-dedi. U kishining bolaga rahmi kelib, «Mana, o'g'lim, aqchang yo'qolgan bo'lsa, man sanga boshqasini beraman»,- deb cho'ntagidan bir tiyin aqcha chiqarib berdi. Bola aqchani olib yana avvalgidan ortiq yig'lamoqqa boshladi. U kishi: «Yana nimaga yig'laysan?»-desa, bola: «Oh, otajon! Agar o'z aqcham yo'qolmagan bo`lsa edi, hozir aqcham ikki tiyin bo`lar edi», -dedi.

Ko'zing och bo'lmasin, o'g'lim, ko'zing och,

Qanoatsiz kishini uxlatib qoch. (Abdulla Avloniy)



1-topshiriq. Matnga sarlavha toping. Unda qanday ibratli fikr ifodalangan deb o'ylaysiz?

2-topshiriq. Matn oxirida berilgan baytning birinchi misrasida «ko'zing och" birikmasi ikki marta qo'llangan. Ular orasidagi ma'no farqini tushuntiring.

177-mashq. Undalmalar gapning qaysi o'rnida kelayotganligign e`tibor bering, tinish belgilarining ishlatilishini tushuntiring.

1.Do'stim, biror narsaga muhtoj bo'lsang, yashirma. (Ertakdan)2.Xush kelibsizlar, qo'noqlar, poyqadamingizga hasanot. (Mirkarim Osim)3. Biror boshqa kasb qilsang bo'lmaydimi, bolam. (G'afur G'ulom Bilasan-ku, jon bolam, kam uyqu bo'lib qolganman.(O'.Hoshimov)



178- mashq. Tushirilgan tinish belgilarini qo'yib, gaplarni ko'chiring.

1.Nima qilmoqchisan o'g'lim? 2. Voy-voy Maynaxon uyingizni yig`istirib olsangiz bo'lmaydimi? (Z. Ibrohimova) 3. Qizil shapkacha qayoqqa ketyapsan? - debdi Bo'ri. (Sharl Perro) 4. Hoy qizim xafa bo`lma. (L. Mahmudov). 5. Bulbul sening makoning shu yerda odamlar orasida bo'lsin. (Rivoyatdan)



179-mashq. Gaplardagi undalmalarni toping, tinish belgilarining ishlatilishini tushuntiring.

1. Qorbobojon, qorbobo, tinglang bir so'z bor, bobo. (Qudrat Ibimi) 2. Oyim xursand bo'lganidan: - Barakalla, qo'zim! - deb yelkamga qoqib qo'ydi. (Hakim Nazir)3. Dadasi: -Qani, o'g'lim, qarashib yubor, gul ekamiz, - dedi. (Farhod Musajon)



IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar bilan ishlash

1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?

2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?

3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?

4. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?

5. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?



6.Undalma deb nimaga aytiladi?

V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga topshiriq 180-mashq. Yaqinlaringizga xat yozing. Unda qadrli, hurmatli, aziz, mehribon kabi so'zlar bilan kelgan undalmalarni qo'llang.

Ko’rildi: 27.10.2017

Xolbekova D.M

50.Sana:__30.10.2017_______________________

Mavzu: 6-nazorat ishi

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: o`quvchilar egallagan bkmlarni nazorat qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ezgulikka muhabbat uyg`otish;

d) rivojlantiruvchi: og`zaki nutqini rivojlantirish, fikrlash doirasini kengaytirish.

Dars tipi : Nazorat

Nazorat turi: Test

Test miqdori : 20 ta

Tekshiriladigan bkmlar soni : 20 ta

Reglament : 45 daqiqa

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Nazorat turi bilan tanishtirish

4

3

Nazoratga qo`yilgan talablar bilan tanishtirish

12

4

Nazorat

20

5

O`quvchilarni baholash

5

6

Uyga vazifa

2

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.Nazorat turi bilan tanishtirish

__O’qituvchi tomonidan o’quvchilarga nazorat turi tushuntiriladi.



III.Nazoratga qo`yilgan talablar bilan tanishtirish

___O’qituvchi o’quvchilarni nazoratga qo’yilgan talablar bilan tanishtiradi. Ya’ni nazorat testini ishlagandan so’ng ustidan bo’yab boshqa variant yozilsa, xato hisoblanadi. 20 ta testni 20 daqiqa ichida o’quvchilar ishlab topshirishi kerak, ya’ni har bir test uchun 1 daqiqadan vaqt ajratiladi.



IV.Nazorat: TEST

1. Til nega ijtimoiy hodisa hisoblanadi?

1)til jamiyatga xizmat qiladi;

2)til odamlarning o'zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi;

3)tilni bir shaxs yaratgani uchun ijtimoiy hodisa hisoblanadi;

A) 2 va 3 B) 2 C) 1 va 3 D) 1 va 2



2.Tinish belgilari va ularni yozma nutqda to'g'ri qo'llash yo'l-yo'riqlarini o'rgatuvchi tilshunoslik bo'limi qanday nomlanadi?

A) sintaksis B) punktuatsiya C) fonetika D) grafika



3.So'zlarning bog'lanishi necha xil bo'ladi?

A) 5 B) 4 C)3 D)2



4.So'roq so'z birikmasi tarkibidagi so'zlarning qaysi biriga beriladi?

A) hokim so'zga B) tobe so'zga C) hokim yoki tobe so'zga D) so'z birikmasi tarkibidagi barcha so'zlarga



5.Chiroyli bino. Ushbu so'z birikmasidagi hokim so'z qaysi qatorda berilgan?

A) chiroyli B) bino C) chiroyli bino D) to'g'ri javob yo'q



6.Qanday vosita orqali ifodalangan so'roq gaplar ha yoki yo'q javoblarini talab qiladi?

A) so'roq olmoshlari yordamida B) so'roq yuklamari yordamida

C) so'roq ohangi yordamida D) undov so'z yordamida

7.Qaysi gapda egadan keyin tire qo'yilmagan?

A) Duo olgan omondir B) Qarg'ish olgan yomondir C) Ota-ona ulug'dir D) Aqlli qariya oqib turgan daryo



8.So'zlovchining fikri qaratilgan shaxs yoki narsalarni bildiruvchi so'z yoki so'zlar qanday nomlanadi?

A) qo'shma gap B) kirish so'z C) undalma D) uyushiq bo'iak



9.Qaysi javobda istak gap mavjud?

A) Do'sting quvonsa, quvon, qayg'ursa, qayg'ur B) Kerak bo'lsa, do'stingni himoya qil

C) Do'sting gapirganda, diqqat bilan quloq tut D) Onajonim doimo sog' bo'lsalar

10.Gaplar so'zlovchining his- hayajoni qo'shilishi yoki qo'shilmasligiga ko'ra nechta turga bo'linadi?

A) 4 B) 3 C) 2 D) To'g'ri javob yo'q



11.Boshqa bo'laklarsiz gap bo'la oladigan bo'lak

A) kesim B) to'ldiruvchi C) aniqlovchi D) ega



12.Qaysi qatorda holning so'roqlari mavjud?

A) kim, nima? B) kimga, nimaga? C) kimning, nimaning? D) qayerda, qachon?



13.Kimni, nimani, kimga, ni­maga, kimda, nimada, kimdan, nimadan, kim bilan, nima haqida so'roqlariga javob bo'luvchi gap bo'laklari...

A) ega B) hol C) to'ldiruvchi D) aniqlovchi



14.Qaysi qatorda to'ldiruvchining so'roqlari berilgan?

A) kimning, nimaning, qanday? B) kimga, nimaga, kimda, nima­da?

C) qayerga, qayerda, qachon? D) kim, nima, qayer?

15.Saqlay desang o'zingni, yomondan yum ko'zingni. Gapdagi to'ldiruvchilarni aniqlang.

A) o'zingni, ko'zingni B) saqlay desang C) yomondan yum D) yomondan, o'zingni, ko'zingni



16.Gap tugagandan so'ng qanday tinish belgilari qo'yiladi?

17.Qanday vositalar yordamida ifodalangan so'roq gaplar so'roqqa javob bo'luvchi so'zni talab qiladi?

18.Buyurish, da'vat qilish ma'nosini bildiruvchi gaplar ifoda maqsadiga ko'ra qanday turga mansub?

19. Gapning ifoda maqsadiga ko`ra qaysi turlari his-hayajon gap bo`la oladi?

20.Shaxs-son ma`nolarini ifodalab, nima qildi, nima bo`ldi kabi so`roqlarga javob bo`luvchi mustaqil so`zlar qanday gap bo`lagi hisoblanadi


Savollar


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

Javoblar














































O`qituv-

chining


bahosi













































16.____________________________________

17.____________________________________

18.____________________________________

19.____________________________________

20.____________________________________

V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga vazifa: Takrorlash


51.Sana:__________________________

Mavzu: Kirish so`zlar

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: kirish so`zlar haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o’quvchilarga vatanparvarlik, insonparvarlik va nafosat tarbiyasini berish, ular orasida do’stona munosabatni mustahkamlash;

d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: savol-javob, aqliy hujum, test, guruhlar bellashuvi.

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

9

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

18

5

O`quvchilarni baholash

4

6

Uyga vazifa

2

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) guruhlash;

3) navbatchi hisoboti; 6) uyga vazifa.

II.O`tilganlarni takrorlash. “Aqliy hujum” metodi orqali guruhlarga savollar beriladi.

1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?

2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?

3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?

4. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?

5. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?

6.Undalma deb nimaga aytiladi?

7.Bitta so'zdan iborat bo'lgan undalmalarga misollar ayting.



III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq.Ehtimol, albatta, shubhasiz so'zlari ishtirokida gap tuzing. Ularning qanday ma'no ifodalashini ayting.

2-topshiriq.Quyida berilgan gaplarga ehtimol, albatta, shubhasiz so'zlaridan mosini qo'yib ko'chiring. ... keladi. ... kelib qolar.

So` zlovchining fikriga ishonch, gumon, taxmin singari ma'nolarni qo'shadigan so'zlarga kirish so'zlar deyiladi. Kirish so'zlar yozuvda gapning boshqa bo'laklaridan doirno vergul bilan ajratiladi.Tahlilda kirish so'zlar to'g'ri chiziq ostiga to'lqinli chiziq chizish bilan ifodalanadi:

181-mashq. Nuqtalar o'rniga tegishli kirish so'zlarni qo'yib, gaplarni ko'chirib yozing. Kirish so'zlar gapga qanday ma'no yuklayotganini ayting.

..., ma'qul gap, - qo'shib qo'ydi Bilmasvoy, ..., pushaymon emasman. ..., bu ish menga juda foydali bo'ldi. Har kuni ertalab sovuq suvda yuvinishga o'rganib qoldim. ..., endi bu ishdan o'zim ham maza qiladigan bo'ldim. («Bilmasvoy quyosh shahrida» ertagidan)

182-mashq Gaplarni o'qing, ularning tarkibidagi kirish so'zlarni topib, qanday ma'no anglatayotganini ayting.

Bunday paytlarda odamlar yordamga kelishmasa, nozlik niholchalarning ko'pchiligi nobud bo'lib ketishi mumkin-ku, axir! Nahotki, nahotki, shunday bo'lsa! Axir, ular tog' bag'ridagi sersuv, bahavo adirlarda maza qilib o'sishayotgan edi, o'z hollariga qo`yib berishganda, bu yerlarga majburan ko'chirib kelishmaganda, qanday soz bo'lardi-ya!



(X. To'xtaboye)

MUSOBAQA: Uch guruhga bo'lining. Birinchi guruh albatta, ikki guruh shubhasiz, uchinchi guruh ehtimol kirish so'zlari ishtirokida 3 tadan gap yozsin. Qaysi guruh birinchi bo'lib topshiriq bajarar ekan?

T/r

Albatta

Shubhasiz

Ehtimol

1.










2.










3.











IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar

1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?

2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?

3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?

4. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?

5. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?

6.Undalma deb nimaga aytiladi?

7.Bitta so'zdan iborat bo'lgan undalmalarga misollar ayting.

8.Undalmalar ikki va undan ortiq so'zdan ham tashkil topadimi?

9.Undalmalarning gapdagi o'rni haqida so'zlab bering.



10.Undalmalarda vergul qachon ishlatiladi?

V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga topshiriq. 184-mashq.Ushbu boshqotirmaga berkitilgan kirish so`zlarni toping va ular ishtirokida gaplar tuzing.





M










X

U

L

L

A

S




D







S




E




A

M

L

A

A

F

S

U

S

K

I

N



Ko’rildi: 30.10.2017

Xolbekova D.M.

Dars ishlanmasi “Dars muqaddas” tavsiyasi asosida yozilgan.

Ko’rildi: Z. Nurmatova

30.10.2017
52.Sana:___31.10.2017_______________________

Mavzu: Kirish so`zlarning gapdagi o`rni

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: kirish so`zlarning gapdagi o`rni haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilarga mehr-oqibat, o’z Vatanidan faxrlanish, vaqtdan unumli foydalanish, yuksak maqsadlar sari intilish tuyg’ularini singdirish;

d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarda topqirlik, fikrlash, zukkolik fazilatini rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: savol-javob, “Aqliy hujum” , “Raqamlar tilga kirganda”, test

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

5

2

Takrorlash

8

3

Yangi mavzu bayoni

10

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

17

5

O`quvchilarni baholash

3

6

Uyga vazifa

2

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash. “Aqliy hujum” metodi orqali guruhlarga savollar beriladi.

1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?

2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?

3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?

4. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?

5. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?

6.Undalma deb nimaga aytiladi?

7.Bitta so'zdan iborat bo'lgan undalmalarga misollar ayting.

8.Undalmalar ikki va undan ortiq so'zdan ham tashkil topadimi?

9.Undalmalarning gapdagi o'rni haqida so'zlab bering.

10.Undalmalarda vergul qachon ishlatiladi?

III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq.. Albatta, shubhasiz so'zlarini gapning turli o'rinlarida keltiring. Qanday tinish belgisi qo'yganingizni tushuntiring.



2-topshiriq.So'zsiz, demak, xullas so'zlari ishtirokida gaplar tuzing, kirish so'zlarning gapdagi o'rnini belgilang.

Kirish so'zlar gapning turli o'rinlarida qo'llanila oladi. Yozuvda gap boshida kelganda kirish so'zdan so'ng, o'rtasida kelganda kirish so'zning har ikki tomonidan, gap oxirida kelganda esa kirish so'zdan oldin vergul qo'yiladi.

185-mashq. Gaplarni ko'chiring, kirish so'zlarning turli o'rinlarda kelayotganiga diqqat qiling. Ular gapning ma'nosiga ta'sir ko'rsatadimi yo'qmi?

1.Mayli, qo'shiq ayta qolinglar, -debdi Tulki. (Ertakdan) 2.To'g'ri, endi uni - o'ng qo'limni oz-oz ishlatyapman-u, ammo tuzukroq xat yozishga yaramaydi. (Hakim Nazir) 3. Bu ariqlarning suvlari allaqachon, aniqrog'i, bundan to'rt yillarcha oldin qurib qolgandi. fk ln'Maboyev) 4. Bizni do'stimiz sog'insin, albatta. (K. Turdiyeva)



186-mashq. Gaplarni o'qing, kirish so'zlarni topib ularni izohlang.

Xalqimizda «Kuch - bilimda!» degan gap bor. Albatta, to'g'ri. Bilimsiz odam hech narsaga erisholmaydi, aksin- ,„. hayotda yutqazadi. Ayniqsa, hech narsa o'qimaydigan, johil kimsalar faqat bugunini o'ylab, hayotdan orqada qoladi. Shu bois, bilim olishga astoydil kirishmoq darkor! Orzularga erishishning yagona yo'li shu.



(Gazetadan)

87 mashq. Quyidagilarni yodingizda tuting.



T/r

Kirish so’zlar

Kirish so’zlarning ma’nosi

1.

Albatta, shubhasiz, darhaqiqat

Fikrning to’g’riligini bildiradi.

2.

Ehtimol, balki, shekilli

Gumonni anglatadi.

3.

Xullas, demak

Yakuniy fikrni bildiradi.

4.

Avvalo, birinchida

Tartibni anglatadi


Bu so'zlar ishtirokida gaplar tuzib, kirish so'zlarning gap ma'nosiga ko`rsatayotgan ta'sirini aniqlang.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar ustida ishlash. Bunda „Raqamlar tilga kirganda“ metodidan foydalanamiz. 3 ta guruhdan 3 ta o’quvchi parta oxiriga boradi. Berilgan savollarga to’g’ri javob uchun 1 qadam oldinga yuradi. Qaysi o’quvchi 1-bo’lib doskaga yetib kelsa, o’sha guruh g’olib hisoblanadi.

1. Kirish so’z deganda nimani tushunasiz?

2.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?

3.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?

4.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?

5. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?

6. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?

7.Undalma deb nimaga aytiladi?

8.Bitta so'zdan iborat bo'lgan undalmalarga misollar ayting.

9.Undalmalar ikki va undan ortiq so'zdan ham tashkil topadimi?

10.Undalmalarning gapdagi o'rni haqida so'zlab bering.

11.Undalmalarda vergul qachon ishlatiladi?



12. Kirish so’zlarda qanday tinish belgilari ishlatiladi?

V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga topshiriq. 88-mashq. Birorta badiiy asardan kirish so'zli gaplarga misollar toping. Ularni izohlang.

Ko’rildi: 31.10.2017

Xolbekova D.M.

Dars ishlanmasi “Dars muqaddas” tavsiyasi asosida yozilgan.

Ko’rildi: Z. Nurmatova

31.10.2017
53.Sana:__31.10.2017________________________

Mavzu: Qo`shma gaplar

Darsning maqsadlari:

a) ta`limiy: qo`shma gaplar haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o’quvchilarda ota-onaga bo’lgan hurmatni shakllantirish – bolani har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini va og’zaki nutqini o’stirish, mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: savol-javob, „Aqliy hujum“, „To’g’risini top“, „Mendan bugina, sendan ugina“ metodik o‘yinlari

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

3

2

Takrorlash

7

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

5

O`quvchilarni baholash

3

6

Uyga vazifa

2

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) guruhlash;

3) navbatchi hisoboti; 6) uyga vazifa.

II.O`tilganlarni takrorlash. “Aqliy hujum” metodi orqali guruhlarga savollar beriladi.

1.Qaysi hollarda undalmalardan so'ng undov belgisidan foydalanamiz? Undalmalar gapning o'rtasida kelganda qanday tinish belgisi ishlatiladi?

2.Kirish so'zlar deganda nimani tushunasiz?

3.Kirish so'zlar so'zlovchining fikriga qanday ma'nolarni qo'shadi'

4.Kirish so'zlar yozuvda qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?

5.Kirish so'zlarning gapdagi o'rni haqida gapiring.

6.Kirish so'zlarda qanday tinish belgisi ishlatilishini ayting

III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq.Quyida berilgan sodda gaplarni bir-biriga bog`lab gap tuzing. Sodda gaplarni qanday vositalar yordamida bog`laganingizni ayting.

Qo`ng`iroq chalindi, dars boshlandi.

2-topshiriq. Ikkita sodda gap tuzib , va bog`lovchisi yordamida bir-biriga bog`lang.

Ikki va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan hosil bo`lgangap qo`shma gap hisoblanadi. Qo`shma gapni tashkil etgan sodda gaplar bir-biri bilan va ammo, lekin, chunki, negaki kabi bog`lovchilarhamda ohang yordamida bog`lanadi.

Yozuvda ammo, lekin, biroq, chunki, negaki bog`lovchilaridan oldin vergul qoy`iladi. Ohang yordamida bog`langan sodda gaplar ham bir-biridan vergu yoki tire bilan ajratiladi. Masalan : Biz baxtiyormiz , chunki yurtimiz ozod. Yurt-tinch- sen tinch.

189-mashq. Sodda gaplarni o'rniga qo'yib, qo'shma gaplar hosil qiling.

1. Do'sting mingta bo'lsa ham oz, yomon bilan yursang, qolarsan uyatga. 2. Kuz keldi, aqlsiz tushiga ishonadi. 3. Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga, dushmaning bitta bo'lsa ham ko'p. 4. Aqlli ishiga ishonadi va mevalar g'arq pishdi.

190-mashq. O'yinimiz «Sendan ugina, mendan bugina» nomlanadi. Ikki guruhga bo'lining. Birinchi guruh tomonidan sodda gapga ikkinchi guruh shunday sodda gap aytsinki, ikkalasini qo'shib qo'shma gap hosil qilish mumkin bo'lsin.


T/r

Sodda gap

Sodda gap asosidagi qo’shma gap

1.







2.







3.







4.








Nam una: 1-o'quvchi: Xalqimiz obodonchilikka yaxshi e'tibor beradi

2-o'quvchi: shuning uchun shahar va qishloqlarimiz kundan kunga obod bo'lib bormoqda.



191-mashq. Mustaqillik o'gitlarini o'qing. Qo'shma gaplarni aniqlab ko'chirib yozing. Sodda gaplarni bog'layolgan vositani aytib bering.

Vatan ko'nglimizda bo'lsa, Alloh ishimizga madadkor bo'lgay.Vatan va el manfaati muqaddasdir. Vatan hissi, Vatan tuyg'usi barcha narsadan qadrliroqdir. Zamonlar o'taveradi, davrlar o'zgaraveradi, ammo Vatan abadiydir. Bu aziz Vatan - barchamizniki. Dunyoda mamlakat ko`p, lekin olamda ona yurtimiz, O'zbekistonimiz yakka-yu yagona.



IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar bilan ishlash.

1.Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?

2.Uyushiq bo'laklar bir-biri bilan qanday bog'lanadi?

3.Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?

4. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?

5. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?

6.Undalma deb nimaga aytiladi?

7.Bitta so'zdan iborat bo'lgan undalmalarga misollar ayting.

8.Undalmalar ikki va undan ortiq so'zdan ham tashkil topadimi?

9.Undalmalarning gapdagi o'rni haqida so'zlab bering.

10.Undalmalarda vergul qachon ishlatiladi?



V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga topshiriq. 192-mashq. Rasm asosida «O'zbekiston XXI asrda» mavzusida matn tuzing. Unda qo`shma gaplardan foydalaning va ularni izohlang.
Ko’rildi: 31.10.2017

Xolbekova D.M.

Dars ishlanmasi “Dars muqaddas” tavsiyasi asosida yozilgan.

Ko’rildi: Z. Nurmatova

31.10.2017

54.Sana:____01.11.2017______________________

Mavzu: Takrorlash

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: chorak davomida olingan bkmlarni takrorlash;

b) tarbiyaviy: o`quvchilarda yaqinlariga hurmat-ehtirom tuyg;usini shakllantirish;

d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini rivojlantirish.

Dars turi: takrorlash ,musobaqa

Dars metodi: savol-javob, test, aqliy hujum, ”Raqamlar tilga kirganda”, ”Kim chaqqon”.

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

4

2

Takrorlash

5

3

Savol va topshiriqlar bilan ishlash

15

4

Diagrammalar bilan ishlash

15

5

O`quvchilarni baholash

4

6

Uyga vazifa

2

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) guruhlash;

3) navbatchi hisoboti; 6) uyga vazifa.

II.O`tilganlarni takrorlash. Bunda „Raqamlar tilga kirganda“ metodidan foydalanamiz. 3 ta guruhdan 3 ta o’quvchi parta oxiriga boradi. Berilgan savollarga to’g’ri javob uchun 1 qadam oldinga yuradi. Qaysi o’quvchi 1-bo’lib doskaga yetib kelsa, o’sha guruh g’olib hisoblanadi.


  1. Sodda yig'iq gap deganda nimani tushunasiz?

  2. Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?

  3. Hol deganda nimani tushunasiz?

  4. Gapirdi kesimini qachon? ,qayerda?, so`roqlariga javob bo`luvchi hollar bilan kengaytiring.

  5. To'ldiruvchi qanday hokim bo'lakka bog'lanadi?

  6. To'ldiruvchi qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi?

  7. Sifatlovchi aniqlovchi qanday savollarga javob bo'ladi?

  8. Qaratqich aniqlovchi deb nimaga aytiladi?

  9. Qaratqich aniqlovchi bilan tushum kelishigidagi to'ldiruvchi o`rtasidagi farqni ayting.

  10. Qanday bo'laklar uyushiq bo'laklar sanaladi?

  11. Uyushiq bo'laklar orasiga qanday holatlarda vergul qo'yiladi?

  12. Umumlashtiruvchi so'z deganda nimani tushunasiz?

  13. Umumlashtiruvchi so'zlar bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga qanday tinish belgisi qo'yiladi?

  14. Undalma deb nimaga aytiladi?

  15. Bitta so'zdan iborat bo'lgan undalmalarga misollar ayting.

  16. Undalmalar ikki va undan ortiq so'zdan ham tashkil topadimi?

  17. Undalmalarda vergul qachon ishlatiladi?

  18. Qaysi hollarda undalmalardan so'ng undov belgisidan foydalanamiz? Undalmalar gapning o'rtasida kelganda qanday tinish belgisi ishlatiladi?





V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga vazifa: Takrorlash

Ko’rildi: 01.11.2017

Xolbekova D.M.

Dars ishlanmasi “Dars muqaddas” tavsiyasi asosida yozilgan.

Ko’rildi: Z. Nurmatova

01.11.2017





Download 445.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling