Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 445.23 Kb.
bet12/14
Sana11.12.2020
Hajmi445.23 Kb.
#164956
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla


fe'l kesim va ot kesim.

Fe`l orqali ifodalanib, nima qilmoq?, nima bo'lmoq? so'roqlariga javob bo'luvchi kesimlar fe'l kesim hisoblanadi. Masalan: Qushlar sayraydi.

Fe`ldan boshqa so'zlar orqali (ot, sifat, son, ravish, olmosh) ifodalanib kim?, nima?, qanday?so'roqlariga javob bo'luvchi kesimlar ot kesim sanaladi.

Masalan: Osmonimiz-musaffo.

123-mashq.Urush yillarida 15ta bolani boqib tarbiya qilgan Mahkam aka tilidan berilgan hikoyani o'qing. Kesimlarni topib, ularga izoh bering.

Yoshim bir yerga borib qolganida, yurtim boshiga kulfat tushdi.La`nati

urush kattalargamas, begunoh norasidalarga ham changalini soldi.Qarab turolmadik. Baholi qudrat shulardan bir nechtasini bag`rimizga oldik. Endilikda qurbim yetib, ana shu toychoqlarga o`zim taqa bo'la olsam, shular toymay, qoqilmay, yiqilmay yurib ketsa,gurs- gurs bosgan qadamlarining ovozi quloqlarimga kirib tursa, bearmon o'tardim. Niyatim shu! (Rahmat Fayziy)

124-mashq. Tushirib qoldirilgan kesimlarni topib maqollarni to`ldiring. Kesimlarning turini aytib bering.

1. Ko'pdan quyon qochib... 2. Do'stlik - barcha boylikdan... 3. Tikan zahri…dushman zahri… 4. Ko'z - ..., qo'l - ... 5. Eldan-ayrilguncha, jondan...

6. Izlaganga tole...

125-mashq. Mashq «Xatosini toping» deb nomlanadi. Kesimlari noto`g`ri berilgan gaplarni topib, to'g'rilang va daftaringizga ko'chiring.

Men darsdan keyin uy ishlarida onamga qarashamiz? O'zingizdan kichiklarga yordamlashaman. Farg'ona vodiysi O'rta Osiyoning «Durdona»siman. Biz o'lkamiz tarixini o'rganishga ahd qilgansiz.



126-mashq. Har bir gapda to'rttadan so'z bor. Ularning tartibi buzilmagan. Faqat ustunchalar ichidan mos so'zlarni topsangiz bo`ldi.Gaplarning kesimiga e'tibor bering.

Oltin

ham

og'zimga

Yotmas

Devorning

uyda

mingga

o'lim

Bolali

olma

Bir

Berma

Birga

boshga

Duo

Bor

Dushmanga

pish

qulog'i

Egizak

Bir

hech ham

siringni

Tush

Aql

vafo

Sir

Ol

Olma

bilan

Adab

Vafo

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar

1. Fe'l kesim va ot kesim ishtirok etgan ikkita gap tuzing.

2. Fe'l va ot kesimlarning o'zaro farqini ayting.



V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga topshiriq.

127-mashq. «Odamning qo'li gul» deganda nimani tushunasiz? Gul so'zini yana nimalarga nisbatan ishlatish mumkin. Gaplar tuzing.



34.Sana:__________________________

Mavzu: Ega

Darsning maqsadlari:

a) ta`limiy: Ega –gap bo`lagi haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: O`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi:Og`zaki va yozma nutqni o`stirish

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars metodi: Savol-javob

Dars jihozi : Darslik, tarqatma materiallar

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

1-2 –topshiriqlar

15

4

3-4 –topshiriqlar

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash

1.Gapning mazmuniy markazi tushunchasini izohlang.

2. Fe'l kesim va ot kesim ishtirok etgan ikkita gap tuzing.

3. Fe'l va ot kesimlarning o'zaro farqini ayting.



III.Yangi mavzu bayoni

Topshiriq. Berilgan so'zlardagi shaxsga ishora qiluvchi qo'shimcha asosida kim? yoki nima? so'rog'iga javob bo'luvchi so'zlarni qo'yib gap tuzing.

Pishdi, kelgansiz, o'quvchisan.

Kesim bilan bog'lanib kim?, nima?, qayer? singari so'roqlarga javob bo'ladigan bo'lak ega deyiladi.Tahlilda eganing ostiga bir to'g'ri chiziq, kesimning ostiga esa ikki to'g'ri chiziq chiziladi. Masalan: Bulbul sayradi. Ot kesim tarkibida shaxs-son qo'shimchalari qo'llanilmasa, yozuvda egadan keyin tire qo'yiladi. Masalan: Toshkent- go'zal shahar.

128-mashq.Gaplarni o'qing. So'roq berib egani toping va uni o'zi bog`langan so`z bilan birga daftaringizga ko'chiring.

Yuz yoshga kirgan va qaddi yoydek egilgan bir qariya hassaga tayanib borar edi. Yosh bir yigit uni masxara qilib dedi:

-Ey qariya,ushbu hassani qanchaga sotib olding?

Qariya unga darhol javob berdi:

-Agar uzoq yashasang, sabr qilsang, senga ham shunday hassani tekinga berishadi...

129-mashq. Arslon izidan qaytmas, yigit-so'zidan. Siz o'z so'zingizning ustidan chiqa olasizmi? Bu haqda o'ylab ko'rganmisiz? Berilgan gapning egasini toping.

130-mashq. Inson so'zini gapning egasi qilib eng ko'p gap tuzuvchilar musobaqasini uyushtiring.

Namuna:Inson - koinot gultoji. (Kim?)



131-mashq. Gaplarning egalarini toping. Ularning gapdagi o'rnini aniqlang. Gaplarda ilgari surilgan g'oya haqida o'ylab ko'ring.

Aqlli qariya-oqib turgan daryo. Ota-onasini ulug'lagan insonni bir kuni kelib bolalari ham boshiga ko'taradi. Qarisi bor uyning barakasi bo'ladi. Ko'pni ko'rgan chol - jonli tarixning o'zi. Qadr ko`raman desang, qarilarni e'zozla. Duo olgan omondir, qarg'ish olgan yomondir.



(Sharq hikmatlaridan)

IV.Yangi Mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar ustida ishlash

1. Ega qaysi bo'lak bilan bog'lanadi?

2. Ega qanday so'roqlarga javob bo'ladi?

3. Ega bilan kesim o'rtasida qanday holatda tire qo'yiladi?

4.Ega bilan kesim orasida tire qo'yilishi lozim bo'lgan uchta gap tuzing.

V.O`quvchilarni baholash

VI.132-mashq. Uyga topshiriq. Rasm asosida “Otalar so'zi-aqlning ko`zi”

mavzusida matn tuzing. Uni tuzishjarayonida egalarga alohida e'tibor bering



Tayanch so'zlar: ota. bobo, ertak, maqol, nasihat, merl hurmat, izzat, mehnat qilmoq, quloq solmoq, amal qilmoq, o'rganmoq.

35. Sana :_______________________________________________________



Sinf:________________________________________________________

Fan:________________________________________________________

Mavzu:______________________________________________________

Darsning maqsadlari:

a)__________________________________________________________

b)__________________________________________________________

d)__________________________________________________________

Dars turi: ___________________________________________________

Dars metodi: ________________________________________________

Dars jihozi: _________________________________________________

Darsning blok sxemasi

Dars etaplari

Reglament

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Diktant matnini o`qib eshittirish

3 daqiqa

3

Diktant mazmunini so`rash

2 daqiqa

4

Qiyin va notanish so`zlarni aniqlash

1 daqiqa

5

Diktant

32 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

II. Diktant matnini o`qib eshittirish________________________________________________

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



III. Diktant mazmunini so`rash

_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

IV. Qiyin va notanish so`zlarni aniqlash

______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

V. Diktant

DO‘STLIKNI SAQLASH QIYIN

Ali bilan Vali inoq do‘st edilar. Ularga sinfdoshlari ham havas qilishardi. O‘qish kunlarining birida Ali rasm qalamlarini uyda unutib qoldiradi. Rasm darsi boshlanganida do‘sti Validan rangli qalamlaridan foydalanib turishni so‘radi. Lekin Vali do‘stining iltimosiga ro‘yxushlik bermay debdi: “Yo‘q, bermayman. Men rangi ketmasin deya, bilib qalamlarni uyida qoldirganni yomon ko‘raman”. Qalin do‘stining gapidan Alining kayfiyati tushib ketibdi. Shu-shu ikki sinfdoshning orasiga sovuqchilik tushibdi. Shu tariqa davom etayotgan kunlarning birida Ali sinfdoshlarini tug‘ilgan kuniga chaqiribdi. Hamma jamuljam bo‘lgan pallada Vali ham kirib kelib, sobiq qadrdoniga rangli qalamlar va “Ertaklar to‘plami”ni sovg‘a tariqasida tutibdi. Bundan Alining yuzlari yorishibdi, qalbidagi ranjish tumandek tarqab ketibdi. Oradagi do‘stlik rishtalari yana qaytadan mustahkam bog‘lanibdi.

(115 so‘z)

VI.Uyga vazifa: _____________________________________________________________________________

__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________



36.Sana :__11.10.2017_____________________________________________________

Sinf: 5-„B“_______________________________________________________

Fan:_Ona tili_______________________________________________________

Mavzu:______________________________________________________

Darsning maqsadlari:

a) o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini nazorat qilish;

b) o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish; ota-onaga hurmat, do’stga sadoqat tuyg’ularini tarbiyalash;

d) tinglab tushunish, to’g’ri anglash, o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish.

Dars turi: bilimlarni mustahkamlash

Dars jihozi: nazorat ishi daftarlari:

Tahlil matni: Alla

Darsning blok sxemasi

Dars etaplari

Dars mazmuni

Reglament

1

Tashkiliy qism

1) salomlashish;

2) davomat:

3) tozalik;

4) yangiliklar:

5) o`tilgan mavzu

5 daqiqa

2

Ijodiy bayon bilan tanishish

(yozgan diktantlarni qayta o`qib chiqish)

3 daqiqa

3

Baholarni jurnalga qayd etish




2 daqiqa

4

Ijodiy bayonda yo`l qo`ygan xatolarni turlarga ajratgan holda aniqlash


  1. imloviy xatolar;

  2. ishoraviy xatolar:

  3. bo`g`in ko`chirishdagi xatolar;

  4. bosh harflar imlosi;

  5. xatboshi;

  6. x va h imlosi;

  7. tutuq belgisi;




5

Xatolar

Ustida

ishlash



Har bir xato so`zni to`g`ri variantini yozib chiqish

Xatoga yo`l qo`yilgan so`zlar ishtirokida gap tuzish

32 daqiqa

6

Uyga vazifa





2 daqiqa



ALLA

Reja:

  1. Ona allasi

  2. Allaning sehri

  3. Jonbaxsh kuy.

Alla – farzand haqidagi, onaning farzandga tilanadigan yaxshi tilaklari, orzu-umidlari haqidagi qo’shiq. Allada onalar hech kimga ayta olmagan sirlarini, dardlarini kuylaganlar. Onalar qadimdan o’z bolalari beshigi tepasida kechasi bo’lsin, kunduzi bo’lsin, alla aytib kelishgan. Alla o’z ohangi bilan bolaga ona nafasini yetkazib turadi. Go’dakni xotirjam qiladi, orom olib uxlashga imkon beradi.

Onalar o’z his-tuyg’ulari, orzu-armonlari, istak-niyatlarini, dard-hasratlarini ham allalarga qo’shib aytganlar. Alla axloqiy, tarbiyaviy, didaktik, an’anaviy ijod namunalaridan iborat bo’lgan. Uni tinglagan bola ona mehrni sut bilan o’z taniga, shuuriga singdiradi.

Alla insonning ong qatlamlarida bir umr mungli, hazin, nurli qo’shiq bo’lib saqlanib qoladi.

Alla! Onalarning jonbaxsh qo’shig’i. Ona bolasiga halovat beradigan yoqimli allasi bilan ruhiy lazzat bulog’ini ochadi. Bola she’riyat va qo’shiqqa umrbod maftun bo’ladi. Inson dunyo go’zalligini ilk bor ona allasi sadolari bilan his qiladi. Ona mehri bilan qalbimizga g’unchalar isi, yaproqlar shitiri, yurt mehri jo bo’ladi. Uning maroqli kuyi o’ta ta’sirli hayotbaxsh qudratga egadir.

O’zbek onasi alla aytarkan, u allalar bir-biriga sira o’xshamaydi. Hatto bir onaning bugun aytgan allasi kechagisiga o’xshamasligi mumkin. Ayni paytda, allalarda hamma ona va bolaga xos bo’lgan umumiylik ham bor. Bu mehr, bu – muhabbat!

Donishmandlarimizning aytishicha, alladan yaxshiroq qo’shiq, onadan xushovoz xonanda yo’q.



VI.Uyga vazifa: Matn tuzish.
37.Sana:__________________________

Mavzu: Sodda yig`iq va sodda yoyiq gaplar

Darsning maqsadlari:

a) ta`limiy: Sodda yig`iq va sodda yoyiq gaplar haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: savol-javob, kim chaqqon? o’yini, aqliy hujum

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

8

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

22

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash

Aqliy hujum“ metodi orqali o’tilgan mavzu so’raladi.

1. Ega qaysi bo'lak bilan bog'lanadi?

2. Ega qanday so'roqlarga javob bo'ladi?

3. Ega bilan kesim o'rtasida qanday holatda tire qo'yiladi?

III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq. Nima qildi? so'rog'iga javob bo'luvchi so'z keltiring.

2-topshiriq. Yuqorida keltirgan so'zingizni kim?, qachon?, qayerda qanday qilib? so'roqlariga javob bo'luvchi so'zlar bilan kengaytiring.

Faqat kesimdan yoki ega va kesimdan iborat bo'lgan gap yig'iq gap hisoblanadi. Masalan: Kuz. Qara. Men keldim.

Kesimning boshqa bo'laklar bilan kengayishidan hosil bo'lgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Men uni ko'rdim.

133-mashq.Matnni o'qing. Yig'iq va yoyiq gaplarni topib, ularni izohlang.

- Men sizga hamma bilgan ertaklarimni aytib beraman. Har kuni bittadan. Siz menga qishlog'ingizni tomosha qildirasiz, dalalarga olib chiqasiz. Bo'ptimi?

-Bo`pti, olib chiqaman! - dedim sevinib.

-Lekin bitta shart bilan. O'zingiz ham kitob o'qiysiz. Shundoq qilmasak bo'lmaydi. Men juda qattiq qo`lman, tekshirib turaman, maylimi?

- Mayli, o'qiyman! - Yashang!

(N. Fozilov)

134-mashq. Keldim, bordik so'zlarini matn ichida avval yig'iq va yoyiq gap shaklida keltirib izohlang.

135-mashq.O'qing, yoyiq va yig'iq gaplarni izohlang.

-Saxovatli, deganingiz nima?

-Bilmaysanmi?

-Bilmayman.

-Saxovatli,qo`li ochiq , xayr-ehsonli degani. Mana , bog`laring katta, uzumlaring ko`p-a? Hammasini yeb tugata olmaysizlar, to`g`rimi?

-To`g`ri.

-Bobong uzumning yarmini beva-bechoralarga, yetim-yesirlarga tarqatadi.

Ana shuni saxovat deyishadi, endi tushundingmi?

(X. To'xtaboyev)


Download 445.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling