Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 445.23 Kb.
bet13/14
Sana11.12.2020
Hajmi445.23 Kb.
#164956
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla


Qo’shimcha topshiriq.

Sinfni 3 guruhga bo’lamiz. 1-guruh sodda yig’iq gap tuzadi, 2-guruh shu sodda yig’iq gapni sodda yoyiq gapga aylantiradi, 3-guruh esa sodda yoyiq gapni sintaktik jihatdan tahlil qiladi. M:

T/r

Sodda yig’iq gap

Sodda yoyiq gap

Sintaktik tahlil

1.

Keldim.

Men soat 14:00 da maktabdan keldim.

Ega, payt holi, o’rin holi, kesim.

2.










3.










4.










5.











IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar ustida ishlash

1.Sodda yig'iq gap deganda nimani tushunasiz?

2.Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?

3.Aytdi so'zini kim? qachon? qayerda? nimani?so'rog'iga javob bo'luvchi



so`zlar bilan kengaytirib gap tuzing. Uning qanday gap ekanligini ayting.

V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga topshiriq. «Yurtimizni bog'ga aylantiramiz» mavzusida kichik hikoyacha tuzing. Unda yig'iq va yoyiq gaplardan foydalaning.
Ko’rildi: 13.10.2017

Xolbekova D.

38.Sana:__________________________

Mavzu: Hol

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: Hol –gap bo`lagi haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: savol-javob, zukkolar daqiqasi

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

12

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

18

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash

1.Sodda yig'iq gap deganda nimani tushunasiz?

2.Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?

III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq.



Ketdi kesimini qachon?, qayerdan?, qanday qilib? so`roqlariga javob bo'luvchi so'zlar bilan kengaytiring.

2-topshiriq.Savollarga javob berish orqali gap tuzing.



Kim?, qachon?,qancha , nima qildi?

Fe'lga bog'lanib, qachon?, qayer (-da, -ga, -dan)?, qanday (qilib?), nima uchun?, nima maqsadda? singari so'roqlarga javob bo'luvchi gap bo'lagiga hol deyiladi.

Hol fe'ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o'rnini, sababini, maqsadini bildiradi. Tahlil jarayonida hol ostiga nuqtalardan iborat chiziq chiziladi: Maktabga ketdi.

137-mashq.O'qing. Gaplardagi holni topib, unga izoh bering

Ayiqpolvonnikiga Arslon mehmon bo'lib kelibdi. Ayiq mehmonni yong'oq bilan siylamoqchi bo'lib, katta o'g'liga yong'oqqa chiqishni buyuribdi. U ko'nmagach, o'rtancha, so'ngra kichik o'g'lidan iltimos qilibdi. Ular ham otasining gapini rad etishibdi. Arslonning jahli chiqib:

-Bolalarim odobli degan eding-ku! - debdi. Shunda Ayiqpolvon:

-Yong'oq tagidan sal nariroq ketaylik, - debdi.

Ular yong'oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar

daraxtga tirmashib chiqishib, birpasda mehmonning oldiga yong'oq uzib qo'yishibdi. Arslon bundan ajablangan ekan, ayiq: - Sababini katta o'g'limdan so'ra, -debdi

Katta o'g'il:

- Otamiz daraxt tagida edi. U turgan joyda uning tepasiga chiqish odobdan emas, - deb javob beribdi.



(Ertakdan)

138-mashq.Quyidagi qoliplar asosida gaplar tuzing va ularni daftaringizga yozing.

Kim?

Qayerda?

Nima qiladi?










Kim?

Qayerdan?

Nima qildi?










Kim?

Qachon?

Keldi?










Kim?

Nima sababdan?

Nima qildi?











139-mashq. Gaplardagi tushirib qoldirilgan hollarni so'roq asosida toping va ularni izohlang.

Qayerda?

Baland va hashamatli binolar ko’p.




Qayerda?

Tuyaqush....yashaydi.




Qachon?

Yangi yilni kutib olamiz.




Qayerdan?

O’rtog’im kecha ... keldi.




Qayerga?

Biz ... sayohatga chiqmoqchimiz.





IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar ustida ishlash

1. Hol deganda nimani tushunasiz?

2.Gapirdi kesimini qachon? ,qayerda?, so`roqlariga javob bo`luvchi hollar bilan kengaytiring.

3. Qachon? qayerda? qanday qilib? nima uchun? nima maqsadda? so`roqlari nimalarni aniqlash uchun beriladi?

V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga vazifa:

140-mashq. O`zingiz sevgan o`zbek allomalaridan birining hayoti va faoliyati haqida gaplar yozing. Unda holdan foydalaning.




Ko’rildi: 16.10.2017

Xolbekova D.M

39.Sana:__________________________

Mavzu: To`ldiruvchi

Dars shiori: Alp o’g’lonlar o’lkasi bu ko’hna Turon,

Qalqonlari,qanotlari,ilm istang.

Yarim jahon bunyod etgan Sohibqiron,

Alisherning avlodlari,ilm istang!



Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: o’quvchilarga to`ldiruvchi haqida tushuncha berish. Bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilarning ona-Vatanga bo’lgan muhabbatini o’stirish, kompyuter texnologiyasidan foydalanishga o’rgatish, tabiatga bo’lgan muhabbatini oshirish, ko’rgazmalar orqali o’quvchilarni mehnatsevarlikka chorlash – bolani har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning onggi va tafakkuri rivojlantirish, o’qishga da’vat etish, hozirjavoblik, topqirlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, og`zaki va yozma nutqini rivojlantirishga erishish, boshqa fanlarga bo’lgan qiziqishini oshirish.

Dars tipi: yangi bilim beruvchi

Dars turi: noan’anaviy.

Dars metodi: Guruhingni aniqla”, ”Majnuntolning ikki shoxi”, amaliy, bahs-munozara, ”Alplar bellashuvi”, ”Tegishlisini top”, ”Sehrli sandiqcha”, ”Sahna ko’rinishi”, ”Bog’liqli matn”, ”Ifodali o’qish” daqiqasi, ”Sehrli kitob” nominatsiyasi.

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r, kompyuter, proyektor, slaydlar, ko’rgazmalar, rasmlar

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

4 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

7 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

12 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash:

1-topshiriq. “Majnuntolning ikki shohi”

141-mashq. “Alplar bellashuvi”

142-mashq. “Sahna ko’rinishi”

143-mashq. “Bog’liqli matn”

“Sehrli sandiqcha”



18 daqiqa:

3 daqiqa


4 daqiqa

5 daqiqa


3 daqiqa

3 daqiqa


5

O`quvchilarni baholash

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

1 daqiqa


Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

Navbatchi axboroti tinglanadi.

O’qituvchi:

Ona tilim muqaddas tilim Ona tilim muqaddas tilim

Momolardan qolgan merossan Onam allalari quloqlarimda

Senda so’zlab yayraydi dilim Senga so’zlab yayraydi dilim

Jarangdorsan O’zbekka xossan Jarangdorsan ardoqlarimda.

Hurmatli o’quvchilar , hozir darsimiz ona tili. Darsni boshlashdan oldin atrofimizg nazar tashlaylik.

Hozir o’lkamizda qaysi fasl?

Kuz faslida yurtimizda qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi?

Ushbu faslda yurtimizda qanday tarixiy sanalar nishonlanadi?

Kuz fasli haqida, ona tilimiz haqida qanday she’rlar bilasiz?

Rahmat o’quvchilar. Endi darsimizga qaytamiz. Hozir biz siz bilan gap bo’laklarini o’rganyapmiz. Shuning uchun shartli ravishda guruhlarni gap bo’laklari nomi bilan belgilaymiz. Bunda men sizlarga savollar beraman. Shu savollar orqali sizlar guruhingiz nomini bilib olasiz.
Darsimizni 5 ta guruh ishtirokida olib boramiz. Bunda biz ”Guruhingni aniqla” metodidan foydalanamiz:


  1. savol: Gapning markazini tashkil etadigan bo‘lak?

  2. savol: Qaysi gap bo’lagi kim? nima? qayer? so’rog’iga javob boladi?

  3. savol: Ko’chada odam ko’p? Ko’chada so’zi qanday vazifada kelgan?

  4. savol: Gapdagi biror bo’lakni to’ldirib, unga boshqaruv yo’li bilan tobe bog’langan bo’lak?

  5. savol: Qanday?qanaqa? qaysi?so’roqlariga javob bo’luvchi gap bo’lagi?


Berilgan savollarga javoblar tinglanadi va shu asosida guruhlar nomi aniqlanadi:


  1. Kesim” guruhi;

  2. Ega” guruhi;

  3. Hol” guruhi;

  4. To’ldiruvchi” guruhi;

  5. Aniqlovchi” guruhi.


O’qituvchi har bir guruhni va guruh a’zolarini baholab boradi:

5” baho


4” baho
3” baho
Guruhlar a’zolariga har bir javoblari uchun yuqoridagi kartochkalardan taqdim etiladi, dars oxirida guruhlarning kartochkalari hisoblanib, g’olib guruh aniqlanadi. Shu orqali har bir o’quvchi ham baholanadi.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamalash va uy vazifasi: O’zingiz sevgan o’zbek allomalaridan birining hayoti va faoliyati haqida gaplar yozing. Unda holdan foydalaning.
Har bir guruhdan bittadan o’quvchi uy vazifasini o’qiydi va unda ishlatgan hollarni izohlaydi. Shundan so’ng har bir guruhga kartochkalarda gaplar tarqatiladi. O’quvchilar gaplarni sintaktik tahlil qilib, holni topishlari kerak bo’ladi. Javoblarning to’g’ri yoki noto’g’riligi slayd orqali tekshiriladi.

  • Toshkentda baland va hashamatli binolar ko’p.

  • Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda tavallud topganlar.

  • Biz tog’ga sayohatga chiqmoqchimiz.

  • O’rtog’im kecha Samarqanddan keldi.

  • Kitoblar stol ustida turibdi.


III. Yangi mavzu bayoni:

1-topshiriq.Guruhlarga so’roqlar yozilgan varaqlar tarqatiladi, o’quvchilar so’roqlarga javob bo’luvchi so’zlarni qo’yib gap tuzishlari kerak.


Kim?

Qachon?

Qayerga?

Nima?

Nima qildi?


















Kim?

Qayerdan?

Qachon?

Nima bilan?

Nima qildi?


















Qachon?

Kim bilan?

Qayerga?

Nima bilan?

Nima qildi?


















Kim?

Qaysi?

Nimaga?

Qachon?

Nima qildi?


















Qayerga?

Kim bilan?

Qachon?

Nimada?

Nima qildi?

















2-topshiriq.”Majnuntolning ikki shoxi”. Har bir guruh a’zosiga gaplar yozilgan tarqatma beriladi. O’quvchilar berilgan gaplardagi to’ldiruvchilarni kelishikli to’ldiruvchimi yoki ko’makchili to’ldiruvchi ekanligini aniqlashadi va Majnuntol daraxtining bir tomoniga kelishikli to’ldiruvchini ikkinchi tomoniga ko’makchili to’ldiruvchi yopishirib chiqishadi.


Bilib oling:
Yangi mavzu qoidasi slayd orqali namoyish etiladi.
Fe’lga bog’lanib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kimni?, nimani?, kim bilan?, nima bilan? Singari so’roqlarga javob bo’luvchi bo’laklarga to’ldiruvchi deyiladi.

Tahlilda to’ldiruvchi ostiga uzuq chiziqlar ( - - - - - ) chiziladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Shu o’rinda dars shiori izohlanib, undagi ma’no-mazmun izohlanadi. To’ldiruvchisi topiladi.
141-mashq. Ushbu mashqni bajarishda ”Alplar bellashuvi” usulidan foydalanadi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqadi. Doskada ko’rgazma osib qo’yilgan Unda beshta alp malikasiga yetishishi uchun she’r, ajdar va devning savollariga javob berishi kerak bo’ladi. Bunda:

- she’r, ajdar va devning yonida yopishtirib qo’yilgan tarqatmadagi maqollardan to’ldiruvchilarni topishlari;

- maqollarda ilgari surilgan g’oyalarni izohlashlari kerak bo’ladi. Javoblarning to’g’ri yoki noto’g’riligi slayd orqali tekshiriladi.

1. Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, yomon bilan yursang, qolarsan uyatga.

2. Yosh kelsa – ishga, qari kelsa – oshga.

3. O’zingga o’zingni maqtagandan qo’rq.

4. Saqlay desang o’zingni, yomondan yum ko’zingni.

5. Tilni bilish – dilni bilishga yo’l ochar.

6. Daraxtni yer ko’kartiradi,

Odamni el ko’kartiradi.

7.Xalqqa xizmat – oliy himmat.

8. Bugungu ishni ertaga qo’yma!

9. Qolgan ishga qor yog’ar.

10. Ko’pdan ayrilganni bo’ri yer.

11. Birlashgan o’zar,

Birlashmagan to’zar.

12. Er yigitni nomus o’ldiradi.

13. Birovga choh qazigan, o’zi yiqilar.

14. O’zingni er bilsang,

O’zgani she’r bil.

15. Tilga ixtiyorsiz –

Elga e’tiborsiz.
142- mashq. “Sahna ko’rinishi”. O’quvchilar sahna ko’rinishini tomosha qilish asnosida , unda ishtirok etayotgan to’ldiruvchilarni yozib borishlari kerak.
Abu Rayhon Beruniy o’lim to’shagida yotganida uning huzuriga shogirdlaridan biri kelibdi

  • Assalomu alaykum, ustoz.

  • Vo alaykum assalom. Keling, xush kelibsiz. Anchadan buyon tobim yo’q. Sizni ko’rish istagida edim.

Shogird ustozining umri tugayotganligini sezib, uning ko’nglini ko’tardi.

  • O’g’lim, umrim tugab borayotganga o’xshaydi. Lekin bir savol menga tinchlik bermaydi.

  • Qanday savol ekan, ustoz?

  • Sizga bir vaqtlar yer yuzida yana qandaydir qit’a borligi haqida aytgan edim.

  • Ha aytgan edingiz

  • O’sha qit’ada hozir inson zoti yashayotganmikan, ob-havosi qanday bo’lsa ekan?

  • Avval sog’ayib oling. Hozir sizni qiynalishingizni xohlamayman, ustoz.

  • To’g’ri, ammo, shu savolga javobni bilmasdan ketgandan ko’ra yaxshi bo’lardi.



143-mashq. “Bog’liqli matn”. Bunda guruhlar “Birni kessang, o’nni ek” mavzusida bog’liqli matn tuzishadi va matnlaridagi to’ldiruvchilarni sanab berishlari kerak.
Sehrli sandiqcha” o’yinimizni tashkil etamiz. Bunda har bir guruhdan bitta o’quvchi chiqadi. Hammamiz o’zbek xalq ertagi bo’lmish “Zumrad va Qimmat” ertagini o’qiganmiz. U ertagda buvisi “Yerto’laga tushsang, oq sandiq va qizil sandiq bor”, - deydi. Bizning ham oq sandiq va qizil sandig’imiz bor. Uning ichida guruh o’quvchilarini maktab qurollaridan iborat sovg’alar kutyapti. Bu sandiqqa borib, sovg’alarni egallash uchun zinalarda o’quvchilarga tegishli savollar kutyapti. Javoblarning to’g’ri yoki noto’g’riligi slaydlar orqali tekshiriladi. Savollar quyidagicha:


  1. To’ldiruvchi deb qanday bo’lakka aytiladi?

  2. To’ldiruvchi bog’laydigan vositalar necha xil va ular qaysilar?

  3. Kattaga hurmatda bo’l,

Kichikka izzatda bo’l. – Bunda ishtirok etgan to’ldiruvchilarni toping.

  1. Ega, hol, to’ldiruvchi, kesim. Shu shaklga mos gap tuzing.

  2. Otdan baland, itdan past. Topishmoqning javobi va to’ldiruvchisini toping.

  3. Suv bilan yer ko’karadi, … . Davom ettiring va to’ldiruvchisini toping.

  4. Ukamga daftar oldim. To’ldiruvchi qaysi vosita orqali ifodalangan?

  5. Qalovini topsang qor yog’ar. Maqoldagi toldiruvchi toping va maqolni izohlang.

  6. Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma. To’ldiruvchilarni toping.

  7. Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga…. Maqolni davom ettiring va to’ldiruvchilarni toping.

  8. Yotib yeyishga tog’ ham chidamaydi. – to’ldiruvchini toping.

  9. Zarning qadrini zargar biladi. – to’ldiruvchini toping va maqolni izohlang.

  10. Ko’kka boqma, ko’pga boq! – to’ldiruvchi topib, izohlang.

  11. Aql bozorda sotilmas. – bu yerda toldiruvchi ishtirok etganmi?

  12. Beshta to’ldiruvchili so’z birikmasi ayting.


Darsimiz so’nggida “Ifodali o’qish” daqiqasini tashkil qilamiz. Bunda har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib, 21- oktabr, ya’ni “Til” bayramiga atab she’r o’qishadi. Qolgan o’quvchilar esa, she’rni tinglab undagi to’ldiruvchilarni topishadi. Birinchi guruh aytgan she’rdan ikkinchi guruh, ikkinchi guruh aytgan she’rdan uchinchi guruh, uchinchi guruh aytgan she’rdan to’rtinchi guruh, to’rtinchi guruhaytgan she’rdan beshinchi guruh, beshinchi guruh aytgan she’rdan esa birinchi guruh o’quvchilari to’ldiruvchilarni topib izohlashadi.
1-guruh o’quvchisi:

Garchi zulm qilganlarni yoqtirmadim,

She’r yozdim-u, bo’lak ishni qotirmadim,

Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,

Bir eslasam, eziladi bag’ri-dilim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
2-guruh o’quvchisi:

Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,

O’zbekni qon qaqshatganni o’zbek siylar,

Holimizni jim kuzatdi Yassaviylar,

Topganimiz handalakdek tilim-tilim,

Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
3-guruh o’quvchisi:

Tilni asrasangiz har nedan ortiq,

Yagona olamni asragan zamon.

Bobolardan qolgan noyob bu tortiq,

Toki avlodlarga yetolsin omon.
4-guruh o’quvchisi:

Ona tilim onam alla aytgan til,

Ko’zlarimga surtay har bir so’zingni.

Sen borsan dunyoda o’zbek degan el,

Kuylab yashayveray qaro ko’zimni.
5-guruh o’quvchisi:

Bobolar hikmat bilgan,

Ardoqlab lug’at qilgan,

Qolishmas hech bir tildan,

Chiroyli qizil guldan,

Yayraydi har dam dilim,

Sen sabab ona tilim.
Darsni xulosalash:

Guruhlarning yig’gan kartochkalariga qarab, guruhlar baholanadi. G’olib guruh aniqlanib, rag’batlantiriladi. Ya’ni darsimiz boshida aytib o’tilgan “Sehrli kitob” nominatsiyasi bilan guruhlarni rag’batlantiramiz.

Eng bilimdon” guruh nominatsiyasiga o’zbek romanchiligida birinchi o’rinda turadigan Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romani taqdim etiladi.

Eng zukko” guruh nominatsiyasiga o’zbek romanchiligida ikkinchi o’rinda turadigan O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani taqdim etiladi.

Eng epchil” guruh nominatsiyasiga Said Ahmadning “Ufq” romani taqdim etiladi.

Eng tirishqoq” guruh nominatsiyasiga Rauf Parfining “Turkiston ruhi” to’plami taqdim etiladi.

Eng quvnoq” guruh nominatsiyasiga Zulfiya Isroilovaning “Saylanma”si taqdim etiladi.



Uyga vazifa:

Badiiy asarlardan to’ldiruvchi ishtirok etgan gaplardan 5 ta yozib kelish.


1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash

1.Sodda yig'iq gap deganda nimani tushunasiz?

2.Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?

3. Hol deganda nimani tushunasiz?

4.Gapirdi kesimini qachon? ,qayerda?, so`roqlariga javob bo`luvchi hollar bilan kengaytiring.

5. Qachon? qayerda? qanday qilib? nima uchun? nima maqsadda? so`roqlari nimalarni aniqlash uchun beriladi?



III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq.

Oldi yig'iq gapini kim?, nimani?, kimdan? so'roqlariga javob bo`luvchi so`zlar bilab kengaytirib , yoyiq gap tuzing. “Majnuntol daraxti” usulidan foydalanamiz.

Oldi.


Dilshod oldi.

Dilshod kitobni oldi.

Dilshod kitobni Olimdan oldi.

2-topshiriq.Quyida berilgan gap bo'laklarining har biriga so'roqlar bering

Ustoz otangdan ulug`= Kim? Kimdan? Qanday?

Fe`lga bog'lanib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, nimani?, kim bilan?, nima bilan? singari so'roqlarga javob bo'luvchi bo'laklarga to'ldiruvchi deyiladi.

Tahlilda to'ldiruvchi ostiga uzuq chiziqchalar (_ _ _ _ _ _) chiziladi.

Bu so'zdan Hamid ajablandi. (X. Sultonov)

141- mashq. Maqollarni ko'chiring. To'ldiruvchilarni topib, tagiga chizing. Maqollarda ilgari surilgan fikrlarga hayotingizdan misollar keltiring. “Alplar bellashuvi” usulidan foydalanamiz.


t/r

Maqollar

To’ldiruvchi

1.

Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, yomon bilan yursang, qolarsan uyatga.




2.

Yosh kelsa – ishga, qari kelsa – oshga.




3.

O’zingga o’zingni maqtagandan qo’rq.




4.

Saqlay desang o’zingni, yomondan yum ko’zingni




142-mashq. Matnni o'qing, nuqtalar o'rniga kerakli qo'shimchalarni to`lldiruvchilarni izohlab bering.

Abu Rayhon Beruniy o'lim to'shagida yotganida uning huzuriga shogirdlari... biri kiribdi.

U ustozining umri tugayotganligi... sezib, ko'ngli ... ko'targan bo'libdi. Kutilmaganda Beruniy un ... bir savol berib qolibdi.

-Avval sog'ayib oling, shu savol... javob ... bilishingiz shartmi deb so'rabdi, shogird ustozining qiynalishi ... istamay. -To'g'ri, umrim tugayapti, ammo shu savol ... javob ... bilmasdan ketgan ... ko'ra bilib ketganim yaxshi-da,-deb javob beribdi Beruniy



143-mashq. «Birni kessang, o'nni ek!» deganda nimani tushunasiz. Shu haqda bahs tashkil qiling.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar ustida ishlash

1.To'ldiruvchi deganda qanday bo'lakni tushunasiz?

2.Quyida berilgan chiziqlar o'rniga tegishli gap bo'laklarini qo'ying.

____________....................... ------------------===========



V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga topshiriq. 144-niashq. Bo'sh kataklarni unlilar bilan to'l ngiz, to'ldiruvchi ishtirok etgan gap hosil bo'ladi. Gapni topib, izohlang.




Y

R




1

G




N

N







Y




Q

Y




R

B




1




N

G




N

N




B




R




Y




R


Ko’rildi: 16.10.2017

Xolbekova D.M

40.Sana:__________________________

Mavzu: To`ldiruvchini hokim bo`lakka bog`lovchi vositalar

Darsning maqsadlari:

a) ta`limiy: To`ldiruvchini hokim bo`lakka bog`lovchi vositalar haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: savol-javob, “Davom ettiring” o’yini

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

12

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

18

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash

1.Sodda yig'iq gap deganda nimani tushunasiz?

2.Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?

3. Hol deganda nimani tushunasiz?

4.Gapirdi kesimini qachon? ,qayerda?, so`roqlariga javob bo`luvchi hollar bilan kengaytiring.

5. Qachon? qayerda? qanday qilib? nima uchun? nima maqsadda? so`roqlari nimalarni aniqlash uchun beriladi?

6.To'ldiruvchi deganda qanday bo'lakni tushunasiz?

III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq. Nuqtalar o'rnigategishli bog'lovchi vositalarni qo'yib ko'chiring.

Ukam... daftar oldim.

2-topshiriq. Quyida berilgan gapda toidiruvchining hokim bo'lakka nimalar vositasida bog`langanini ayting.

1.Mashina bilan (nima bilan?) terdi. Mashinada (nimada?) terdi.



To'ldiruvchi hokim bo'lakka kelishik qo'shimchalari yo' ko'makchilar yordamida bog'lanadi.

145-mashq. Savollarga javob bering. So`ng tuzgan gaplaringizni daftaringizga ko`chirib yozing.To`ldiruvchilarning ifodalanishiga diqqat qiling.


Savollar

Javoblar

To’ldiruvchilar

Kimga jonimiz fido?







Kim bilan do’st tutinish lozim?







Inson nima bilan faxrlanishi mumkin?







Bola o’z ota-onasini nima bilan xursand qilishi mumkin?







Nimadan ehtiyot bo’lish kerak?








146-mashq. “Davom ettiring” o'yinini tashkil qiling. Tuzgan gaplaringizda to'ldiruvchilardan foydalaning, ularni izohlang.

Namuna: l-o'quvchi: Suv bilan,yer ko'karadi,

2- o'quvchi: duo bilan - er.

3-o'quvchi: Bu gapda 2 ta to'ldiruvchi bor: suv bilan,duo bilan (nima bilan?), ular ko'makchi bilan hokim so'zga bog'lanyapti.



147-mashq. « «O'quvchi xandasi»ni o'qing. To'ldiruvchilarni izohlang.

Geografiya darsida muallim Umidjondan so'rab qoldi:

-Qani ,Umidjon, ayt-chi? Bizga Oy yaqinmi, Amerikami?

-Oy ! deb javob berdi u.

-Nega Oy deb o'ylaysan?

-Chunki Oyni ko'rsa bo'ladi, Amerikani esa yo'q.



148-mashq.O'qing. Nuqtalar o'rniga kerakli vositalarni qo'yib, mazkur so`zlarga savol bering. To'ldiruvchilarning gapdagi o'rnini izohlang.

SAXOVATLI ODAM

Bir muruvvatli, saxiy odamning juda ko'p doni bor edi. U turgan shahrda oziq-ovqat tanqisligi boshlandi. Saxiy odam bor g'allasi... beva -bechoralar... ulashib tugatdi. Tanqislik kuchaygach, o'zi ham muhtoj bo'lib qoldi. Odamlar u... malomat qilishdi.

-Bilib turib nega donlaring... hamma... ulashib yubording?

Saxiy kishi dedi:

-Xalq och bo'la turib, men rohat... yashasam, insofsizlik qilgan mi Ochlik azobi... xalq... barobar tortish... , xalq qayg'usi... bo'lishni vijdonim buyurdi. Men vijdonim amri... itoat etdim.

(Rivoyat)

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar bilan ishlash

1.To'ldiruvchi qanday hokim bo'lakka bog'lanadi?



2.To'ldiruvchi qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi?

V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga topshiriq. 149-mashq.«Vatanimga xizmat qilaman» mavzusida fuzing. Unda to'ldiruvchilar ishtirok etsin.

Ko’rildi: 17.10.2017

Xolbekova D.M.


41.Sana:__________________________

Mavzu: Aniqlovchi

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: Aniqlovchi –gap bo`lagi haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: savol-javob, zukkolar bellashuvi

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar,rag’bat kartochkalari, doska, bo’r

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

12

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

18

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash

1.To’ldiruvchi deganda nimani tushunasiz?

2.To’ldiruvchi qanday hokim bo’lakka bog’lanadi?

3. Hol deganda nimani tushunasiz?

4.To’ldiruvchi qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanadi?

III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq. Gapdagi qanday so'rog'iga javob bo'luvchi bo`lakni toping.

Xushbo'y hid tarqaldi.= Qanday ? xushbo`y



2-topshiriq. Nuqtalar o'rniga mos keladigan qo'shimchani qo'yib ko'chiring.

Kitob... muqova...

Qanday qo'shimchalar qo'shganingizni ayting.

Hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning qandayligi, kimga yoki nimaga qarashli ekanligini bildirib, qanday?, qanaqa? qaysi?, qancha?, nechta?, kimning?, nimaning? kabi so`roqlarga javob bo'luvchi gap bo'lagiga aniqlovchi deyiladi.

Aniqlovchilar ma'nosiga ko'ra ikki xii bo'ladi. 1. Sifatlovchi aniqlovchi. 2. Qaratqich aniqlovchi. Tahlilda aniqlovchilar ostiga to'lqinli chiziq (~~~~~~~~~~) chiziladi.

150-mashq. O'qing. Matndan o'zingizga qanday xulosalar chiqarasiz?

Bir kishining Ali va Vali ismli ikki o'g'li bor edi. Ali qanoatli, Vali qanoatsiz edi. Bir kuni otasi bozordan olma olib kelib, bolalarini sinamoq uchun chaqirib: «Mana, sizga olma beraman», - dedi. Vali tezlik bilan kelib: «Otajon, menga hammasini bering», - dedi. Ali sekingina kelib: «Menga bitta olma bersangiz bo'ladi», - dedi. Otasi Alining qanoatiga ofarin o'qib, quchog'iga olib, peshonasidan o`pib ,ikkita olma berdi. Ammo Valiga olma bermak qayda, balki: «Qanoatsiz bo'lma!» -deb dakki berdi.




Qanoat birla qorin to'ydirursiz,

Qanoat bo'lmasa ko'p och bo'lursiz.

Qanoatsiz kishi bag'rini dog'lar,

Qanoatlik kishi og'zini yog'lar



(Abdulla Avloniy)

1-topshiriq.Matn mazmuniga mos sarlavha toping. Qanoat yoki qanoatsizlik haqida hadis va maqollar keltiring.”Zukkolar bellashuvi” o’tkaziladi.

2-topshiriq.Qanday?, qancha?, nechta?, kimning? so'roqlariga javob bo'lib, otga bog'langan so'zlarni so'z birikmasi shaklida ko'chiring.

151-mashq. Matnni ko'chiring. Aniqlovchilarni topib, ostiga chizing.

Mana, poliz o'rtasidagi supachada o'tiribmiz. Oqshom, salqin. Osmonda yulduzlar kul bosgan cho'g'dek miltillaydi. Qo'shni polizdagi bolalarning qiyqirig'i, itlarning vovillashi, qayerdandir yoqimli ashula tovushi eshitiladi. (N. Fozilov)



152-mashq. Kuz fasli to'g'risida kichik matn tuzing. Unda ishlatilgan aniqlovchilarni toping.

153-mashq. Gaplardagi to'ldiruvchi va hollar oldiga ularga mos aniqlovchini qo'yib ko'chiring.

Gaplar

Aniqlovchilar bilan kengaytirish

Elyor maktabda o’qiydi.

Elyor bizning maktabda o’qiydi.

Kecha uyingizga borgan edik.




Alisher she’rini bizga o’qib berdi.




Qushlarni boqish menga yoqadi.





IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar

1.Aniqlovchi deganda nimani tushunasiz?



2.Sinf xonangizdagi jihozlar to’g’risida aniqlovchilardan foydalanib 3 ta gap tuzing.
V.O`quvchilarni baholash

VI. Uyga topshiriq 154-mashq.. Sabr, odat, bilim, mehr so'zlari ishtirokida gaplar tuzing. Ularda aniqlovchilardan foydalaning.

Ko’rildi: 17.10.2017
Xolbekova D.M.



42.Sana:____18.10.2017______________________

Mavzu: Sifatlovchi aniqlovchi

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: sifatlovchi aniqlovchi haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: savol-javob

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

12

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

18

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash

1.Sodda yig'iq gap deganda nimani tushunasiz?

2.Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?

3. Hol deganda nimani tushunasiz?

4.Gapirdi kesimini qachon? ,qayerda?, so`roqlariga javob bo`luvchi hollar bilan kengaytiring.

5. Qachon? qayerda? qanday qilib? nima uchun? nima maqsadda? so`roqlari nimalarni aniqlash uchun beriladi?

6.To'ldiruvchi deganda qanday bo'lakni tushunasiz?

7.To'ldiruvchi qanday hokim bo'lakka bog'lanadi?

8.To'ldiruvchi qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi?

9.Aniqlovchi deganda nimani tushunasiz?


III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq. Nuqtalar o'rniga quyida berilgan so'zlarning sifatlovchilarini topib ko`chiring.

„, gul,... olma,...uy,...ko'cha.



2-topshiriq. Quyida berilgan kataklarni mos so'zlar bilan to'ldiring.
chiroyli , zebo , ,so'lim

Hokim bo'lakdan anglashilgan narsaning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha? so'roqlariga javob bo`ladigan aniqlovchiga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi.

155-mashq. Matnni sinchkovlik bilan o'qing. Mazmunini so'zlab berishga tayyorlaning Ajratib ko'rsatilgan so'zlarning qanday so'roqqa javob bo`lishini hamda qaysi gap bo'lagi bo'lib kelayotganini aniqlang.

Bugunga kelib ekologik muammo hayotimizning eng dolzarb masalasiga aylandi. Uzoq yillar davomida bu muammolarni hal etish uchun jiddiy ish olib borishga yo'l berilmadi. U davrlarda bepoyon o'lkamizning beqiyos boyliklarini asrash butunlay yot tushuncha edi. Natijada serunum yerimiz kasallandi, beg'ubor havo, musaffo suvlar bulg'andi. Hozirda tabiatga qarash butunlay o'zgardi.



Topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering:

1. Ekologiya dej nimani tushunasiz?

2. Matnda qaysi davr voqeligi aks etgan?

156-mashq. Hayvonlar, qushlar hamda o'simliklar dunyosiga munosabatingizni ifodalab bir nechta gap tuzing. Ularda sifat, ot, olmosh bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchilarni qo'llang.

157-mashq.Sifatlovchi aniqlovchilarni topib, izohlang.

O'zbekistonda qish ko'pincha uzoq davom etmaydi - ikki oydan oshmaydi. Ko'pincha havo nam, bulutli, sovuq bo'ladi. Tez-tez tuman tushadi, ba'zan qor yog'adi. Bu yerda qattiq sovuq kunlar bo'ladi. Yomg'irli kunlar tez-tez iliq kunlar bilan almashinib turadi.



IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar

1.Sodda yig'iq gap deganda nimani tushunasiz?

2.Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?

3. Hol deganda nimani tushunasiz?

4.Gapirdi kesimini qachon? ,qayerda?, so`roqlariga javob bo`luvchi hollar bilan kengaytiring.

5. Qachon? qayerda? qanday qilib? nima uchun? nima maqsadda? so`roqlari nimalarni aniqlash uchun beriladi?

6.To'ldiruvchi deganda qanday bo'lakni tushunasiz?

7.To'ldiruvchi qanday hokim bo'lakka bog'lanadi?

8.To'ldiruvchi qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi?

9.Aniqlovchi deganda nimani tushunasiz?


10. Sifatlovchi aniqlovchi qanday savollarga javob bo'ladi?

11. Narsaning belgisi deganda nimalarni tushunasiz?



Uyga topshiriq.157- mashq. Tabiat manzarasi haqida kichik hikoya yozing.

Tabiatning anday va qaysi jihatlari diqqatingizni jalb etadi?


Ko’rildi: 18.10.2017

Xolbekova D.M
43.Sana:__20.10.2017________________________

Mavzu: Qaratqich aniqlovchi

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: qaratqich aniqlovchi haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: savol-javob, “To’rtinchisi oriqcha” metodi

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

12

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

18

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash

1.Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?

2. Hol deganda nimani tushunasiz?

3. Qachon? qayerda? qanday qilib? nima uchun? nima maqsadda? so`roqlari nimalarni aniqlash uchun beriladi?

4.To'ldiruvchi deganda qanday bo'lakni tushunasiz?

5. Narsaning belgisi deganda nimani tushunasiz?



III.Yangi mavzu bayoni

Topshiriq. Nuqtalar o'rniga tegishli kelishik qo'shimchasini qo'ying.

Do'stlik... mehri bor, do'stlik... sehri bor,

Do'stlik... gashti bor o'zgacha.

Do'sti bor qarimas, quvonchi arimas

Va yashar yuzgacha, minggacha.(K. Turdiyeva)

Hokim bo'lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanligini bildirib, kimning?, nimaning? qayerning? so'roqlariga javob bo'lgan aniqlovchiga qarat- qich aniqlovchi deyiladi

Qaratqich aniqlovchi doimo aniqlanmishga bog`lanadi. Ana shu belgisi bilan tushum kelishigini olgan to'ldiruvchidan farq qiladi. Tushum kelishigidagi to'ldiruvchi doimo fe'l orqali ifodalangan kesimga bog'lanadi.

Solishtiring : olmaning bargi - olmani yedi

159-mashq. Qaratqich aniqlovchilarni topib izohlang.

O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Xalqaro ekspertlarning yuqori bahosini olgan ushbu Konstitutsiya 128 moddani o'z ichiga oluvchi olti bo'limdan iborat. Bu bo`limlarda respublika davlat tuzilishining asosiy yo'riqlari, fuqarolarning huquq va burchlari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi va boshqa masalalar bayon etilgan.



160-mashq. Nuqtalar o'rniga kerakli qo'shimchalarni qo'yib ko'chiring. Qaratqich aniqlovchi va aniqlanmishning shaxs va sonda mosligini tushuntiring. Gaplarning ifoda maqsadiga ko'ra turini aniqlang.

1. O`zbekiston Respublikasi... Konstitutsiya... - baxtimiz qomusi. . poytaxt...-Toshkent shahri. 3. Mamlakatimizda qonunlar... so'zsiz tan olinadi. 4. Siz o'z... huquqlar...ni bilasizmi?



161-mashq. Huquq, burch, bo'lim, modda, respublika, Oliy Majlis so`zlari yordamida qaratqich aniqlovchilar ishtirok etgan gaplar tuzing.

So’zlar

Gaplar

Huquq




Burch




Bo’lim




Modda




Respublika




Oliy Majlis





IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar bilan ishlash

1.Sodda yig'iq gap deganda nimani tushunasiz?

2. Hol deganda nimani tushunasiz?

3.Gapirdi kesimini qachon? ,qayerda?, so`roqlariga javob bo`luvchi hollar bilan kengaytiring.

4.To'ldiruvchi qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi?

5.Aniqlovchi deganda nimani tushunasiz?



6. Sifatlovchi aniqlovchi qanday savollarga javob bo'ladi?

V.O`quvchilarni baholash

VI.Uyga topshiriq. 162-mashq. Konstitutsiya, Prezident, bayroq, gerb, bag'ishlangan she'rlardan topib, ulardan birini yod oling.
Ko’rildi: 20.10.2017

Xolbekova D.M
44.Sana:__23.10.17______________________________________________________
Sinf:____5-„B“____________________________________________________

Fan:____Ona tili_______________________________________________

Mavzu:__Ona tilim – jon-u dilim______________

Darsning maqsadlari:

a)_ o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini nazorat qilish;

b) o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish; ota-onaga hurmat, do’stga sadoqat tuyg’ularini tarbiyalash;

d) to’g’ri anglash, o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish.

Dars turi: bilimlarni mustahkamlash

Dars jihozi: nazorat ishi daftarlari:

Darsning blok sxemasi

Dars etaplari

Reglament

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Insho mavzusini e`lon qilish

1 daqiqa

3

Mavzu bo`yicha qisqacha ma`lumot berish

2 daqiqa

4

Mavzuga mos reja tuzish va tezislar tayyorlash

5 daqiqa

5

Inshoni yozish

72 daqiqa

6

Uyga vazifa

3 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;
II. Insho mavzusini e`lon qilish

III.Mavzu bo`yicha qisqacha ma`lumot berish

IV.Mavzuga mos reja tuzish va tezislar tayyorlash

Reja:

1. Til – dil kaliti

2. Ona tili – bu millatning ruhidir

3. Ona tilim o‘lmaydi

Ona tilim – jon-u dilim

Reja:

1. Til – dil kaliti

2. Ona tili – bu millatning ruhidir

3. Ona tilim o’lmaydi

Tezislar

Donishmandlar „Til – dil kaliti“ deb bejizga aytmaganlar. Hayotda har bir yaxshi insonning qalbiga yo’l topish vositasi til ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Madomiki, shunday ekan, ona tilini mukammal o’rganmoqning foydasi nechog’lik katta ekanligi barchamizga ayondir. Til – insonlar o’rtasidagi bosh vosita hisoblanadi. Dunyodagi eng achchiq narsa ham, eng shirin narsa ham til. Til insonni o’ldirishga ham, tiriltirishga ham qodir. Ma’lumki, jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singgadi



Tezislar

Ona tili – bu millatning ruhidir. Qachonlardir biz o’z tilimizdan ochiq-oydin foydalana olmaganmiz. Shu qiyinchiliklardan so’ng nihoyat, 1989-yil 19-oktabr kuni bu o’ta muhim masala Oliy Kegash sessiyasi muhokamasiga qo’yildi va qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so’ng mamlakatimizda 1989-yil 21-oktabrida o’zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lmish ona tilimiz o’zining qonuniy maqomiga ega bo’ldi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi respublikamiz hududida yashovchi millat va elatlarning o’z ona tilisidan foydalanishga zamin yaratildi. Bu voqeadan so’ng barcha hujjatlar o’zbek tilida yuritiladigan bo’ldi. Bu Vatanimiz tarixida buyuk voqea edi.



Tezislar

Mustaqillik yillarida o’zbek tilining jamiyatimizning barcha sohalarida keng qo’llanilayotganligi, xalqaro miqyosda kompyuter va internetda foydalanilayotgani ham iqtisodiyotidoraviy ish yuritishda o’z samarasini berib kelmoqda. O’zbek tili xalqaro miqyosda keng va faol muloqot vositasiga aylanib, uning xorijiy davlatlar rahbarlari bilan olib borilayotgan muzokara va uchrashuvlarda, yuksak darajali rasmiy tadbirlardaqo’llanilayotganligi barchamizda g’urur-iftixor tuyg’usini uyg’otishini birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o’zining „Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch“ nomli asarida alohida ta’kidlab o’tganlar: „… o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga til orqali, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singgadi. Ona tili – bu millatning ruhidir“.



V. Inshoning qoralamasini yozish

VI. Uyga vazifa Test tuzish

Ko’rildi: 23.10.2017

Xolbekova D.M

45.Sana :__23.10.2017__________________________________________________

Sinf:___5-„B“_____________________________________________________

Fan:___Ona tili_____________________________________________________

Mavzu:___________________________________

Darsning maqsadlari:

a)__ o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini nazorat qilish;

b) o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish; ota-onaga hurmat, do’stga sadoqat tuyg’ularini tarbiyalash;

d) to’g’ri anglash, o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish.

Dars turi: bilimlarni mustahkamlash

Dars jihozi: nazorat ishi daftarlari:

Tahlil matni: Ona tilim – jon-u dilim

Darsning blok sxemasi

Dars etaplari

Dars mazmuni

Reglament

1

Tashkiliy qism

1) salomlashish;

2) davomat:

3) tozalik;

4) yangiliklar:

5) o`tilgan mavzu

5 daqiqa

2

Ijodiy bayon bilan tanishish

(yozgan diktantlarni qayta o`qib chiqish)

3 daqiqa

3

Baholarni jurnalga qayd etish




2 daqiqa

4

Ijodiy bayonda yo`l qo`ygan xatolarni turlarga ajratgan holda aniqlash


  1. imloviy xatolar;

  2. ishoraviy xatolar:

  3. bo`g`in ko`chirishdagi xatolar;

  4. bosh harflar imlosi;

  5. xatboshi;

  6. x va h imlosi;

  7. tutuq belgisi;




5

Xatolar

Ustida

ishlash



Har bir xato so`zni to`g`ri variantini yozib chiqish

Xatoga yo`l qo`yilgan so`zlar ishtirokida gap tuzish

32 daqiqa

6

Uyga vazifa





2 daqiqa





Ona tilim – jon-u dilim

Reja:

1. Til – dil kaliti

2. Ona tili – bu millatning ruhidir

3. Ona tilim o’lmaydi

Tezislar

Donishmandlar „Til – dil kaliti“ deb bejizga aytmaganlar. Hayotda har bir yaxshi insonning qalbiga yo’l topish vositasi til ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Madomiki, shunday ekan, ona tilini mukammal o’rganmoqning foydasi nechog’lik katta ekanligi barchamizga ayondir. Til – insonlar o’rtasidagi bosh vosita hisoblanadi. Dunyodagi eng achchiq narsa ham, eng shirin narsa ham til. Til insonni o’ldirishga ham, tiriltirishga ham qodir. Ma’lumki, jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singgadi



Tezislar

Ona tili – bu millatning ruhidir. Qachonlardir biz o’z tilimizdan ochiq-oydin foydalana olmaganmiz. Shu qiyinchiliklardan so’ng nihoyat, 1989-yil 19-oktabr kuni bu o’ta muhim masala Oliy Kegash sessiyasi muhokamasiga qo’yildi va qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so’ng mamlakatimizda 1989-yil 21-oktabrida o’zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lmish ona tilimiz o’zining qonuniy maqomiga ega bo’ldi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi respublikamiz hududida yashovchi millat va elatlarning o’z ona tilisidan foydalanishga zamin yaratildi. Bu voqeadan so’ng barcha hujjatlar o’zbek tilida yuritiladigan bo’ldi. Bu Vatanimiz tarixida buyuk voqea edi.



Tezislar

Mustaqillik yillarida o’zbek tilining jamiyatimizning barcha sohalarida keng qo’llanilayotganligi, xalqaro miqyosda kompyuter va internetda foydalanilayotgani ham iqtisodiyotidoraviy ish yuritishda o’z samarasini berib kelmoqda. O’zbek tili xalqaro miqyosda keng va faol muloqot vositasiga aylanib, uning xorijiy davlatlar rahbarlari bilan olib borilayotgan muzokara va uchrashuvlarda, yuksak darajali rasmiy tadbirlardaqo’llanilayotganligi barchamizda g’urur-iftixor tuyg’usini uyg’otishini birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o’zining „Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch“ nomli asarida alohida ta’kidlab o’tganlar: „… o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga til orqali, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singgadi. Ona tili – bu millatning ruhidir“.



V. Inshoni tahlil qilish va baholash

VI. Uyga vazifa Test tuzish

46.Sana:__________________________

Mavzu: Uyushiq bo`lakli gaplar va ularda tinish belgilarning ishlatilishi

Darsning maqsadlari:

a) ta`limiy: Uyushiq bo`lakli gaplar va ularda tinish belgilarning ishlatilishi haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish

Dars turi: yangi bilim beruvchi

Dars metodi: savol-javob, „Aqliy hujum“, test

Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r

Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

8

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

22

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism

1) salomlashish; 4) yangiliklar;

2) davomat; 5) uyga vazifa.

3) navbatchi hisoboti;

II.O`tilganlarni takrorlash, “Aqliy hujim” metodi orqali o’tilgan mavzu so’raladi.

1.Sodda yig'iq gap deganda nimani tushunasiz?

2.Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?

3. Hol deganda nimani tushunasiz?

4.Gapirdi kesimini qachon? ,qayerda?, so`roqlariga javob bo`luvchi hollar bilan kengaytiring.

5. Qachon? qayerda? qanday qilib? nima uchun? nima maqsadda? so`roqlari nimalarni aniqlash uchun beriladi?

6.To'ldiruvchi deganda qanday bo'lakni tushunasiz?

7.To'ldiruvchi qanday hokim bo'lakka bog'lanadi?

8.To'ldiruvchi qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi?

9.Aniqlovchi deganda nimani tushunasiz?

10. Sifatlovchi aniqlovchi qanday savollarga javob bo'ladi?

III.Yangi mavzu bayoni

1-topshiriq.Uyingizda qanday o'quv qurollari borligini ayting.

2-topshiriq. Maktabingiz hovlisida gulning qanday turlari borligini ayting.


Download 445.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling