d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: mustahkamlash
Dars metodi: savol-javob, mashqlar bajarish. Bilimlar zanjiri, rostmi yolg’on o’yini va tezyurar o’yini, testlar
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar,test
Darsning blok sxemasi
№
|
Dars etaplari
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2
|
2
|
Takrorlash
|
10
|
3
|
1-2 –topshiriqlar
|
15
|
4
|
3-4 –topshiriqlar
|
15
|
5
|
O`quvchilarni baholash
|
2
|
6
|
Uyga vazifa
|
1
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
O’tilgan mavzuni takrorlash, Rostmi yo yolg’on o’yini asosida
Bu dars bahs, musobaqa shaklida o'tkaziladi. Buning uchun, avvalo, 4 guruhga bo`lining. Musobaqa bir necha bosqichda o'tkaziladi. Qaysi guruh bir tan-u bir jon bo'lib o'z bilimdonligini, sinchkovligini ko'rsatsa ball yig'sa, g'olib bo'ladi.
1-bosqich.«Tez yurar» o'yini. O'qituvchi guruhning har bir a'zosiga o`tilgan mavzu bo'yicha navbatma-navbat bittadan savol beradi.O`quvchilar o'rnidan turib 3 lahza ichida javob berishi kerak. Shu muddat ichida javob berolmagan o'quvchi tik turgan holda qoladi. Shu muddat ichida javob bergan guruh 10 ball oladi. Tikka qolgan o`quvchilar soni 10 dan ayiriladi va bu guruh to'plagan ball hisoblanadi.
2-topshiriq.O'qituvchi har bir guruhga quyidagi 4 gapni bo'lib beradi.
1. Har ikkimizning ham baxt izlab yurgan o'spirinligimiz ma'lumbo'ldi (G`G`ulom). 2. Qo'shish, ayirish, bo'lish, ko'paytirishlarni bilib oldim (Hakim Nazir)
3. Unga Shakarbek deb ism qo'yishibdi (“Shirin va Shakar” dostonidan).
4. Shahar ko'chalari keng va chiroyli.
Ushbu darak gaplardan imkoni boricha ko'proq so'roq, buyruq, istak hayajon gaplar hosil qilinadi. Bu gaplarni hosil qiluvchi vositalardan, albatta, foydalaniladi. Shuningdek, gaplarga boshqa so'zlarni, ayniqsa, fe`llarni qo'shish mumkin. Faqat gapning mazmuni o'zgarib ketmasin. Har bir to`g`ri tuzilgan gapga 1 ball beriladi, noto'g'ri bo'lsa ball berilmaydi.
3-topshiriq. O'qituvchi sinf taxtasiga har bir guruh uchun bittadan gap yozadi. Gaplarda tinish belgilari hamda imlo bilan bog'liq 5 ta xato bo`ladi. Guruhlar uni qog'ozga ko'chirib, 2 daqiqada xatolarni tuzatib, o`qituvchiga topshirishi kerak. O'qituvchi javoblami sinf taxtasida tahlil qilib beradi. Har bir to'g'ri tuzatilgan xato uchun 1 ball beriladi.
4-topshiriq. Har bir guruhdan bittadan o'quvchi taklif qilinadi. O`qituvchi ifoda maqsadi hamda his-hayajon ishtirokiga ko`ra turlicha bo`lgan 5 ta gapni o'qib eshittiradi. Guruh vakillari beshala gapni bexato yozishlari, zarur bo'lgan tinish belgilarini to'g'ri qo'yishlari kerak. Eng yuqori ball 10 ball, har bir xato uchun bir baldan olib tashlanadi.
5-topshiriq.Musobaqa yakunlanib, natijalar xulosalanadi.
Agar guruhingiz g'olib bo'lolmasa yoki oxirgi o'rinlarda qolib ketgan bo`lsa, xafa bo'lmang. Yaxshisi, keyingi shunday musobaqalarda g'olib bo`lish uchun o'tilganlarni takrorlab turing, puxta va izchil bilim oling
112-mashq. Uyga topshiriq. Berilgan so'zlarni ifoda maqsadiga qanday gapning kesimi bo`lishini e'tiborga olib, jadvalga joylashtiring
Darak gap
|
So'roq gap
|
Buyruq gap
|
Istak gap
|
|
|
|
|
Kelyapti, aytsa, yugur, baland, biladimi, ko'rsaydi, ko'rdik, o'qimoqchiman, bersin, borasan-a, qani kelsa, odobli, tushunsa.
29.Sana : 3.10.2017__________________________________________
Sinf: 5-„B“_________________________________________________
Fan:__ona tili________________________________________________
Mavzu:______________________________________________________
Darsning maqsadlari:
a)_ Gaplarning ifoda maqsadiga ko`ra turlari bo`yicha o‘quvchilarning egallangan bilimlarini nazorat qilish ;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: __nazorat__________________________________________
Dars metodi: ________________________________________________
Dars jihozi: nazorat ishi daftarlari
Darsning blok sxemasi
|
Dars etaplari
|
Reglament
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ijodiy bayon matnini o`qib eshittirish
|
3 daqiqa
|
3
|
Matn mazmunini so`rash
|
2 daqiqa
|
4
|
Matn yuzasidan suhbatlashish
|
5 daqiqa
|
5
|
Ijodiy matnni yozish
|
72 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
Do'stlaringiz bilan baham: |