Kirish. О‘simliklar hayotida nafas olishning ahamiyati
Download 44.56 Kb.
|
R. Mohira Botanika kurs ishi
HARORAT. О‘simliklarning nafas olish jarayoni harorat ta’siriga uzviy bog‘liq. Bu bog‘liqlik ma’lum harorat darajalarida Vant-Goff qoidasiga bо‘ysunadi, ya’ni xarorat har safar 100° ga kо‘tarilganda nafas olish tezligi ikki baravar oshadi. Masalan, u 0" dan 20°S gacha oshib borganda reaksiya tezligi ham 2-3 marta oshib boradi. Lekin 20" S dan yuqori haroratda reaksiya tezligi kamroq oshib boradi.
О‘simlik turlari va a’zolarining harorat chegaralari bо‘ladi (minimal, optimal va maksimal). Nafas olishning minimal (pastki) chegarasi kо‘pchilik о‘simliklar uchun juda past. Masalan, qarag‘ay va archalar uchun —25°S. Albatta, issiqsevar о‘simliklar uchun bu kо‘rsatkich ancha yuqori, ayrimlari uchun O"S atrofida bо‘ladi. Harorat oshg‘anda nafas olish kuchi ham oshadi va u 40°S yetguncha Vant-Goff qoidasiga bо‘ysunadi. Kо‘pchilik madaniy о‘simliklarda harorat 40°S dan oshgach, nafas olish ham darhol yuqoriga kutariladi, 50°S atrofida keskin pasayib qoladi va о‘simlik qattiq zararlanadi. Shuning uchun ham nafas olish uchun dastlab kuchayib, sо‘ngra pasayadigan harorat emas, balki bu jarayon doim yuqori darajada bо‘ladigan harorat optimal (maqbul) deyiladi. Kо‘pchilik о‘simliklar uchun 30-40°S atrofida bо‘ladi. Bu fotosintezning maqbul darajasidan 5-10°S yuqori. Maksimal harorat esa 45-55°S atrofida bо‘lib, xar bir о‘simlik oqsilining xususiyatlariga bog‘liq. Nafas olishning maqbul harorat darajasi tanadagi modda almashinuv jarayonidagi barcha biokimyoviy reaksiyalar va fermentlarning faolligi uchun ham ancha qulaydir. SUV REJIMI Nafas olish tezligiga hujayralarning suv bilan ta’minlanish darajasi xam katta ta’sir etadi. О‘simliklarning barglarida birdaniga suvning kamayishi sababli dastavval nafas olish tezlashadi. Keyinchalik esa suv tanqisligi ortib borishi bilan nafas olish tezligi ham pasaya boradi. Buni urug‘larda yaxshi kuzatish mumkin. Yetilmagan urug‘larda suv mikdori kо‘p, nafas olish ham nisbatak kuchliroq bо‘ladi. Urug‘lar pishib yetilgach, suv miqdori ham eng kam 10-11 foiz bо‘ladi. Bunday urug‘larda nafas olish xam eng past darajada borib, ular yaxshi saklanadi. Ekish oldidan ivitilgan urug‘lar suvni 30-35 foizgacha shimib olgandan sо‘ng ularning nafas olish tezligi bir necha ming mar-tadan oshib ketadi va unish jarayoni boshlanadi. Urug‘larda kechadigan bu fiziologik jarayonlarni boshkarish yо‘li bilan donlarni sifatli saqlash, ulardan yuqori darajada foydalanish mumkin. Urug‘lar oshiqcha suvni shimib olganda xam aeratsiya jarayoni buzilib, bijg‘ish boshlanishi va urug‘lar nobud bо‘lishi mumkin. Bunday hollarda urug‘ qorayib qoladi va unuvchanlik qobiliyatini yо‘qotadi. Download 44.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling