Kirish. О‘simliklar hayotida nafas olishning ahamiyati
Download 44.56 Kb.
|
R. Mohira Botanika kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nafas olishning ichki va tashqi sharoit omillariga bog‘liqligi
GLIOKSILAT SIKLI. Bu sikl 1957 yilda birinchi marta GL.Korenberg va G.A.Krebs tomonidan bakteriyalar va mog‘or zamburuklarida aniqlangan edi. Keyinchalik aniklanishicha, u moyli о‘simliklarning unayotgan uruglarida va zaxira yoglar, shakarlarga aylanishi kerak bо‘lgan organlarida sodir bо‘lar ekan. Glioksilat sikli hujayradagi maxsus organoid glioksisomalarda sodir buladi. Mitoxondriyalarda, shuningdsk, hayvon hujayralarida ham bu sikl bо‘lmaydi.
Glioksilat sikli asosan moyli о‘simliklarning nafas olishidagi aerob bosqichida Krebs sikli о‘rnida sodir.bо‘ladi. Chunki u Krebs siklining ma’lum mikdorda о‘zgargan yо‘lidir: 1) Krebs siklining bir qismida: izotsitrat kislota — suksinil — > SoA — suksinat kislota kislota — » malat kislota — ... 2) Glioksilat siklining shu qismida: izotsitrat kislota — suksinat kislota — glioksilat kislota — atsetil-SoA — malat kislota—... Kо‘rinib turibdiki, Krebs siklidan farqli о‘laroq, bu siklda glioksilat kislota va atsetil SoA hosil bо‘ladi va natijada har bir doirada ikki molekula atsetil SoA ishtirok etadi (44-chizma). Umuman, glioksilat sikli zaxira yog‘larni sarflaydi va yog‘larning parchalanishida oraliq modda — atsetil SoA hosil bо‘ladi. Har ikki molekula atsetil SoA hisobiga bir molequla NADN qaytariladi va uning energiyasi mitoxondriyalarda ATF sinteziga sarflanishi mumkin. Hosil bо‘lgan suksinat kislota ( qahrabo kislota ) glioksisomadan tashqariga chiqadi va mitoxondriyalarga о‘tib, biosintez jarayonlarida ishtarok ztadi. Glioksilag kislota esa glikokol aminokislotasining hosil bо‘lishi uchun dastlabki modda hisoblanadi. Nafas olishning ichki va tashqi sharoit omillariga bog‘liqligi Nafas olish tezligi о‘simliklarning turi, yoshi va yashash sharoitidagi omillar ta’siriga bogliq. Hatto bu tezlik bir о‘simlikning har xil qismlarida turlicha sodir bо‘ladi. О‘simlik qancha yosh va modda almashinuv jarayoni qancha faol bо‘lsa, nafas olish ham shuncha kuchli bо‘ladi. О‘simlikning qarish jarayonida nafas olish tezligi ham pasaya boradi. Pishib yetilgan, quruq urug‘larda nafas olish tezligi juda past, unayotgan urug‘larda esa juda faol bо‘ladi. Masalan, tarkibida 10-12 foiz suvi bо‘lgan bir kilogramm arpa urug‘i bir kecha-kunduzda 0,3-0,4 mg SO2 ajratadi, Tо‘la bо‘rtgan va unayotgan urug‘larda esa nafas olish tezligi 10 ming martadan yuqori bо‘ladi. Umuman, о‘simliklarning nafas olish tezligi ichki va tashqi omillar ta’siriga bog‘liq. Download 44.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling