Kirish Oʻzbekiston Ekologik partiyasi


Partiyaning bosh shiori - «Biz kelajak uchun javobgarmiz!»


Download 21.22 Kb.
bet3/5
Sana10.03.2023
Hajmi21.22 Kb.
#1257477
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologiya partiyasi va uning faoliyati


Partiyaning bosh shiori - «Biz kelajak uchun javobgarmiz!»
Partiya O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq tashkil etilgan.
Partiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, boshqa qonun hujjatlari hamda Partiya Dasturi va ushbu Ustavga muvofiq amalga oshiradi.
Partiyaning faoliyati Vatanga, atrof muhit va fuqarolar salomatligini muhofaza qilish va mamlakatning tabiiy resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ishlarida fidokorona xizmat qilish, Partiyaga kirish va Partiyadan chiqishning ixtiyoriyligi, partiyaviy intizom, o‘zini o‘zi boshqarish, rahbar organlarining saylanishi, o‘z a’zolarining teng huquqliligi, qonuniylik, ochiqlik va oshkoralik printsiplari asosida amalga oshiriladi.
Partiya o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha, Partiya a’zolari esa Partiyaning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Partiya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytidan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining muhri, tamg‘asi, blanki, O‘zbekiston banklarida hisob raqamiga, mol-mulkka, mulkiy va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘ladi.
Partiya O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatga olingan o‘zining ramzlari sifatida emblema, bayroq va vimpellariga ega bo‘lishi mumkin.
Partiya faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida amalga oshiradi.
Partiyaning doimiy faoliyat yurituvchi rahbar organi joylashgan manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 59-uy.
Partiya faoliyatining muddati cheklanmagan.



    1. Partiyaga a`zolik qilish va a`zolari

Partiyaga 18 yoshga to‘lgan, uning manfaatlari va maqsadini qo‘llab-quvvatlaydigan, Partiya Ustavini tan oladigan va talablariga rioya qiladigan hamda uning faoliyatida faol ishtirok etadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi a’zo bo‘lishi mumkin.
Partiyaga a’zolik ixtiyoriylik asosida, yakka, qayd etiladigan tartibda amalga oshiriladi.
Partiyaga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yozma arizasi asosida boshlang‘ich partiya tashkiloti umumiy yig‘ilishi yoki uning Kengashi qarori asosida amalga oshiriladi.
Partiyaga qabul qilish Partiyaning tegishli tuman (shahar) tashkilotlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling