Kirish Oʻzbekiston Ekologik partiyasi


Partiya a’zosiga Partiyaning a’zolik bileti beriladi


Download 21.22 Kb.
bet4/5
Sana10.03.2023
Hajmi21.22 Kb.
#1257477
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekologiya partiyasi va uning faoliyati


Partiya a’zosiga Partiyaning a’zolik bileti beriladi.
Partiya a’zosi ayni paytda boshqa partiyaga a’zo bo‘lishi mumkin emas.
Partiyaga a’zolik quyidagi hollarda tugatiladi:
ixtiyoriy hohish bildirganda (boshlang‘ich, tuman yoki shahar tashkilotiga yozma ariza asosida);
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum bo‘lganda;
harbiy xizmatga, davlat xavfsizlik idoralariga, ichki ishlar organlariga o‘tganda, prokuror yoki prokuratura tergovchisi, sudya etib tayinlanganda (saylanganda) va qonun hujjatlarida partiyaga a’zo bo‘lish cheklangan lavozimlarga tayinlangan boshqa holatlarda;
Partiyaning Ustaviga rioya etmaganlik, shuningdek Partiya obro‘sizlantiruvchi yoki uning dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda to‘sqinlik qiladigan boshqa harakatlar sodir etganda;
boshqa partiyaga a’zo bo‘lib kirganda;
vafot etganda.
Partiyaga a’zolikni tugatish, shu jumladan uning safidan chiqarish xamda Partiyaga a’zoligini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror boshlang‘ich partiya tashkiloti umumiy yig‘ilishi yoki uning Kengashi, tuman (shahar) partiya tashkiloti Ijroiya qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi.
Partiya a’zosi qonun hujjatlariga asosan siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lish huquqi cheklangan lavozimlarga tayinlangan taqdirda Partiyaga a’zolikni to‘xtatadi. A’zolikni to‘xtatish Partiya a’zosi ushbu lavozimga tayinlangan kundan e’tiboran tuman (shahar) yoki boshlang‘ich tashkilotning yozma xabarnomasi asosida amalga oshiriladi.
Partiyadan chiqarish to‘g‘risidagi qaror Partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Partiyadan chiqarish to‘g‘risidagi qaror ustidan yuqori partiya organlariga shikoyat qilinishi mumkin.
Partiya a’zolarining hisobi hisob varaqasi, elektron ma’lumotlar bazasi va Partiya a’zolari ro‘yxatiga asosan amalga oshiriladi.
Partiya O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq hududiy printsip bo‘yicha tashkil etiladi. Partiya tarkibiga markaziy organlar, hududiy partiya tashkilotlari, ularning tuman (shahar) va boshlang‘ich partiya tashkilotlari kiradi.
Qaraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy partiya tashkilotlari tuziladi.
Tuman (shahar)larda tuman (shahar) partiya tashkilotlari tuziladi.
Yashash manzili yoki ish joyi bo‘yicha partiya a’zolari faoliyatini birlashtirish va muvofiqlashtirish uchun boshlang‘ich partiya tashkilotlari tuzilishi mumkin.

Xulosa
2009 va 2014-yillardagi saylovoldi tashviqotlarida O‘zbekiston Ekoharakati kvotaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga 15 ta mandat qo‘lga kiritdi.
2019-yil dekabr oyida O‘zbekiston Ekologik partiyasi markaziy va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga deputatlar saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasida boshqa siyosiy partiyalar qatori teng huquqli ishtirok etdi . Saylov natijalariga ko‘ra, partiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 15 (10 foiz) deputatlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga (parlament) 10 (15 foiz) deputatlik o‘rnini qo‘lga kiritdi. , xalq deputatlari viloyat Kengashlari (kengashlari)dagi 74 deputatlik o‘rni va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida 525 deputatlik o‘rni.
2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Narzulla Ablamuradov 4,1 foiz ovoz olgan.



Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling