Kirish qismi


Download 0.54 Mb.
bet1/8
Sana08.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1248551
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dilobarapa kurs ishi



KIRISH QISMI
Konchilik mamlakat sanoatining yirik tarmoqlaridan biri bo‘lib, xalq xo‘jaligini rivojlantirish va samaradorligining yuqori bo‘lishini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Chunki konchilik sanoati tarmoqlarida neft, tabiiy gaz, ko‘mir, rangli metall, nometall qurilish materiallari kabi ko‘plab foydali qazilma konlarini qazib chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritadi.
Konlami qazib olish ishlari masshtabining nihoyatda keng- ligi, mehnat va kapitaltalabligi, shuningdek, kon qazish ishlar- ining tobora chuqurlashib borishi tufayli qazish ishlari sharoit- larining murakkablashishi nafaqat konchilik sanoati texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, balki butunlay xalq xo‘jaiigining saniaradorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli konchilik ishlari samaradorligini oshirish mamlakat xalq xo‘ja- ligining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Konchilik sanoati texnik-iqtisodiy ko‘rsatkicHarini yaxshi- lashga. birinchi navbatda, konlami progressiv ochiq usulda qazib olishni rivojlantirish orqali erishiladi. Chunki foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan istiqbolli usul hisoblanadi. Ochiq usulda kon qazishning qudratli industrial bazasining mavjudligi va foydali qazilma zaxiralarining katta qismining yer yuziga yaqin joylashganligi tufayli hozirgi vaqtda mamlakatimizda qazib olinayotgan qattiq mineral xomashyoning katta qismi (80 — 85%) ana shu progressiv ochiq usulda qazib olinmoqda.
Keyingi yillarda mamlakat karyerlarid a ilmiy-texnika taraqqiyoti natijalari asosida takomillashgan texnika va inno- vatsion texnologiyalaming qo‘llanilishi orqali ochiq usulda kon qazish ishlari iqfisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishilmoqda. Bu es o‘z navbatida, konlami ochiq usulda qazib olish doirasini yanada kengaytirishga imkon yaratmoqda.

“Konchilik ishi” yo‘na1ishi va “Ochiq kon ishlari” mutaxassisligi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda “Ochiq kon ishlari texnologiyasi va kompleks mexanizatsiyalash” kursi konlami ochiq usulda qazib chiqaruvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Bu fanni chuqurroq o‘rganish uchun talaba “Geologiya”, “Geomexanika”, “Burg‘ilab-portlatish ishlari”, “Kon mashina- lari”, “Foydali qazilmalami qayta ishlash va boyitish” kabi qator fanlami o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.


O‘quv qo‘llanma bo‘1imlarining nazariy talqini akad. Rjevskiy V.V., akad. Melnikov N.V., prof. Sheshko E.F., prof. Novojilov M.T., prof. Tomakov P.I. va boshqa olimlar ijodlari bazasida yoritilgan.
O‘quv qo‘l1anmani chop etishgatayyorlashdayaqindan yordain berganliklari uchun dotsent Z.G‘. Qayumov va S.T. Usmonova,

    1. Kazakbayevalarga mualliflar chuqur minnatdorchilik bildiradilar.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling