Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


-rasm. Toshkent shahrida monolit qurilgan Banklar assotsiatsiyasi binosi


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

16.9-rasm. Toshkent shahrida monolit qurilgan Banklar assotsiatsiyasi binosi 
O‘zbekistonda, xususan Toshkent shahrida ko‘plab zamonaviy binolar 
monolit 
betonlash 
usulida 
qurilmoqda. 
Interkontinental, 
SHeraton 
mehmonxonalari, Biznes markazi, Banklar assotsiatsiyasi administrativ binolar 
qurilishi shular jumlasidandir (9-rasm).
Nazariy savollar 
1. 
Betonning kompozitsion strukturasini tushuntirib bering.
2. 
Betonlarni klassifikatsiyalab bering.
3. 
Beton to‘ldirgichlariga qo‘yiladigan texnik talablarni aytib bering.
4. 
Betonning qulay joylanuvchanligi bo‘yicha klassifikatsiyasini tushuntirib bering.
5. 
Betonning asosiy xossalarini aytib bering.
6. 
Beton qorishmasini tayyorlash texnologiyasi asosiy jixatlarini tushuntirib bering.
7. 
Beton qorishmasini qanday zichlashtirish usullarini bilasiz?
8. 
Beton qotishini ta’minlash usullari qanday?
9. 
Quruq issiq iqlim sharoitida beton quyish texnologiyasi jixatlarini aytib bering.
10. 
Qishda beton quyish texnologiyasida qanday omillarga ahamiyat beriladi?
11. 
Engil betonlarning klassifikatsiyalab bering.
12. 
Engil betonlarning asosiy xossalarini gapirib bering.
13. 
YAcheykali betonlarning qanday turlarini bilasiz.
14. 
Betonning maxsus turlarini va ularning qaerda ishlatilishini tushuntirib bering.
 
14-MAVZU 
QURILISH QORISHMALARINING ASOSIY XOSSALARI 
Reja: 
1. 
Umumiy ma’lumotlar.
2. 
Qurilish qorishmalari uchun materiallar.


3. 
Qurilish qorishmalarining xossalari.
  
1. Umumiy ma’lumotlar  
Qurilish qorishmasi kompozitsion material bo‘lib, mineral bog‘lovchi 
modda, suv, mayda to‘ldirgich va qorishma xossalarini yaxshilovchi 
qo‘shimchalardan iborat aralashmaning qotishidan hosil bo‘ladi. Mineral 
bog‘lovchi sifatida portlandsement va uning turlari, havoyi va gidravlik ohak, 
qurilish gipsi va sh.k. ishlatiladi. Qorishma xossalarini yaxshilovchi komponent 
sifatida mineral aktiv kukunlar va polimer sirtaktiv moddalar ishlatiladi.
Qurilish qorishmalarini ishlatish tarixi bir-necha ming yillarga tengdir. 
Xususan O‘zbekiston xududidagi arxitektura yodgorliklarini barpo etishda tarkibi 
aktiv mineral kukunlar va tabiiy organik moddalar bilan mukammallashtirilgan 
qurilish qorishmalari ishlatilgan. Bu bino va inshootlarning poydevor qismi 
qurilishida ishlatilgan suvga chidamli “qir” qorishmalari ohak bog‘lovchisiga 
o‘simliklar kuli va tabiiy yog‘liq komponentlarni qo‘shib tayyorlangani tarixiy 
manbalardan ma’lum.
Qurilish qorishmalari bog‘lovchi moddaning turiga, o‘rtacha zichligiga va 
ishlatilish sohasiga nisbatan guruxlarga bo‘linadi.
Bog‘lovchi modda turiga ko‘ra qurilish qorishmalari sementli, ohakli, 
gipsli va aralash bog‘lovchili (sement-ohakli, sement-giltuproqli, ohakgipsli va 
.sh.k.) qorishmalarga bo‘linadi. Qorishma bitta bog‘lovchi asosida bo‘lsa oddiy, 
bir-necha bog‘lovchidan iborat bo‘lsa murakkab qorishma deb ataladi.
O‘rtacha zichligiga ko‘ra qurilish qorishmalari og‘ir qorishmalarga
(
m
>1500 kg m
3
) va engil qorishmalarga (
m
<1500 kg m
3
) bo‘linadi.
Og‘ir qorishmalar kvars qumlari va boshqa og‘ir toshlarning qumlari 
asosida, engil qorishmalar esa keramzit, agloporit, shlaklar, pemza, tuf va boshqa 
engil toshlarning qumi asosida tayyorlanadi.
Ishlatilish sohasiga ko‘ra qurilish qorishmalari g‘isht-tosh terish, poydevor, 
yirik bloklar va boshqa temirbeton konstruksiyalarni montaj qilishda ishlatiladigan 
terish; g‘isht va tosh devorlar, devor temirbeton bloklar va panellar va boshqa 
konstruksiyalarni suvash uchun ishlatiladigan pardozlash; gidroizolyasiya, akustik, 
rentgen nurlaridan himoyalovchi va shu kabi maxsus qorishmalarga bo‘linadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling