Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konveyer usulida
Potok-agregat usulida hamma texnologik operatsiyalar-qoliplarni tozalash
va moylash, armaturani joylashtirish, qoliplash, issiqlik bilan qayta ishlash, qoliplardan bo‘shatish maxsus postlarda amalga oshiriladi. Maxsus postlar mexanizm va agregatlar bilan jixozlangan bo‘ladi. Temirbeton buyum va konstruksiyalar qoliplar bilan birgalikda postdan postga transport vositalari yordamida ko‘chiriladi. Postlarda bajariladigan texnologik operatsiyalarning turiga qarab ishlarni bajarish vaqti 2-5 minutdan 6-12 soatgacha bo‘lishi mumkin. Bu usulda texnologik siklni saqlash maqsadida uzoq davom etadigan murakkab operatsiyalar bajariladigan postlarda mexanizm va agregatlar soni bir nechta bo‘lishi va shunga binoan ishchi kuchi ko‘proq bo‘lishi kerak. Potok-agregat usulida qolip va buyumlar postdan postga ko‘prik krani yordamida ko‘chiriladi. Bu usul texnologik jixatdan nisbatan murakkab bo‘lib, katta ishlab chiqarish maydonlarini, yirik kapital mablag‘larni talab etadi. Bu usulda keng nomenklaturadagi temirbeton buyum va konstruksiyalar ishlab chiqarish mumkin. Potok-agregat usuli odatda yiliga 60-100 ming m 3 buyum ishlab chiqaradigan o‘rtacha quvvatdagi temirbeton zavodlarda ishlatiladi. Konveyer usulida temirbeton buyum va konstruksiyalar taglikaravachalarda belgilangan qat’iy ritmda texnologik potok bo‘ylab harakatlanadi. Bu usulda texnologik operatsiyalar har bir postda alohidaalohida bajariladi. Postlar soni va texnologik uskunalar turi bajariladigan operatsiyalarning davomiyligi bilan belgilanadi. Konveyer usulida tegishli postlarda zarur bo‘lgan qismlar, yarim fabrikatlar: armatura karkaslari, beton qorishmasi, pardozlash qorishmalari va qoplash plitkalari va sh.k. texnologik operatsiyalarni bajarish uchun tayyor holda bo‘ladi va uzluksizlikni ta’minlaydi. Buyumlarni termik qayta ishlash kameralari gorizontal va vertikal uzluksiz ishlaydigan kameralardan iborat bo‘ladi. Konveyer usuli katta quvvatli bir xil tiplardagi buyum va konstruksiyalar ishlab chiqaradigan zavodlarda ishlatiladi. 16.6-rasm. Ikki yarusli prokat stani Konveyer usuliga ikki yarusli prokat stanini misol qilib keltirish mumkin. Bu prokat stani (6-rasm) pulsatsiyalanuvchi ritm asosida harakatlanadigan qolip- vagonetkalardan iborat vertikal-tutash konveyerdir. YUqori yarusda beton qorishmasini quyish va armaturani joylashtirish, buyum va konstruksiyalarni qoliplash va kalibrlash uchun mexanizm va agregatlar, pastki yarusda esa tirqish tipidagi issiqlik bilan ishlov berish kamerasi joylashgan. Buyum issiqlik bilan 4,5 soat davomida ishlov berilganda markadagi mustahkamlikning 70% iga erishadi. Prokat stani 18 minutga teng qat’iy ritmda ishlaydi, qolipni postdan postga ko‘chirish vaqti 10 minutni tashkil etadi. Qolip-vagonetkalarning o‘rtacha harakatlanish tezligi 20-30m soat. 16.7-rasm. Kasseta ustanovkasi Ikki yarusli stanlarda temirbeton konstruksiyalarni tayyorlash texnologiyasi bitta-ikkita nomenklaturadagi mahsulotni tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘ladi. Bu usulda panellar, plitalar, to‘sinlar, ustunlar va boshqalar tayyorlanishi mumkin. Kasseta usuli stend texnologiyaning bir turi bo‘lib, buyumlar vertikal qolip- kassetalarda tayyorlanadi. Qolip-kassetalar yonma-yon joylashgan, metall plastinkalar bilan birbiridan ajratilgan qoliplardan iborat bo‘ladi. Kasseta ustanovkasida temirbeton buyumlar qoliplanadi va issiqlik bilan ishlov beriladi. Qolip-kassetalarga quyilgan beton qorishmasi osma yoki chuqurlik titratkichlar yordamida zichlashtiriladi. Ular buyumni bug‘ yoki elektr toki bilan isitish uchun moslashtirilgan maxsus moslamalarga ega bo‘ladi. Kassetalarda buyumga 85-95 0 S haroratda 610 soat davomida issiqlik bilan ishlov beriladi. Issiqlik bilan ishlov berilib, etarli mustahkamlikka erishgan buyumlar ko‘prik krani vositasida bir oz bo‘shatilgan qoliplardan chiqarib olinadi. Buyum maxsus transport yoki ko‘prik krani yordamida tayyor mahsulotlar omborxonasiga olib boriladi. Kasseta usulida tashqi va ichki devor panellari va plitalari, yopmalar paneli, zinapoya marshlari va supalari, balkon plitalari va boshqa yassi yuzali yupqa temirbeton konstruksiyalar tayyorlanadi. Bu usul boshqa usullarga nisbatan mehnat unumdorligining yuqoriligi, ishlab chiqarish maydonining kichikligi, energiya resurslarni kam sarflanishi va majburiy qat’iy ritmning talab etilmasligi bilan farqlanadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling