Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Potok-agregat usulida hamma texnologik operatsiyalar-qoliplarni tozalash 
va moylash, armaturani joylashtirish, qoliplash, issiqlik bilan qayta ishlash, 
qoliplardan bo‘shatish maxsus postlarda amalga oshiriladi.
Maxsus postlar mexanizm va agregatlar bilan jixozlangan bo‘ladi. 
Temirbeton buyum va konstruksiyalar qoliplar bilan birgalikda postdan postga 
transport vositalari yordamida ko‘chiriladi. Postlarda bajariladigan texnologik 
operatsiyalarning turiga qarab ishlarni bajarish vaqti 2-5 minutdan 6-12 soatgacha 
bo‘lishi mumkin.
Bu usulda texnologik siklni saqlash maqsadida uzoq davom etadigan 
murakkab operatsiyalar bajariladigan postlarda mexanizm va agregatlar soni bir 
nechta bo‘lishi va shunga binoan ishchi kuchi ko‘proq bo‘lishi kerak.
Potok-agregat usulida qolip va buyumlar postdan postga ko‘prik krani 
yordamida ko‘chiriladi. Bu usul texnologik jixatdan nisbatan murakkab bo‘lib, 
katta ishlab chiqarish maydonlarini, yirik kapital mablag‘larni talab etadi. Bu 
usulda keng nomenklaturadagi temirbeton buyum va konstruksiyalar ishlab 
chiqarish mumkin.


Potok-agregat usuli odatda yiliga 60-100 ming m
3
buyum ishlab 
chiqaradigan o‘rtacha quvvatdagi temirbeton zavodlarda ishlatiladi.
Konveyer 
usulida 
temirbeton 
buyum 
va 
konstruksiyalar 
taglikaravachalarda belgilangan qat’iy ritmda texnologik potok bo‘ylab 
harakatlanadi. Bu usulda texnologik operatsiyalar har bir postda alohidaalohida 
bajariladi. Postlar soni va texnologik uskunalar turi bajariladigan operatsiyalarning 
davomiyligi bilan belgilanadi.
Konveyer usulida tegishli postlarda zarur bo‘lgan qismlar, yarim 
fabrikatlar: armatura karkaslari, beton qorishmasi, pardozlash qorishmalari va 
qoplash plitkalari va sh.k. texnologik operatsiyalarni bajarish uchun tayyor holda 
bo‘ladi va uzluksizlikni ta’minlaydi. Buyumlarni termik qayta ishlash kameralari 
gorizontal va vertikal uzluksiz ishlaydigan kameralardan iborat bo‘ladi.
Konveyer usuli katta quvvatli bir xil tiplardagi buyum va konstruksiyalar 
ishlab chiqaradigan zavodlarda ishlatiladi.
16.6-rasm. Ikki yarusli prokat stani 
Konveyer usuliga ikki yarusli prokat stanini misol qilib keltirish mumkin. 
Bu prokat stani (6-rasm) pulsatsiyalanuvchi ritm asosida harakatlanadigan qolip-
vagonetkalardan iborat vertikal-tutash konveyerdir. YUqori yarusda beton 
qorishmasini quyish va armaturani joylashtirish, buyum va konstruksiyalarni 
qoliplash va kalibrlash uchun mexanizm va agregatlar, pastki yarusda esa tirqish 
tipidagi issiqlik bilan ishlov berish kamerasi joylashgan.
Buyum issiqlik bilan 4,5 soat davomida ishlov berilganda markadagi 
mustahkamlikning 70% iga erishadi.
Prokat stani 18 minutga teng qat’iy ritmda ishlaydi, qolipni postdan postga 
ko‘chirish vaqti 10 minutni tashkil etadi. Qolip-vagonetkalarning
o‘rtacha harakatlanish tezligi 20-30m soat.


16.7-rasm. Kasseta ustanovkasi 
Ikki yarusli stanlarda temirbeton konstruksiyalarni tayyorlash texnologiyasi 
bitta-ikkita nomenklaturadagi mahsulotni tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashgan 
bo‘ladi. Bu usulda panellar, plitalar, to‘sinlar, ustunlar va boshqalar tayyorlanishi 
mumkin.
Kasseta usuli stend texnologiyaning bir turi bo‘lib, buyumlar vertikal qolip-
kassetalarda tayyorlanadi.
Qolip-kassetalar yonma-yon joylashgan, metall plastinkalar bilan birbiridan 
ajratilgan qoliplardan iborat bo‘ladi. Kasseta ustanovkasida temirbeton buyumlar 
qoliplanadi va issiqlik bilan ishlov beriladi.
Qolip-kassetalarga quyilgan beton qorishmasi osma yoki chuqurlik 
titratkichlar yordamida zichlashtiriladi.
Ular buyumni bug‘ yoki elektr toki bilan isitish uchun moslashtirilgan 
maxsus moslamalarga ega bo‘ladi. Kassetalarda buyumga 85-95
0
S haroratda 610 
soat davomida issiqlik bilan ishlov beriladi. Issiqlik bilan ishlov berilib, etarli 
mustahkamlikka erishgan buyumlar ko‘prik krani vositasida bir oz bo‘shatilgan 
qoliplardan chiqarib olinadi. Buyum maxsus transport yoki ko‘prik krani 
yordamida tayyor mahsulotlar omborxonasiga olib boriladi.
Kasseta usulida tashqi va ichki devor panellari va plitalari, yopmalar 
paneli, zinapoya marshlari va supalari, balkon plitalari va boshqa yassi yuzali 
yupqa temirbeton konstruksiyalar tayyorlanadi.
Bu usul boshqa usullarga nisbatan mehnat unumdorligining yuqoriligi, 
ishlab chiqarish maydonining kichikligi, energiya resurslarni kam sarflanishi va 
majburiy qat’iy ritmning talab etilmasligi bilan farqlanadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling