Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Temirbeton buyum va konstruksiyalarni tashish va omborga joylashtirish
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
Temirbeton buyum va konstruksiyalarni tashish va omborga joylashtirish
Yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalar qurilish maydonlariga odatda avtomobil transportida tashiladi. Xususiy hollarda maxsus konstruksiyalar (temir yo‘l shpallari, yuqori bosimda ishlatiladigan quvurlar va boshq.) temiryo‘l transportida tashilishi mumkin. Kichik o‘lchamli buyumlar (plitalar, bloklar, zinapoya supalari va marshlari va sh.k.) yuk avtomobillarda tashiladi. Yirik o‘lchamli massiv konstruksiyalar (ustun, to‘sin, ko‘prik elementlari va sh.k.) tirkamali tyagachlarda, devorbop panellar yarim tirkamali panel tashigichlarda (trellerlar) tashiladi. Qurilish maydonida temirbeton buyum va konstruksiyalar maxsus vakil tomonidan qabul qilib olinadi. Bunda mahsulotning davlat standarti talablariga mos kelishi pasporti va OTK ning shtampiga qarab tekshiriladi. Buyum va konstruksiyaning tashqi nuqsonlari (darz, o‘lchamlarning nomutanosibligi va sh.k.) mavjudligi ko‘zdan kechiriladi. YUk ko‘tarishga mo‘ljallangan har bir konstruksiya, buyum va detallar esa tanlab ko‘zdan kechiriladi. Temirbeton massiv buyum va konstruksiyalar qurilish maydonlarida montaj krani etadigan maxsus omborxonalarga taxlanadi. Omborxonalarda temirbeton konstruksiyalar turlari bo‘yicha alohida joylashtiriladi. Bunda bir tomondan armaturalangan konstruksiyalar armaturasi pastki zonada bo‘lishi ta’minlanishi shart. Bunday konstruksiyalarda uchburchak belgi bo‘lib, uning uchi konstruksiyaning ish vaziyatdagi ustki tomonini ko‘rsatadi. Omborxona maydonidan unumli foydalanish maqsadida buyum va konstruksiyalar shtabel ko‘rinishida ustma-ust yotqizib taxlanadi. Temirbeton buyumlar ortiqcha zo‘riqmasligi uchun shtabelning balandligi belgilangan meyordan ortmasligi kerak. SHtabellarning balandligi va tayanchlarning holati texnik shartlar ko‘rsatilgan davlat standartlarida belgilab qo‘yilgan. Devor panellari va boshqa turdagi panellar omborxonada vertikal yoki qiya vaziyatda (10-12 0 qiyalikda) saqlanadi. Temirbeton buyumlarni omborxonada saqlash namunalari 7.8-rasmda ko‘rsatilgan. Hajmiy blokli uysozlik konstruksiyalari maxsus moslashtirilgan avtomobil transportida tashiladi va omborxonalarda alohida saqlanadi. Qurilish ishlari aniq tashkil etilgan maydonlarda hajmiy blokli xonalar transportdan bevosita montaj uchun uzatilishi mumkin. Bunda tushirish va montaj ishlari vaqti qisqaradi va qurilish maydonidagi omborxona kichik saxnni egallaydi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling