YUqori markadagi sementlarni qurilish qorishmalari (ayniqsa, past
markadagi qorishma) olishda ishlatish qorishmaning suv ushlashlik,
qatlamlanish
kabi xususiyatlarini yomonlashtiradi.
Qorishmaning texnologik xossalarini yaxshilash va portlandsement kabi
bog‘lovchilarni tejash maqsadida ikki va uch komponentli murakkab tarkibli
qorishmalar keng ko‘lamda ishlatiladi.
Havoyi va gidravlik ohak qurilish qorishmalari
olishda ohak xamiri yoki
ohak suti ko‘rinishida qo‘llaniladi.
Qurilish gipsi alohida ravishda binolarning ichki va tashqi bezagi
uchun qorishmalar va murakkab qorishmalar tayyorlashda qo‘shimcha
sifatida ishlatiladi.
Mayda to‘ldirgich. Og‘ir qurilish qorishmalari uchun mayda to‘ldirgich
sifatida kvars qumlari, dala shpati qumlari kabi tabiiy qumlar, zich tog‘
jinslarini
maydalab tayyorlangan sun’iy qumlar ishlatiladi. Engil qorishmalar uchun
keramzit, agloporit, perlit,
vermikulit, shungizit, kamporit singari g‘ovak sun’iy
to‘ldirgichlar asosidagi qumlar; pemza, tuf, shlaklar kabi engil toshlarning qumlari
ishlatiladi. Qum tarkibida yirik donalar bo‘lsa, uni albatta elakdan o‘tkazish kerak.
Qum tarkibidagi eng yirik donalar diametri 2 mm oshmasligi kerak. Qurilish
qorishmasining markasi M100 va undan yuqori bo‘lsa,
tarkibidagi chang, loy
aralashmalari miqdori 10% ortiq bo‘lmasligi kerak. Qorishma markasi M50 va
undan past bo‘lsa, buyurtmachi bilan kelishilgan holda chang, loy aralashmalari
miqdori 20% gacha bo‘lishi mumkin. Qum tarkibida
organik aralashmalar
meyordan ortiq bo‘lmasligi zarur.
Suv. Qurilish qorishmalari tayyorlashda ichimlik suvi yaroqli hisoblanadi.
Boshqa suvlar ishlatilsa, ular tarkibida kislota, ishqor, tuz eritmalari va qoldiqlari,
uglevodorod birikmalari va sh.k. qorishma bog‘lovchi moddasi qotishiga zararli
ta’sir ko‘rsatadigan aralashmalar bo‘lmasligi kerak.
Maxsus bino va inshootlar qurilishida suvni distilyator moslamalaridan
o‘tkazib, toza holda ishlatish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: