Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


 Qurilish qorishmalarining xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

3. Qurilish qorishmalarining xossalari  
3.1 Qorishma aralashmalarining xossalari  
Qulay joylanuvchanlik. Qorishmaning qulay joylanuvchanligi yuzada bir 
jinsli yupqa qatlam bo‘lib quyilish xususiyati tushiniladi. Qorishma 
aralashmasining qulay joylanuvchanligi harakatchanlik darajasiga va suv 
ushlashlik xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Qorishma aralashmasining harakatchanligi 
massasi 300 g li o‘tkir burchagi 30
0
bo‘lgan metall konusning qorishmaga botish 
chuqurligi bilan aniqlanadi (1-rasm).
17.1-rasm. Qorishma aralashmasining harakatchanligini aniqlash uchun 
standart konus asbobi 


1-shtativ; 2 va 3-ushlagichlar; 4-prujinali tugma; 5-siljiydigan sterjen; 6-konus; 7-
siferblat; 8-qorishma aralashmali idish. 
Konus uchi qorishma yuzasiga tekkiziladi va prujinali tugma bo‘shatiladi. 
Bunda konus qorishma ichiga botadi. Botish chuqurligi qorishmaning quyuqligiga 
bog‘liq bo‘lib, qorishma suyulgan sari konus chuqurroq cho‘ka boshlaydi. 
Qorishmaga konusning cho‘kishi (SM) uning harakatchanligini ifodalaydi. 
Qorishmaning harakatchanligi sement va boshqa mineral bog‘lovchilarning 
turiga,mayda to‘ldirgich va mineral qo‘shimchalarning dispersligiga va suvning 
miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Qorishma tarkibida suv miqdorini ko‘paytirish hisobiga harakatchanligini 
istalgancha oshirish mumkin, ammo suv miqdorining oshirilishi qorishma 
mustahkamligiga 
va 
sovuqqa 
chidamliligiga, 
qolaversa, 
qorishma 
aralashmalarining qatlamlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Suv miqdorini 
oshirmasdan 
harakatchan 
qorishmalar 
tayyorlash 
uchun 
tarkibiga 
plastifikatsiyalovchi polimer qo‘shimchalar kiritish tavsiya etiladi.
Qurilish qorishmasi aralashmasining harakatchanligi ishlatilish sohasi
qishki va yozgi sharoitlarga moslab belgilanadi.
Suv ushlashlik xususiyati qorishma aralashmasining g‘ovakli asosga 
yotqizganda suvni saqlash va tashish jarayonida qatlamlanmaslik xossasiga 
aytiladi.
Qorishma aralashmasining suv ushlashlik xossasi aktiv mineral kukunlar 
yoki polimer strukturali adsorbentlar (gelpolimerlar va boshqalar) qo‘shilib 
oshiriladi.
Bunday moddalar qo‘shilgan qorishmalar g‘ovak asoslarga (g‘isht, beton 
va
sh.k) asta-sekinlik bilan suvni beradi va zichligi, mustahkamligi oshadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling