Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

  
Nazorat savollari  
1.Qurilish qorishmalari qanday klassifikatsiyalanadi?
2. 
Qorishma aralashmasining asosiy xossalarini aytib bering.
3. 
Qorishmaning qotgandan keyingi xossalari haqida aytib bering.
4. 
G‘isht-tosh terishda va suvoqchilikda ishlatiladigan qorishmalar harakatchanligi 
haqida nimalarni bilasiz?
5. 
Oddiy va aralash qorishmalarni tushuntirib bering.
6. 
Maxsus qurilish qorishmalari haqida aytib bering.
7. 
Quruq qorishmalar to‘g‘risida gapirib bering.
8. 
Qurilish qorishmalari tayyorlash texnologiyasi qanday jarayonlarni o‘z ichiga 
oladi.
 
15-MAVZU 
QURILISH QORISHMALARI. 
Reja:
1. 
G‘isht-tosh terish va montaj qorishmalar.
2. 
Pardozlash qorishmalari
3. 
Maxsus qorishmalar
4. 
Quruq qorishmalar
5. 
Qorishmalarni tayyorlash va tashish
1.
G‘isht-tosh terish va montaj qorishmalari  
Bino va inshootlarda g‘isht-tosh terishda va zavodda tayyorlangan yig‘ma 
temirbeton konstruksiyalarni montaj qilishda sementli murakkab qorishmalar turli 
markalarda ishlatiladi (8.3.2 bo‘lim).
G‘isht-tosh terishga mo‘ljallangan qorishmalarning harakatchanligi 
ularning ishlatilish sohasi va yotqizish usuliga qarab quyidagicha bo‘ladi: keramik 
g‘isht, beton, tosh va g‘ovak tabiiy toshlar terish uchun 9-13sm, kovakli g‘isht, 
keramik toshlar terish uchun 7-8sm, devorlarni beton bloklar va panellardan 
montaj qilishda gorizontal choklarni to‘ldirish uchun 5-7sm, xarsang tosh va 
bloklarni terish uchun 4-6sm, ular oraliq bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun 13-15 sm. 
Demak, zich materiallar terilsa harakatchanligi yuqori qorishmalar ishlatish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qorishmaning harakatchanligini belgilashda 
teriladigan materiallarning namligini ham hisobga olish kerak.


Qurilish qorishmalarining tarkiblari misol tariqasida 18.1 jadvalda 
keltirilgan.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling