Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
-rasm. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni omborlarga joylashtirish
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Monolit temirbeton konstruksiyalar
16.8-rasm. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni omborlarga joylashtirish
a-poydevor bloklari; b-to‘sinlar; v-qavatlararo plitalar; g-zinapoya marshlari. Temirbeton buyum va konstruksiyalarni tashish, omborxonalarga joylashtirish va montaj uchun ko‘tarishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak. 4. Monolit temirbeton konstruksiyalar Rivojlangan mamlakatlar qurilish majmuasida bino va inshootlarni monolit temirbeton asosida barpo etish dolzarb masaladir. Monolit qurilish tizimi temirbeton buyum va konstruksiyalarni avvaldan tayyorlangan istalgan shakldagi unifikatsiyalashtirilgan yig‘ma qoliplarga quyish bilan xarakterli. Monolit usulda bino va inshootlar qurilganda qurilish vaqti qisqaradi, montaj ishlari keskin kamayadi, imoratning mustahkamligi oshadi, qurilish maydonidagi omborxonaga zarurat bo‘lmaydi. Hozirgi kunda og‘ir metall qoliplar o‘rniga engil pishiq metall va shishaplastiklardan yig‘iladigan universal qoliplarning ishlatilishi monolit qurilish tizimini yanada rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. Monolit temirbeton konstruksiyalar asosan og‘ir va g‘ovak to‘ldirgichlardan tayyorlanadi. Turarjoy binolari devorlari yacheykali betonlar asosida qurilishi mumkin. Maxsus inshootlar monolit qurilishida o‘ta og‘ir, issiqlikka bardoshli, agressiv muxitlarga chidamli va boshqa turdagi betonlar ishlatiladi. Monolit temirbeton uchun armatura zavodda yoki bevosita qurilish maydoni yaqinidagi armatura sehida yirik karkas bloklari va to‘rlari ko‘rinishida tayyorlanadi. Beton qorishmasi temirbeton zavodida yoki qurilish maydonidagi beton qorish markazida tayyorlanadi. Zavodda tayyorlangan beton qorishmasi avtobetonovozlar, masofa qisqa bo‘lganda avtosamosvallarda tashilishi mumkin. Beton qorishmasi tashilayotganda qatlamlanmasligi, atmosfera muxiti omillari ta’sirida tarkibi o‘zgarmasligi shart. Ayniqsa, O‘zbekistonning quruq issiq iqlimida beton qorishmasini tashishda suvsizlanishi oldini olish dolzarb masaladir. Hozirgi vaqtda qurilish tizimida beton qorishmasini quruq holda tashilib va bevosita ob’ektning o‘zida suv bilan aralashtirilib ishlatish juda yaxshi natijalar bermoqda. Qurilish maydonida beton qorishmasini uzatish kran, transporter, betonnasos yoki siqilgan havo vositasida ishlaydigan quvurlar orqali amalga oshiriladi. Siqilgan havo vositasida ishlaydigan quvursimon transport yordamida beton qorishmasini 150 m gacha masofaga uzatish mumkin. Monolit temirbeton konstruksiyalar uzluksiz yoki davriy usulda alohida bloklar yoki bo‘lmalar ko‘rinishida quyiladi. Uzluksiz usul bino va inshootda choklar bo‘lmasligi va beton tarkibiga maxsus talablar qo‘yilganda ishlatiladi. Uzluksiz usulda armaturasi avvaldan taranglangan temirbeton konstruksiyalar, dinamik kuchlanishlar ta’sirida ishlaydigan poydevorlar va boshqalar tayyorlanadi. Massiv inshootlar (to‘g‘onlar, gradirnyalar, poydevorlar) ishchi choklar bilan bloklarga ajratiladi, chunki harorat va kirishish ta’siridan hosil bo‘ladigan deformatsiyalanish qurilish yaxlitligiga ziyon etkazishi mumkin. Beton qorishmasi qatlam-qatlam holda quyiladi va ichki titratkichlar yordamida zichlashtiriladi. Beton qorishmasi qolipga quyilgach, toki beton loyixadagi mustahkamlikka erishguncha parvarishlanadi. Bunda sement gidratatsiyasi ta’minlanishi uchun harorat va nisbiy namlikni zarur ko‘rsatkichlarda ushlab turish zarur. Monolit betonlash ishlari yozda amalga oshirilganda yangi quyilgan beton yuzasi qurishidan va yog‘in-sochindan saqlanishi kerak. Buning uchun namni saqlaydigan yog‘och qipig‘i, qum, shlak kukuni sepish yoki polimer plenkalar, kanop to‘qimalar bilan yopish tavsiya etiladi. Qoliplar echilgan betonning vertikal qismiga suv sepilishi ruxsat etiladi. O‘zbekistonning quruq issiq iqlim sharoitida monolit beton quyish alohida tadbirlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bunda beton qorishmasini tashish, qoliplash, ayniqsa parvarishlash ishlariga alohida ahamiyat berish zarur. Avtomobil yo‘llari, aerodrom qoplamalari va shu kabi yuzasi katta temirbeton monolit konstruksiyalarni qurishda betonni parvarishlash uchun to‘shalma materiallar (polietilen, polipropilen plenkasi va sh.k.) yoki plenka hosil qiluvchi polimerlar (etinol laki, gelpolimerlar) ishlatiladi. Monolit betonlash qishki davrda bajarilganda beton qorishmasini va qotayotgan betonni muzlashdan saqlash asosiy masaladir. Monolit betonni muzlashdan asrashning turli usullari mavjud. Betonni issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan vaqtinchalik o‘rab qo‘yish, beton qorishmasi tarkibiga suvning muzlash haroratini pasaytiruvchi qo‘shimchalar (natriy xlorid, kalsiy xlorid va sh.k.) kiritish, “termos” usuli shular jumlasidandir. Issiqlik izolyasiyasi materiallari sifatida yarim bikr mineral plita, shishapaxta matlari (to‘shamalar), gidroizolyasiya qoplamali arbolit, kselolit plitalari, g‘ovak to‘ldirgichlar va sh.k. ishlatiladi. Xususiy hollarda ishlatiladigan “termos” usuliga binoan quyilgan beton konstruksiyaga maxsus egiluvchan materiallardan yasalgan “ko‘ylak” kiydiriladi va qoplamaning oraliq bo‘shlig‘iga qizdirilgan bug‘ yoki havo yuborib turiladi. “Termos” usuli serxarajat va texnik tomondan amalga oshirish murakkab bo‘lgan usul hisoblanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling