Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Buyum va konstruksiyalarni qoliplash


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Buyum va konstruksiyalarni qoliplash. Qoliplash jarayoni quyidagi 
asosiy operatsiyalardan iborat bo‘ladi: qoliplarni tozalash, yig‘ish va moylash, 
qolipga armaturani joylashtirish, qolipga beton qorishmasi quyish va zichlashtirish.
Temirbeton buyum va konstruksiyalarning sifati qolip o‘lchamlari 
aniqligiga va bikrligiga bog‘liq bo‘ladi. Qoliplar odatda po‘lat listlardan 
tayyorlanadi, xususiy hollarda boshqa metallar qotishmalaridan tayyorlanishi 


mumkin. Hozirgi vaqtda qoliplar plastik va shishaplastik listlar asosida 
tayyorlanmoqda. Misol tariqasida Germaniyaning “Pashal” Verke LTD firmasi 
plastik qoliplarini keltirish mumkin. Kam foydalaniladigan qoliplarni, yuza 
tomonini suv yuqtirmaydigan moylar surilgan yog‘och asosida tayyorlash mumkin.
Beton quyishdan avval qoliplar qotgan beton qoldiqlaridan tozalanishi 
shart. Qolip yig‘ilgach, beton qolipga yopishib qolmasligi uchun maxsus emulsion 
tarkiblar bilan moylanadi.
Beton qorishmasi qolipga turli betonquygichlar yordamida quyiladi. 
Betonquygichning turi qoliplanadigan buyum va konstruksiyaning turiga bog‘liq 
bo‘ladi. Masalan, yuzasi katta plitalar, panellar va sh.k. ushbu buyum enini 
qoplaydigan betonquygich mashinalar vositasida, ensiz buyum va konstruksiyalar 
maxsus shlanglar, badyalar, transporter kabi betonquygichlar yordamida 
qoliplanadi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda quyidagi beton 
zichlashtirish usullari ishlatiladi: titratish, prokatlash, vakuumlash, presslash, 
shibbalash, sentrifugalash va hokazo. Eng ko‘p tarqalgan usul qisqa muddatli 
titratish bo‘lib, titratish maydonlari katta yuzali buyumlar betonini zichlashtirishga 
imkon beradi.
Qo‘zg‘almas yirik qoliplardagi beton qorishmasi chuqurlik titratkichlari 
vositasida, yupqa konstruksiyalar esa yuzaki titratgich maydonchalari va 
to‘sinchalari yordamida zichlashtiriladi.
Bikr 
va 
o‘ta 
bikr 
beton 
qorishmalari 
titratish-vakuumlash, 
titratishprokatlash va shu kabi aralash usullarda zichlashtiriladi.
Yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalarni zichlashtirish va qotishini 
tezlashtirish usullari 6 bobda batafsil izohlangan.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling