Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Zinapoya konstruksiyalariga zina pillapoyalari, maydonchalar, yarim 
maydonchali pillapoya va boshqa buyumlar kiradi (7.1-rasm). Zina pillapoyalari 
murakkab shakldagi konstruksiya hisoblanadi, armatura karkaslari va to‘rlari bilan 
armaturalanadi.
Zina maydonchalari va pillapoyalar M200 va M300 markali og‘ir va engil 
betonlardan tayyorlanadi, yuzasi mozaika qorishmalari, keramik plitkalar bilan 
qoplanishi mumkin. Zina konstruksiyalari o‘lchamlari binolarning tipiga va 
seriyasiga mos ravishda ishlab chiqariladi. Zina pillapoya va maydonchalari 
zavodda yaxlit holda ishlab chiqarilishi mumkin.
Jamoat binolari qurilishida turli maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlar-
sanitariya-texnika va ventilyasiya bloklari, isitish panellari, sanitariya-texnika 
kabinalari, deflektorlar va boshqa buyumlar ko‘plab ishlatiladi.
 Sanoat binolari uchun konstruksiyalar  
Sanoat binolari qurilishida temirbeton poydevorlar, ustunlar, to‘sinlar, 
fermalar, arkalar, qavatlararo va tombop plitalar va boshqalar ishlatiladi.
Sanoat binolarining erosti qismi konstruksiyalariga poydevor bloklari, 
ustunga mo‘ljallangan poydevorlar (boshmoqlar) va boshqalar kiradi.
16.2-rasm. Ustunga mo‘ljallangan poydevor 


Poydevor bloklari va to‘sinlari M200-M400 markali og‘ir betondan 
tayyorlanadi. To‘sinlar ko‘ndalang kesimi trapetsiya yoki tavr shaklida bo‘lib, 
kesimining balandligi 400-600mm, uzunligi 4,3 va 11,96m bo‘ladi. To‘sinlar 
avvaldan taranglangan armatura bilan armaturalangan holda ishlab chiqariladi.
Ustunlar o‘rnatiladigan poydevorlar tagining o‘lchami 2m gacha va 
balandligi 1m gacha qilib M150-M300 markali og‘ir betondan tayyorlanadi (2-
rasm). Poydevor markazida ustun o‘rnatish uchun mo‘ljallangan chuqurcha 
(stakan) bo‘ladi. Ular armatura karkasi bilan ta’minlanadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling