Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

13-MAVZU 
 
TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR 
 
Reja: 
1. 
Umumiy ma’lumotlar.
2. 
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar .
3. 
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish.
4. 
Monolit temirbeton konstruksiyalar.
1. Umumiy ma’lumotlar  
Temirbeton qurilish konstruksiyasi bo‘lib, beton matritsadan va po‘lat 
armatura karkasidan iborat kompozitsion materialdir.
Temirbeton jamoat va sanoat binolari va transport qurilishida, gidrotexnik 
inshootlar va boshqa maxsus ob’ektlar qurilishida keng miqyosda qo‘llaniladi.
Temirbeton rivojlangan mamlakatlarda XIX asr oxiridan boshlab ko‘plab 
ishlatilgan. Temirbeton konstruksiyalar nazariyasini yaratish, loyixalash va ishlab 
chiqarish sohalarida prof. N.A.Belelyubskiy, I.G. Malyuga, A.F.Loleyt, 
A.A.Gvozdev, YU.V.CHinenkov, A.B.Ashrabov, T.J.Junusov, B.A.Asqarov va 
boshqalar shug‘ullandilar.
Monolit temirbeton bilan birgalikda yig‘ma temirbeton buyum va 
konstruksiyalarni bino va inshootlar qurilishida ishlatish mehnat unumdorligini 
oshirishga, qurilish muddatini qisqartirishga va tannarxini pasaytirishga olib 
keladi. Ma’lumki, betonning siqilishdagi mustahkamligi cho‘zilishdagi 
mustahkamligiga nisbatan bir necha o‘n barobar ko‘pdir. Betonning aynan shu 
xususiyati temirbeton konstruksiyalar tayyorlanganda cho‘ziluvchi qismini po‘lat 
armaturalar bilan kuchaytirishni taqozo etadi.
Beton va po‘lat armaturaning yaxshi tishlashishi va harorat ta’sirida 
chiziqli kengayish koeffitsientlarining yaqinligi temirbetonni bir butun tizim bo‘lib 
ishlashini 
ta’minlaydi. 
Beton 
po‘lat 
armaturani 
ob-havo 
ta’sirida 
korroziyalanishdan saqlaydi.
Temirbeton tayyorlanish usuliga ko‘ra monolit va yig‘ma konstruksiyalarga 
bo‘linadi.
Monolit temirbeton konstruksiyalar bevosita qurilish maydonlarida 
tayyorlanadi. Ular maxsus loyixalar asosida quriladigan bino va inshootlarda, 
gidrotexnik, yo‘l qurilish va aerodrom qoplamalari va boshqa inshootlarda 
ishlatiladi. Monolit temirbetonni barpo etishda qolipopalubka, havoza va beton 
quyish ishlariga ko‘p qo‘l mehnati sarf bo‘ladi. Ularni quruq issiq iqlim sharoitida 
va qish mavsumida tayyorlash qiyinchiliklar tug‘diradi.


Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar zavodda mexanizatsiyalashtirilgan 
sharoitda ishlab chiqariladi va qurilish maydonlarida montaj qilinadi. Bunda tiplari, 
o‘lchamlari minimal o‘zgaruvchan bo‘lgan temirbeton konstruksiyalar ishlab 
chiqarish tejamli bo‘ladi.
Temirbeton konstruksiyalar oddiy va armaturasi avvaldan taranglangan 
turlarga bo‘linadi. Po‘lat armaturani avvaldan taranglashdan maqsad po‘lat 
sterjendagi plastik deformatsiyalanish holatini, temirbeton konstruksiyaga yuklama 
qo‘yilganda, keskin kamaytirishdir. Bu holatda temirbeton konstruksiyaning 
cho‘ziluvchi qismidagi beton siqiladi va unga shu kuchlanishdan yuqori bo‘lgan 
kuchlanish hosil bo‘lgandagina cho‘zilishga ishlaydi. Konstruksiyaning 
cho‘ziluvchi qismidagi armatura taranglanganda betonda yoriqlar hosil bo‘lishi 
keskin kamayadi.
Armaturasi avvaldan taranglangan temirbeton konstruksiyalarda beton va 
armaturaning yuk ko‘tarish imkoniyatlari to‘laroq ishlatiladi va shuning uchun 
konstruksiyaning massasi kamayadi. Bu turdagi konstruksiyalar tayyorlashda 
yuqori markadagi beton va mustahkamlikdagi po‘lat armaturalar ishlatish 
maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan 
mamlakatlarda 
monolit 
temirbeton 
konstruksiyalar 
tayyorlashga moyillik yuqoridir. Hozirgi kunda O‘zbekistonda monolit beton 
ishlarini olib borish bo‘yicha Vazirlar Maxkamasining qarorlari mavjud bo‘lib, bu 
sohani rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. 2003 yilda katta assortimentda 
unifikatsiyalashtirilgan monolit beton qoliplarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 
“Pashal Verke” LTD o‘zbeknemis qo‘shma korxonasining ishga tushirilishi bunga 
yaqqol misol bo‘ladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling