Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
Olovbardosh beton
Beton yuqori harorat ta’sirida suvsizlanadi, mustahkamligi pasayadi, kristallogidratlar va Sa(ON) 2 parchalanadi, yoriqlar hosil bo‘ladi. Bu holat betonning buzilishiga sabab bo‘ladi. YUqori haroratda erkin holda hosil bo‘lgan SaO biriktirish uchun beton tarkibiga nozik kukunlangan kremnezem SiO 2 kiritiladi, natijada 700-900 0 S haroratda nCaO . SiO 2 cingari qattiq minerallar hosil bo‘ladi. Olovbardosh beton tarkibiga aktiv mineral qo‘shimchalar (pemza, shlak, shamot, kul va sh.k) qo‘shilgan portlandsement, shlakli portlandsement, giltuproqli sement va kremneftorli natriy qo‘shilgan suyuq shisha asosida tayyorlanadi. Olovbardosh betonlar ishlatilish haroratiga nisbatan yuqori o‘tga chidamli (1770 0 S yuqori), o‘tga chidamli (1580-1770 0 S) va past o‘tga chidamli (1580 0 S past) betonlarga bo‘linadi. Mineral qo‘shimchali portlandsement va shlakli portlandsement asosida 700 0 S haroratgacha chidaydigan olovbardosh betonlar tayyorlash mumkin. Ekspluatatsiya harorati 1000 0 S bo‘lganda va kislotali muhitlar ta’sir etishi ehtimoli bo‘lsa, suyuq shisha asosidagi olovbardosh betonlar ishlatish maqsadga muvofiq. Giltuproqli sement asosidagi betonlar 1580 0 S dan yuqori haroratga bardosh beradi. Olovbardosh betonlarni fosfatli va alyumofosfatli bog‘lovchilar asosida ham olish mumkin. Fosfatli bog‘lovchilar asosidagi betonlar 1700 0 S gacha ishlatiladi, ular yuqori termik mustahkamlikka, olov ta’sirida kam miqdorda kirishish va edirilishga bardoshlik xususiyatiga ega. Olovbardosh beton to‘ldiruvchilari yuqori haroratga va olovdan bir tekis kengayish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak, aks holda tartibsiz ravishda yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin. Ishchi harorat 700 0 S gacha bo‘lganda kvarssiz vulkanik tog‘ jinslari (sienit, diorit, diabaz, gabbro) olovbardosh og‘ir betonlar olishda ishlatiladi. /ovak aynan shunday jinslar (pemza, vulqon tufi, kullar) engil olovbardosh betonlar tayyorlashda ishlatiladi. Olovbardosh beton 700-900 0 S haroratda ishlatilsa, to‘ldirgich sifatida oddiy pishgan g‘isht maydasi va donador domna shlaklari ishlatilishi mumkin. YUqori haroratda 900 0 S yuqori ishlatiladigan olovbardosh betonga to‘ldirgich sifatida bo‘laklangan shamot, xromit rudasi, shamot, xrommagnezit kukunlari va boshqalar qo‘llaniladi. Keramzit, perlit, vermikulit, vulqon tufi kabi g‘ovak to‘ldirgichlar asosida 700-1000 0 S haroratda ishlatiladigan engil olovbardosh betonlar tayyorladi. Engil betonning o‘rtacha zichligi 2100 kg m 3 yuqori bo‘lishi kerak. O‘rtacha zichligi 500-1200 kg m 3 bo‘lgan yacheykali olovbardosh betonlar ham tayyorlanishi mumkin. Olovbardosh betonlar turiga ko‘ra M100-M250 markalarda bo‘ladi. Olovbardosh betonlar energetika, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neft va gazni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladi. Olovbardosh betonlardan sanoat pechlari ichki qoplamalari, domna va marten pechlari poydevorlari, tutun trubalari va monolit konstruksiyalar tayyorlanadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling