Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

2.
Betonning maxsus turlari  
Gidrotexnik beton  
Gidrotexnik beton doimo suvli muhitda ishlaydigan beton va temirbeton 
konstruksiyalar tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, mustahkamligi, suv 
o‘tkazmasligi, kirishishi, agressiv muhitlarga chidamliligi va issiqlik ajratishi 
bo‘yicha talablarga qat’iy javob berishi shart.
Gidrotexnik inshootlarda beton tashqi va ichki qatlam uchun turli 
tarkiblarda bo‘ladi. Tashqi qatlamdagi beton doimo suv bilan xo‘llanibqurib, 
muzlab-erib turishi mumkin. Bu holat daryo, dengiz portlarida, to‘g‘onlarda, 
elektrostansiya, metallurgiya va kimyo sanoati aylanma suvlarini sovutadigan 
gradirnyalarda kuzatiladi. Tashqi qatlamda ishlatiladigan gidrotexnik beton yuqori 
sifatli sement, mayda va yirik to‘ldirgichlar, mineral va polimer sirtaktiv 
qo‘shimchalar qo‘shib, beton tarkibini ratsional tanlab, beton tayyorlash 
jarayonlariga to‘liq rioya qilgan holda olinadi. Sement tarkibiga kiritilgan gidravlik 
qo‘shimchalar betonning agressiv muhitlarga chidamliligini oshiradi va issiqlik 
ajratishini kamaytiradi. Sement massasiga nisbatan 0,2-1% miqdorda gidrofob
difil qo‘shimchalar va superplastifikatorlarni kiritish gidrotexnik betonning 
gidrofizik xossalarini yaxshilaydi.


Siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga nisbatan gidrotexnik beton M100-
M400 markalarda bo‘ladi. Betonning markasi 180 sutkada aniqlanadi.
Gidrotexnik inshootlarning massiv ichki qatlami tashqi qatlam singari 
murakkab iqlim sharoitida ishlamaydi. Ichki qatlam betoni issiqlikni kam ajratishi 
zarur, aks holda massiv konstruksiyalarda harorat farqidan ichki zo‘riqish va 
natijada yoriqlar hosil bo‘ladi. Ichki qatlam betoni shlakli portlansement va 
putssolanli portlandsement asosida tayyorlansa, issiqlik ajrab chiqishi keskin 
kamayadi va beton korroziya muhitlariga chidamli bo‘ladi. Ichki qatlam uchun 
betonning markasi M100, M150 bo‘lsa kifoya, suv o‘tkazmasligi esa W2, W4 
bo‘ladi.
Gidrotexnik beton suv o‘tkazmaslik bo‘yicha W2-W12 markalari bo‘ladi. 
Gidrotexnik beton sovuqqa chidamliligi bo‘yicha quyidagi markalarga bo‘linadi: 
/100, /150, /200, /300, /400, /500.
Betonning doimo suv muzlab-eriydigan qatlamlardagi suv shimuvchanligi 
massa bo‘yicha 5%, boshqa qatlamlar uchun esa 7% oshmasligi kerak.
Gidrotexnik betonning chiziqli kirishishi, havoning nisbiy namligi 60%, 
harorati 18
0
S bo‘lganda, 28 sut 0,3 mm m va 180 sut 0,7 mm m dan oshmasligi 
kerak. Suvli muhitda shishishi 28 sut-0,1 mm m, 180 sut-0,3 mm m dan 
oshmasligi shart.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling