Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


 Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

2. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar  
Yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalar muayyan seriyalarga 
mo‘ljallangan bo‘lib, unifikatsiyalashgan holda ishlab chiqariladi. Ular og‘ir, engil 
va yacheykali betonlar asosida tayyorlanadi. Bunda temirbeton konstruksiyalar bir-
necha vazifani o‘tashi mumkin. Masalan, konstruktivissiqlik izolyasiyasi, akustik, 
gidroizolyasiya va korroziyaga bardoshli, qoplamali va sh.k. bo‘lishi mumkin.
Yig‘ma temirbeton bino va inshootlarning hamma qismlarini tayyorlashda 
ishlatiladi: poydevorlar, tashqi va ichki devorlar, karkaslar, qavatlararo va tom 
yopma plitalari, zinapoyalar, to‘sinlar, kolonnalar va boshqalar (16.1-rasm).


16.1-rasm. Jamoat binolarining ba’zi bir yig‘ma temirbeton konstruksiyalari 
a) tashqi bezak qoplamali devor panellari; b), v) dumaloq va oval bo‘shliqli 
qavatlararo plitalar; g) yig‘ma poydevor elementlari; 1-poydevor bloki; 2-podval 
poydevorlari bloki; d), e) zinapoya va zinapoya maydonchasi. 
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlatilish sohasiga ko‘ra to‘rtta asosiy 
guruxga bo‘linadi: jamoat binolari, sanoat binolari, injenerlik inshootlari, maxsus 
buyum va konstruksiyalar.
Jamoat binolari uchun konstruksiyalar  
Poydevor va binolarning er osti qismi uchun temirbeton bloklar, svaylar va 
boshqalar ishlatiladi.
Poydevor bloklari M200, M250 va M300 markali og‘ir betonlardan 
tayyorlanadi. Armatura sifatida silliq po‘lat to‘rlar ishlatiladi. Podval devorlarining 
bloklari M100 va M150 markali og‘ir betondan quyidagi o‘lchamlarda 
tayyorlanadi: uzunligi 2500 mm gacha, eni 500 mm gacha va balandligi 700 mm.
Bloklarning 
yon 
tomonida 
podval 
devorlarini 
montaj 
qilishda 
foydalaniladigan va bloklarni monolitlashda ishlatiladigan maxsus o‘yiqlar (pazlar) 
qoldiriladi. Montaj ishlari tugagach o‘yiqlar ketma-ket sementli qorishmalar bilan 
to‘ldiriladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling