Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Podval devori bloklari betonni tejash maqsadida ichi bo‘shliqli holda 
tayyorlanishi mumkin.
Svaylar ko‘ndalang kesimi 300x300 mm o‘lchamli kvadrat shaklda va 
uzunligi 6-12 m bo‘ladi. Ular M300 markali og‘ir betondan tayyorlanadi. Svay 
poydevorlari bino bo‘sh va botqoqsimon erlarga qurilganda erning toshloq qattiq 
qatlamigacha maxsus uskuna yordamida qoqiladi. Bunda binoning yumshoq erda 
cho‘kishining oldi olinadi.
Jamoat binolari karkaslari M200-M500 markali og‘ir va g‘ovak 
to‘ldirgichlar asosidagi engil betonlardan temirbeton ustunlar, to‘sinlar va 


boshqalar tayyorlanadi. Ustunlar uzunligi binoning ikki qavatiga mo‘ljallangan 
bo‘ladi. To‘sinlar maxsus quyma detallarni payvandlab ustunlar bilan biriktiriladi.
Devor bloklari M50, M100 markali engil betonlardan (
m
1200kg m
3

yaxlit 
yoki 
ichi 
kovakli 
qilib 
tayyorlanadi. 
Ularning 
o‘lchamlari 
unifikatsiyalashtirilgan bo‘lib, binoning seriyasiga moslashtirilgan bo‘ladi. Jamoat 
binolari tashqi va ichki devorlari uchun panellar ishlab chiqariladi.
Isitiladigan jamoat binolari tashqi panellari M50-M100 markali g‘ovak 
to‘ldirgichlar asosidagi engil betonlardan (
m
700-1000 kg m
3
) va M35-M50 
markali g‘ovak betonlardan (
m
550-700 kg m
3
) bir qatlamli qilib tayyorlanadi. 
Bunday panellarning uzunligi 3600 va 7200 mm, balandligi 2900 mm va qalinligi 
400 mm bo‘ladi. Zarurat bo‘lsa boshqa o‘lchamdagi panellar ham ishlab 
chiqariladi.
Tashqi devor bloklari va panellari o‘ng yuzasi manzarali qorishmalar 
qatlami, chaqiq tosh, keramik plitkalar va ob-havoga chidamli bo‘yoqlar 
kompozitsiyalari bilan bezatilishi mumkin.
Ichki devorlarning panellari M100-M300 markali og‘ir, engil va 
yacheykali betonlardan tayyorlanadi. Ularning qalinligi betonning turi va markasi, 
ta’sir etadigan yuklamaga qarab 120-160 mm bo‘lishi mumkin (7.1rasm).
Qavatlararo plita va panellar uzunligi 3-6,5 m gacha bo‘ladi. Panellar 
xonaning to‘rtta devoriga suyanadigan o‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
Ularning qalinligi 160 mm bo‘ladi. Plitalar qalinligi 220 mm, eni esa 1,62,4 
m o‘lchamlarda bo‘ladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling