Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Gidromelioratsiya qurilishida temirbetondan suv ta’minoti va kollektor 
tizimi quvurlari, yig‘ma quduq, kanal qoplama plitalari, sug‘orish lotoklari va 
boshqalar tayyorlanadi. Temirbeton quvurlar bosimli va bosimsiz turlarga 
bo‘linadi. Bosimsiz quvurlar kanalizatsiya va kollektor tarmoqlarida ishlatiladi. 
Quvurlarning diametri 300-1200 mm. Ular M300 va undan yuqori markali 
betonlardan tayyorlanadi va suv o‘tkazmaslik va korroziyaga chidamlilik bo‘yicha 
yuqori talablar qo‘yiladi. YUqori bosimda (W6-W12) ishlaydigan quvurlar 
avvaldan taranglangan armaturalar va to‘rlar bilan armaturalangan bo‘ladi. Ular 
yuqori bosim ostida ishlaydigan suv uzatish tizimlarini barpo etishda ishlatiladi.
Turli maqsadlarda ishlatiladigan temirbeton buyum va konstruksiyalarga 
yig‘ma devor, elektr tarmog‘i tayanchlari, ariq lotoklari va shu kabilar kiradi. Ular 
M200-M300 markali betonlardan tayyorlanadi, sovuqqa chidamliligi /150-/200.
3. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish  
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab chiqarish quyidagi asosiy 
texnologik jarayonlardan iborat: beton qorishmasini tayyorlash, armatura 
tayyorlash, qolip tayyorlash, konstruksiyani armaturalash, qoliplash, issiqlik bilan 
qayta ishlash, konstruksiya yuzasini pardozlash, omborxonalarga joylashtirish.
Beton qorishmasini tayyorlash. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar ishlab 
chiqarish zavodlarida beton qorishmasi bevosita beton qorish sexida tayyorlanadi. 
Beton qorish texnologiyasi mukammal ravishda 8 bobda berilgan.
Armatura tayyorlash. Armatura sexida armatura karkaslari va to‘rlari 
maxsus payvandlash uskunalari vositasida tayyorlanadi. Sexda armatura sterjenlari 
va simlari kalavalar va o‘ramlarni maxsus stanoklarda metall zaklardan
zanglardan tozalanadi, to‘g‘rilanadi, kerakli uzunlikda qirqiladi. Alohida sterjenlar 
ko‘p nuqtali payvandlash uskunalarida kontakt usulida payvandlab armatura 
karkaslari va to‘rlari tayyorlanadi.
Armatura karkaslari va to‘rlari zavodning qoliplash sexiga yuboriladi.
Armaturalarni avvaldan taranglash qoliplash sexida maxsus stendlar va 
qoliplarda gidravlik domkratlar yordamida yoki elektrotermomexanik usulda beton 
quyilmasdan oldin amalga oshiriladi.
Avvaldan taranglangan armaturalar stend yoki qolipning chekka qismiga 
moslamalar yordamida maxkamlanadi. Beton qotib siqilishdagi mustahkamligi 20 
MPa dan ortganda maxkamlangan armatura bo‘shatiladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling