Injenerlik inshootlari uchun buyum va konstruksiyalar
Yig‘ma temirbeton buyum va konstruksiyalar transport, qishloq xo‘jaligi,
suv xo‘jaligi va melioratsiya, gidrotexnik inshootlar va boshqa maxsus qurilish
tizimlarida keng miqyosda ishlatiladi.
Transport qurilishida temirbeton temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari va
aerodromlar barpo etishda ishlatiladi. Temiryo‘l, metropoliten va avtomobil
yo‘llari qurilishida ko‘prik konstruksiyalari, shpallar, elektr uzatish tarmoqlarining
tayanchlari, katta diametrdagi quvurlar, akveduklar, tyubinglar va boshqa
temirbeton buyumlar va konstruksiyalar ishlatiladi. Bu tizimda M300-M500
markali og‘ir betonlar qo‘llaniladi. Temirbeton konstruksiyalarni tayyorlashda
sterjenli yoki o‘rilgan yuqori mustahkamlikdagi po‘lat armaturalar avvaldan
taranglangan holda ishlatiladi.
Bunday konstruksiyalar zich, suv o‘tkazmaydigan, sovuqqa, quruq issiq
iqlim sharoitiga chidamli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Avtomobil yo‘llari va aerodromlar qurilishida yuqori mustahkamlikdagi
temirbeton qoplama plitalar, bordyurlar va tratuar plitalari ishlatiladi.
Qishloq xo‘jalik inshootlari-silos chuqurlari, minoralar va transheyalar,
uzumzor tayanchlari, molxonalar maxsus buyumlari, teplitsa karkaslari va
boshqalar M200-M300 markali betonlardan tayyorlanadi. Ishlab chiqarish binolari,
omborxonalar qurilishida sanoat binolarida ishlatiladigan beton va temirbeton
buyum va konstruksiyalar ishlatiladi.
Gidrotexnik inshootlar qurilishida temirbeton plitalar, to‘sinlar, qobiqlar,
yuqori diametrdagi quvurlar, svaylar va boshqa konstruksiyalar ishlatiladi. Ular
M200-M500 markali og‘ir betonlardan armatura karkaslari va to‘rlari bilan
armaturalangan holda qo‘llaniladi. Bunday konstruksiyalarga suv o‘tkazmaslik va
sovuqqa chidamlilik bo‘yicha yuqori talablar qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |