Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Sanoat bino karkaslari uchun temirbeton ustunlar, kran osti to‘sinlari, 
tom to‘sinlari, fermalari va arkalari ishlatiladi.
Sanoat binolari ustunlari yaxlit va panjarali, bir va ikki konsolli turlarda 
M200-M500 markali og‘ir va engillashtirilgan betonlar asosida ishlab chiqariladi. 
Ustunning balandligi sanoat binosi balandligiga mos ravishda, ko‘ndalang 
kesimining o‘lchamlari 300x300 mm dan 400x600 mm gacha va undan ortiq 
o‘lchamlarda kvadrat, to‘g‘ri burchak va tavr shaklida tayyorlanadi (3-rasm).
Kran osti to‘sinlari va konstruksion to‘sinlar tayanishi uchun chetki qator 
ustunlari bitta konsolli, o‘rta qatordagi ustunlar ikkita konsolli qilib ishlab 
chiqariladi. Ustunlar avvaldan taranglangan armatura va armatura karkaslari bilan 
armaturalangan bo‘ladi.
16.3-rasm. YAxlit kesimli va ikki tarmoqli temirbeton ustunlar a-binoning 
tashqi qatori (bir konsolli); b-binoning ichki qatori (ikki konsolli). 
Kran osti temirbeton to‘sinlari M400-M500 markali betondan, armaturasi 
avvaldan taranglangan holda ishlab chiqariladi. To‘sin tavr kesimli bo‘lib, uzunligi 
ustunlar orasidagi masofalarga bog‘liq bo‘ladi va odatda 12m qilib tayyorlanadi.


16.4-rasm. Temirbeton balkalar 
a-bir nishabli; b-ikki nishabli; v-segmentli. 
Kran osti to‘sinlari ustiga maxsus po‘lat relslar o‘rnatilib ko‘prik krani 
yurishiga mo‘ljallanadi. Tombop to‘sinlar bir va ikki nishabli, ko‘ndalang kesimi 
to‘g‘ri burchak, tavr va qo‘shtavr shaklida tayyorlanadi. To‘sinlar ishlab 
chiqarishda M400-M500 markali og‘ir va g‘ovak to‘ldirgichli engil betonlar 
ishlatiladi. Ular sterjenli yoki o‘rilgan avvaldan taranglangan armaturalar bilan 
armaturalanadi. To‘sinlar uzunligi 6, 9, 12 va 18 m (16.4-rasm).
16.5-rasm. YOpmalarning segmentli (a) va qiya kergisiz (b) temirbeton 
fermalar 
Temirbeton fermalar tayanchlar orasidagi masofa 12, 18 va 24 m bo‘lganda 
tomlarni ko‘tarib turishga mo‘ljallangan. M400-M600 markali og‘ir va g‘ovak 
to‘ldirgich asosidagi engil betondan armaturasi avvaldan taranglangan holda ishlab 
chiqariladi. Fermalarning kesimlari trapetsiya, uchburchak yoki egri chiziqli 
segment shaklida bo‘lishi mumkin (5-rasm).
Sanoat binolarida ferma konstruksiyalarini ishlatish binoning xususiy 
massasini kamaytiradi, beton va metall armaturalarni tejaydi, seysmik 
mustahkamlikni ta’minlaydi.
Temirbeton arkalar tayanchlar orasidagi masofa 100 m va undan ortiq 
bo‘lgan sanoat binolari tomini yopishda ishlatiladi. Arkalar yaxlit yoki 
panjarasimon devorli qilib yasaladi va odatda ikkita yarim arkadan yig‘iladi.
Sanoat binolari isitilmaydigan va isitiladigan turlarga bo‘linadi.
Isitilmaydigan binolarning devor panellari uzunligi 6-12 m va eni 1,21,5 m 
o‘lchamlarda yassi va qobirg‘ali plitalar ko‘rinishida og‘ir, engil va yacheykali 
betonlar asosida tayyorlanadi. Isitiladigan sanoat binolari plita va panellari g‘ovak 
to‘ldirgichli betonlar, gaz va ko‘pikbetonlar, yirik g‘ovakli betonlar, ikki va uch 
qatlamli konstruksiyalar asosida tayyorlanishi mumkin. Plita va panel og‘ir 
betondan, o‘rtasiga engil samarali issiqlik izolyasiyasi materiallari qo‘yib, uch 
qatlamli holda tayyorlanadi. Ularni isitiladigan sanoat binolari qurilishida ishlatish 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida yarim bikr mineral paxta plitalari, 
ko‘pikpolimer plitalar, arbolit va boshqalar ishlatilishi mumkin.
Sanoat binolarida qavatlararo va tombop plitalar va panellar jamoat binolari 
qurilishida ishlatiladigan konstruksiyalar kabi konstruksiyalar qo‘llaniladi. O‘rta 
qator ustunlar qo‘yish imkoniyati bo‘lmagan sanoat bino va inshootlarda, sport 
komplekslari va sh.k. bino tomlarini yopishda qobiq havoyi konstruksiyalardan 
foydalaniladi.
Qobiq konstruksiyalarda ikki yo‘nalish bo‘yicha qobiqlar hosil qilingan 
bo‘lib, kuchaytirish maqsadida uzunasi bo‘ylab maxsus qobirg‘achalar muayyan 
masofalarda hosil qilinadi. Qobiq konstruksiyaning xususiy massasini kamaytirish 
uchun asosiy yopma qismi armotsementdan
(to‘ldirgichsiz) tayyorlanadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling