Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Qavatlararo plita va panellar M200 va M300 markali og‘ir va g‘ovak 
to‘ldirgich asosidagi engil betonlardan yassi yaxlit va yumaloq hamda oval kovakli 
ichi bo‘sh, shuningdek qobirg‘ali holda tayyorlanadi.
Bo‘shliqlar plita va panellar massasini kamaytiradi, issiqlik va tovush 
izolyasiyasi xossalarini yaxshilaydi, beton sarfini kamaytiradi.
Hozirgi vaqtda yirik hajmdagi panelli turar joy binolarini qurish 
rivojlanmoqda. Bu tipdagi binolarni zavodda tayyorlangan bir yoki ikki xonaga 
mo‘ljallangan hajmiy konstruksiyalar asosida qurilish maydonida yig‘iladi. Hajmiy 
uysozlik konstruksiyalari og‘ir va engil betonlar asosida tayyorlanishi mumkin. 
Hajmiy panelli konstruksiyalarni ishlab chiqarish qurilish-montaj ishlarini keskin 
qisqartiradi, beton va metallni tejaydi, betonning mustahkamligi va sifatini 
oshiradi.
Tombop yopma konstruksiyalar jamoat binolari qurilishida strapila 
to‘sinlari, plitalar, panellar va boshqa buyumlar sifatida ishlatiladi.
Strapila ustunlari va to‘sinlari M300 markali og‘ir va engil betondan 6 m 
uzunlikda bir nishabli qilib tayyorlanadi.


Tombop yopma panellar va plitalar M200-M300 markali og‘ir va engil 
betondan yassi va qobirg‘ali tiplarda uzunligi 6 m, eni esa 1,5-3m qilib 
tayyorlanishi mumkin.
Tombop yopma plitalarning qobirg‘alari ichki va tashqi tomonlarga 
bo‘rtma holatda bo‘lishi mumkin. Tashqariga bo‘rttirilgan qobirg‘a baland 
bo‘lmay, ustiga choklarni berkitishga mo‘ljallangan maxsus temirbeton yopma 
qobirg‘ali plitalar kiydirilishga mo‘ljallangan. Tombop bunday yig‘ma temirbeton 
konstruksiya choklardan suvning sizib kirishini oldini oladi. To‘shama 
gidroizolyasiya materiallari ishlatmasdan suv o‘tkazmaydigan zich temirbeton 
konstruksiyalar tayyorlashda ushbu tipdagi tom konstruksiyasi katta ahamiyatga 
egadir.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling