boshqalar tayyorlanadi. Ustunlar uzunligi binoning ikki qavatiga mo‘ljallangan
bo‘ladi. To‘sinlar maxsus quyma detallarni payvandlab ustunlar bilan biriktiriladi.
Devor bloklari M50, M100 markali engil betonlardan (
m
1200kg m
3
)
yaxlit
yoki
ichi
kovakli
qilib
tayyorlanadi.
Ularning
o‘lchamlari
unifikatsiyalashtirilgan bo‘lib, binoning seriyasiga moslashtirilgan bo‘ladi. Jamoat
binolari tashqi va ichki devorlari uchun panellar ishlab chiqariladi.
Isitiladigan jamoat binolari tashqi panellari M50-M100 markali g‘ovak
to‘ldirgichlar asosidagi engil betonlardan (
m
700-1000 kg m
3
) va M35-M50
markali g‘ovak betonlardan (
m
550-700 kg m
3
) bir qatlamli qilib tayyorlanadi.
Bunday panellarning uzunligi 3600 va 7200 mm, balandligi 2900 mm va qalinligi
400 mm bo‘ladi. Zarurat bo‘lsa boshqa o‘lchamdagi panellar ham ishlab
chiqariladi.
Tashqi devor bloklari va panellari o‘ng yuzasi
manzarali qorishmalar
qatlami, chaqiq tosh, keramik plitkalar va ob-havoga chidamli bo‘yoqlar
kompozitsiyalari bilan bezatilishi mumkin.
Ichki devorlarning panellari M100-M300 markali og‘ir, engil va
yacheykali betonlardan tayyorlanadi. Ularning qalinligi betonning turi va markasi,
ta’sir etadigan yuklamaga qarab 120-160 mm bo‘lishi mumkin (7.1rasm).
Qavatlararo plita va panellar uzunligi 3-6,5 m gacha bo‘ladi.
Panellar
xonaning to‘rtta devoriga suyanadigan o‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
Ularning qalinligi 160 mm bo‘ladi. Plitalar qalinligi 220 mm, eni esa 1,62,4
m o‘lchamlarda bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: