Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Kislotabardosh beton  
Kislotabardosh beton suyuq shishaga polimer qo‘shib olingan bog‘lovchi, 
kukun to‘ldirgich, qotiruvchi, mayda va yirik to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi.
Kislotaga chidamli kukun to‘ldirgichlar toza kvars qumi, andezit, bazalt, 
diabaz va sh.k, asosida olinadi. Suyuq shishani qotirish uchun kremneftorli natriy 
(Na
2
SiF
6
) qo‘shiladi. To‘ldirgich sifatida kvars qumi, granit, andezit, kvarsit kabi 
kislotaga chidamli chaqiq toshlar ishlatiladi.
Ushbu komponentlar asosida ratsional tarkibda tayyorlangan beton 
qorishmasi turli zichlashtirish usullari bilan qoliplangach, 10 sut davomida 15-20
0

haroratda ochiq havoda saqlanadi. Beton qotgach yuzasi sulfat yoki xlorid kislotasi 
bilan xo‘llanib yanada zichlashtiriladi. Kislotabardosh beton konsentrlangan 
kislotalar, tuzli muhitlarga o‘ta chidamli bo‘lsada, suv ta’sirida 5-10 yilda, ishqoriy 
qorishmalarda esa bundan ham tezroq buziladi. Kislotabardosh beton kimyo 
sanoati sexlarining pol, devor qismlarini, elektroliz vannalarini futerovka qilishda 
(qoplashda), mineral o‘g‘itlar saqlanadigan omborxonalarni agressiv muhitlardan 
himoyalashda ishlatiladi.
Radioaktiv nurlardan himoyalovchi beton  
Maxsus betonning bunday turi atom elektrostansiyalari, termoyadro sinash 
poligonlarida, ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalovchi inshootlar qurilishida 
ishlatiladi. Betonga o‘ta og‘irlik, zichlik va tarkibida muayyan miqdorda vodorod 
bo‘lishi (odatda suv tarkibida) kabi maxsus talablar qo‘yiladi. Beton tayyorlashda 


bog‘lovchi sifatida portlandsement, shlakli portlandsement va giltuproqli sement 
tavsiya etiladi.
To‘ldirgich sifatida magnetit (Fe
3
O
4
), gematit (Fe
2
O
3
) kabi tarkibida 60% 
dan ko‘p temir bo‘lgan temir rudasi, qo‘ng‘ir temir (limonit) Fe
2
O
3
.
nH
2
O va 
boshqalar ishlatiladi. Tarkibida 80% bariy sulfati (VaSO
4
) bo‘lgan barit rudasi 
(barit) beton tayyorlashda mayda va yirik to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. Mayda 
to‘ldirgich sifatida kvars yoki limonit qumi, cho‘yan pitrasi qo‘llaniladi. Metall 
yirik to‘ldirgich metallni qayta ishlash zavodlari chiqindilaridan olinishi mumkin. 
O‘ta og‘ir betonlarning o‘rtacha zichligi to‘ldirgich turiga bog‘liq bo‘lib, magnetit 
to‘ldirgichli beton 4000
kg m
3
, metall to‘ldirgichli beton 6000 kg m
3
ga etadi.
O‘ta og‘ir beton mustahkamlik bo‘yicha markasi M100,M200 va M300 
bo‘ladi. Beton tarkibini tanlashda suvning miqdoriga alohida ahamiyat beriladi
chunki beton tarkibidagi kimyoviy bog‘langan suv kishi organizmi uchun xavfli 
bo‘lgan -nurlar va neytron oqimlarini samarali yutuvchi hisoblanadi. O‘ta og‘ir 
beton atom reaktori aktiv korpusini himoyalashda ishlatilganda, olovbardoshlik va 
o‘tga chidamlilik talab etiladi. Og‘ir beton massiv quyilganda sementdan kam 
miqdorda issiqlik ajrab chiqishi va kirishishi asosiy omil hisoblanadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling