Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Gipsbeton  
Gipsbeton qurilish gipsi va yuqori mustahkamlikdagi gips asosida 
tayyorlanadi. Gips tarkibiga sement va putssolan qo‘shimchalar kiritilib namlikka 
va suv muhitiga chidamli betonlar tayyorlanadi. Gipsbetonning o‘rtacha zichligini 
kamaytirish uchun g‘ovak to‘ldirgichlar (keramzit, agloporit, shlakli pemza va 
sh.k.) ishlatish, kvars qumini qisman engil qumlar yoki yog‘och qipig‘i, qayta 
ishlangan lignin va sh.k. bilan almashtirish mumkin. Gipsbetonning egilishdagi 
mustahkamligini oshirish uchun yog‘och tolasi, qog‘oz sanoati chiqindilari, tekstil 
chiqindilari va sintetik tolalar kabi dispers armaturalovchi qo‘shimchalar qo‘shish 
kerak.
Kichik o‘lchamdagi elementlar, bloklar, toshlar alohida quyiladi. Katta 
o‘lchamdagi buyumlar esa uzluksiz prinsipda ishlaydigan vibroprokat stanlarda 


tayyorlanadi. Gipsbeton tayyorlash jarayonini tezlashtirish uchun qolipdan 
echilgan buyumlar quritish kameralarida quritiladi.
Gipsbetonlarning o‘rtacha zichligi to‘ldirgichlarning turiga va suvning
sarfiga bog‘liq bo‘lib, 1000-1600 kg m
3
atrofida bo‘ladi.
Gipsbeton siqilishidagi mustahkamligiga ko‘ra M25 va M50 markalarda 
bo‘ladi. Gipsbeton asosan bino va inshootlarning ichki devorlarini qurishda 
ishlatilgani sababli suv shimuvchanlik va sovuqqa chidamlilik bo‘yicha talablar 
qo‘yilmaydi. Gipsbeton yaxlit va yig‘ma pardadevor ichi bo‘sh plitalar va bloklar 
tayyorlashda ishlatiladi.
Plitalar qamish, yog‘och tolalari va xascho‘plari, po‘lat simlar, tekstil 
sanoati chiqindilari, sintetik tolasimon materiallar bilan kuchaytirilishi mumkin. 
Armatura sifatida po‘lat simlar ishlatilganda korroziyadan saqlash maqsadida 
sement-kazeinli, bitumli, polimerli kompozitsiyalar bilan himoyalanishi kerak. 
Namlik bo‘lishi ehtimoli bor joylarda gipssementputssolanli bog‘lovchilar asosida 
tayyorlangan buyumlar (bloklar, toshlar, katta va kichik panellar) ishlatish 
maqsadga muvofiqdir. Bunday betonlar ishlatilgan bino va inshootlar ichidagi 
nisbiy namlik 75% oshmasligi kerak.
Qurilish tizimida gips asosidagi betonlarni ratsional sohada ishlatish 
keramik devorbop materiallarga bo‘lgan talabni kamaytiradi va katta miqdorda 
energiya va ishchi resurslarni tejaydi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling