Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ
- Bu sahifa navigatsiya:
- YAcheykali betonlar
Yirik g‘ovakli beton
Yirik g‘ovakli beton tarkibida mayda to‘ldirgich bo‘lmaydi. Portlandsement va uning boshqa turlari (M300-M400), suv, modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar sinchiklab aralashtirilib, so‘ng chaqiq tosh yoki shag‘al kiritiladi. Bu turdagi betonning o‘rtacha zichligi 1700-1900 kg m 3 , issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,55-0,8 Vt (m .0 S). 1 m 3 beton tayyorlashda 70-150 kg sement ishlatilgani uchun mustahkamligi M15-M75 markalarda bo‘ladi. Yirik g‘ovakli betondan monolit bino va inshootlar qurish katta o‘lchamdagi bloklar tayyorlash mumkin. Bu konstruksiyalardan havo oqimi o‘tmasligi uchun yirik g‘ovakli beton ikki tomonidan qurilish qorishmalari bilan suvaladi. Engil to‘ldiruvchilar (keramzit, agloporit, kamporit va boshq.) asosida tayyorlangan yirik g‘ovakli betonlar o‘rtacha zichligi 500-700 kg m 3 bo‘lib, issiqlik izolyasiyasi materiali sifatida ishlatiladi. Yirik g‘ovakli betonlar “Karkas” strukturali betonlar tayyorlashda karkas vazifasini bajarish mumkin. «Karkas» tipidagi betonlar tayyorlanganda yirik to‘ldirgich donalarining bir-biridan qochish koeffitsienti ( ) 1 ga yaqinlashadi. Tayyorlangan karkas bir yoki ikkala tomonidan istalgan bog‘lovchi (sement, gips, polimer va sh.k.) asosida qorishma-matritsa bilan zarur bo‘lgan chuqurlikgacha to‘ldirilishi mumkin. Bu usulda o‘rtasi g‘ovak, ikki cheti zichlashtirilgan yangi tipdagi, xossalari mukammalashgan engil betonlarni tayyorlash mumkin. Karkas tipidagi betonlar monolit pollar, yo‘laklar, aerodrom qoplamalari va boshq. qurilishida ishlatiladi. YAcheykali betonlar YAcheykali engil betonlar bog‘lovchi va kremnezemli komponentlar aralashmasini g‘ovak hosil qiluvchi qo‘shimcha vositasida ko‘pchitib olingan kompozitsion qurilish materiallaridir. Qorishmaning bir meyorda ko‘pchishi natijasida hajm bo‘yicha “yacheykali” struktura hosil bo‘ladi. YAcheykali beton g‘ovakligini bevosita tayyorlash jarayonida boshqarish mumkin. YAcheykali betonlar o‘rtacha zichligiga nisbatan (quritilgan holda) issiqlik izolyasiyasi ( o <500 kg m 3 ), konstruktiv-issiqlik izolyasiyasi ( o 500- 900 kg m 3 ) va konstruktiv ( o 900-1200 kg m 3 ) guruhlarga bo‘linadi. Engil beton qorishmasini ikki hil usulda ko‘pchitish mumkin: gaz hosil qiluvchi komponentlar aralashtirib kimyoviy usulda va alohida tayyorlangan ko‘pik aralashtirilib mexanik usulda. 500> Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling