Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


Buyum va konstruksiyalar sirtini pardozlash


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

Buyum va konstruksiyalar sirtini pardozlash. Yirik uysozlik panellari
fasad plitalari va ba’zi konstruksiyalarni zavod sharoitida pardozlash 
texnologiyalari ishlab chiqilgan. Industrial usulda zavodda pardozlangan panellar 
va konstruksiyalar yuqori sifatli bo‘lib, qurilishni jadallashtiradi. Devor panellari 
fasad tomoni fakturali ishlanadi, rangli qorishma va betonlar bilan pardozlanadi, 
keramik va shisha plitalar bilan qoplanadi va hokazo.
Maishiy xizmat binolari panel va plitalari, sanitariya-texnika kabinalari 
ichki tomondan keramik va shisha plitalar, mozaikalar, donador polimer va 
bog‘lovchi aralashmalar bilan pardozlanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda panellar yuzasini pardozlovchi va issiqlik izolyasiyasi 
maxsus ko‘pchitilgan kompozitsion materiallar yaratilgan va qurilish 
industriyasida ishlatilmoqda.
Bunday quruq qorishmalar mineral yoki polimer bog‘lovchilar, mineral va 
shisha tolasi kabi issiqlik izolyasiyasi materiallari, to‘ldirgichlar, rangli pigmentlar 


va boshqa qo‘shimchalar asosida tayyorlanadi. Issiqlik izolyasiyasi xususiyatiga 
ega bo‘lgan pardozlash qatlami panel va plitalar asosida qurilgan binolarda issiqlik 
yo‘qotilishini kamaytiradi.
Temirbeton buyum va konstruksiyalarni ishlab chiqarish usullari  
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar zavodda stend, potok-agregat va 
konveyer usullarida ishlab chiqariladi.
Stend usulida ishlab chiqarishda temirbeton konstruksiyalar qo‘zg‘almas 
qoliplarda 
tayyorlanadi, 
texnologik 
operatsiyalarni 
amalga 
oshiradigan 
mexanizmlar va agregatlar postdan postga siljiydi va har bir postda muayyan 
operatsiyalar belgilangan ketma-ketlikda bajariladi.
Temirbeton konstruksiyalar stend yoki matritsa qoliplarda tayyorlanadi. 
Qoliplangan buyum va konstruksiyalarning qotishini tezlashtirish uchun ular 
qolipning o‘zida issiq suv, bug‘, elektr toki va boshqa usullarda qayta ishlanadi. 
O‘zbekistonning quruq issiq iqlim sharoitida temirbeton konstruksiyalarni 
geliotermoishlov usulida qotishini tezlashtirish mumkin. Quyosh nuri issig‘idan 
foydalaniladigan ushbu usul temirbeton ishlab chiqarish poligonlarida yaxshi 
samara beradi.
Stend usulida odatda yirik o‘lchamli konstruksiyalar, masalan, massiv 
to‘sinlar, ustunlar, fermalar, arkalar, uysozlik panellari armaturasi avvaldan 
taranglangan ko‘prik konstruksiyalari va boshqalar tayyorlanadi.
Stend texnologiyasi mexanizm va agregatlarning soddaligi, qat’iy ishlab 
chiqarish ritmiga amal qilinmasligi bilan boshqa usullardan farq qiladi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling