18.1-jadval
G‘isht-tosh terishda va montaj qorishmalarining tarkibi (hajm
bo‘yicha)
Sement
markasi
Qorishmalar uchun tarkiblar
200
150
100
75
50
Sement-ohakli qorishmalar
500
400
300
200
1:0,2:3
1:0,1:2,5
-
-
1:0,3:4
1:0,2:3
1:0,1:2,5
-
1:0,5:5,5
1:0,4:4,5
1:0,2:3,4
-
1:0,8:7
1:0,5:5,5
1:0,3:4
1:0,1:2,5
-
1:0,9:8
1:0,6:6
1:0,3:4
Sementli qorishmalar
500
400
300
200
1:3
1:2,5
-
-
1:4
1:3
1:2,5
-
1:5,5
1:4,5
1:3
-
1:6
1:5,5
1:4
1:2,5
-
- 1:6
1:4
Quruq issiq iqlim sharoitida qorishmaning suvsizlanmasligini ta’minlash
zarur. Zavodda tayyorlangan qorishma tashilayotganda va qurilish maydonida
vaqtincha saqlanganda suvning bug‘lanishini oldini oladigan chora-tadbirlar
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, qorishmani yopiq idishda
saqlash, to‘kma holatda bo‘lsa o‘rama materiallar bilan berkitish va sh.k.
usullardir. Qorishma material ustiga yoyilganda tezda qurib qolmasligi uchun
ularni namlash tavsiya etiladi.
Qish mavsumida g‘isht-tosh terish va montaj qorishmalari isitilgan holda
ishlatilishi tavsiya etiladi. Bunda tayyorlangan qorishma yoki qorishma
komponentlari (suv, sement va qum yoki qum) bug‘ yoki elektrotenlar yordamida
60-80
0
S haroratgacha isitiladi.
Yirik uysozlik panellarni montaj qilishda sement-qum pastasi (1:1 nisbatda
portlandsement va qum) ishlatiladi. Sement-qum pastasi 28 sutkada 400 marka
mustahkamlikka erishadi.
Qorishmalar va pastaning muzlash haroratini pasaytirish uchun tarkibiga
kalsiy xlorid, natriy xlorid, natriy nitrati kabi tuzlarning 5% suvdagi eritmasi
ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda qurilish qorishmalarini zavodda quruq holda tayyorlash,
maxsus qorishma tashuvchi va qoruvchi avtomashinalardan foydalanish rusum
bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |